TIJORAT MAQSADIDA CHETDAN TOVARLAR OLIB KELUVCHI JISMONIY SHAXSLARNI RO’YXATDAN O’TKAZISH
ovarlarni import qilish va ularni sotish bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar faoliyatini tartibga solish, savdoning uyushgan, madaniyatli shakllarini rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2004- yil 12- avgustda “Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o ‘tkazishni taritbga solish chora-tadbirlari to ‘g ‘risida” nomli qaror qabul qilgan va 2004- yil 2- sentbrda “Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlami davlat ro‘yxatidan o ‘tkazish, hisobga qo‘yish va import operatsiyalari subyektlarining hisobga olish kartalarini berish tartibi to‘g ‘risida Nizom”ni tasdiqlagan. Mazkur hujjatlarga muvofiq quyidagi tartib belgilangan.
Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslarni yakka tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ularning yashash joyidagi tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunday faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun jismoniy shaxs - O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi va bojxona organlarida tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi;
- tijorat bankida hisob raqamlari ochishi;
- eksport-import operatsiyalarini va chakana savdoni amalga oshirish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirishi.
- ro‘yxatdan o‘tkazgan soliq organidan import operatsiyalari sub- yektlarining hisobga olish kartasini olishi shart.
Birinch i bosqich. Yakka tadbirkor davlat ro’yxatidan o'tkazish uchun soliq inspeksiyasiga shaxsan kelib, quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
- ro‘yxatdan o‘tkazish chun belgilangan shaklda ariza;
- 3x4 sm o ‘lchamli to'rtta fotosurat;
- ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjati;
- yakka tadbirkorning yashash joyi bo‘yicha fuqarolarning o'zini-o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma tasdiqno ma;
- muhr va tamg‘a eskizlari - uch nusxada;
- fuqarolik pasporti (ariza berilayotganda ko‘rsatiladi).
Ro‘yxatdan o ‘tkazish yig‘imi eng kam oylik ish haqining 5 barobari miqdorida belgilangan.
Davlat soliq inspeksiyasi ariza tushgan paytdan boshlab 3 kun ishida ro‘yxatdan o ‘tkazish yoki o ‘tkazishni rad etish to‘g ‘risida qaror qabul qilishi va 7 kun ichida:
- yakka tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o ‘tkazilganligi to‘g ‘risida guvohnoma yoki yozma ravishda sabablari ko‘rsatilgan rad javobi;
- mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish uchun ruxsat beruvchi tartib qoidalardan o ‘tish kartochkasi;
- muhr va tamg‘a tayyorlash uchun ichki ishlar organi tomonidan berilgan ruxsatnomaning nusxasi - eskizlarning bir nusxasi bilan birgalikda berishi kerak.
Davlat soliq inspeksiyasi yakka tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o’‘tkazgandan so‘ng uning ma’lumotlarini davlat reyestriga kirtadi va uch kun ichida bu ma’lumotlami belgilangan tartibda va shaklda ichki ishlar organiga taqdim etadi. Ariza beruvchi yakka tadbirkor zarur bo‘lganda faoliyat yuritish uchun obyektlar qurish, ularni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish hamda turar joylami noturar joy toifasiga o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtiradi. Buning uchun u tuman (shahar) tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o ‘tkazish inspeksiyasiga murojaat qilishi mumkin.Yakka tadirkor davlat ro‘yxatidan o ‘tkazilgan paytdan boshlab bir oy mobaynida:
- O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida va bojxona organida tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi;
- chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsatnomani tuman (shahar) hokimligida belgilangan tartibda rasmiylashtirishi;
- tijorat bankida talab qilib olinadigan depozit hisob raqami oshishi shart.
Yuqoridagi shartlami bajarish tegishli organlar va tashkilotlar bel- gilagan tartib-qoidalardan o‘tish demakdir. Tabirkorlar ulardan bosqichma-bosqich o ‘tadilar va ularning natijalari maxsus ruxsat beruvchi tartib-qoidalardan o‘tish kartochkasida rasmiylashtiriladi. O’tish tartibi quyidagicha belgilagan.