Firma va uning taskiliy-iqtisodiy asoslari



Yüklə 45,27 Kb.
səhifə5/6
tarix01.06.2023
ölçüsü45,27 Kb.
#121540
1   2   3   4   5   6
Doniyorbek aka

Oltinchi bosqich. Import operatsiyalari sub’yeklarining hisobga olish kartasini olish. Yakka tadbirkor yuqoridagi bosqichlardan o‘tib, kerakli barcha hujjatlarni rasmiylashtirib olgandan so‘ng, ruxsat beruvchi tartib-qoidalardan o‘tish kartochkasi asosida soliq organi 3 kun ichida unga import operatsiyalari subyektlarining hisobga olish kartasini berishi lozim. Bu karta eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beradigan ruxsatnoma hisoblanadi. U tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o ‘tkazilganligi to ‘g ‘risidagi guvohnomasi bilan bir seriya va tartib raqamiga ega bo'ladi. Kartaning nusxasi soliq organidagi hujjatlar yig‘ma jildida saqlanadi. Import operatsiyalari subyektlarining hisobga olish kartasining amal qilish muddati bir yil qilib belgilangan.
Yakka tadbirkor import operatsiyalari subyektlarining hisobga olish kartasini olgandan so‘ng uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to ‘g ‘risidagi guvohnomasidan foydalanishi va chetdan tovar olib kelib, uni sotish bilan shug‘ullanishi mumkin. Tadbirkor tovarlarni chetdan olib kirayotgan paytda bojxonada rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak bo‘ladi:
- bojxona yuk deklaratsiyasi;
- O’zbekiston Respublikasidan chiqishga rasmiylashtirilgan bojxona deklaratsiyasi;
- O’zbekiston Respublikasiga kirishga rasmiylashtirilgan bojxona deklaratsiyasi;
- olib kirilgan tovar qiymati olib chiqilgan naqd xorijiy valuta summasidan katta bo‘lganda qo‘shimcha pul mablag‘larini olish legitimligini tasdiqlovchi hujjat;
- davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to ‘g ‘risidagi guvohnoma;
- tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi guvohnomasi;
- import operatsiyalari subyektlarining hisobga olish kartasi;
- litsenziya (kerak holda);
- muvofiqlik sertifikati;
- tovarlaming kelib chiqish sertifikati;
- fitosanitariya va veterinariya sertifikatlari (tegishli hollarda).
Yakka tadbirkor O’zbeksiton Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda daromadlari va tovar operatsiyalarini hisobini yuritishi va har oyda belgilangan shaklda hisobot taqdim etishi zarur. Faoliyat turi o‘zgargan taqdirda yakka tadbirkor davlat ro ‘yxatidan o ‘tkazgan soliq inspeksiyasiga davlat ro‘yxatidan o ‘tkazilganligi to‘g ‘risidagi guvohnoma va import operasiyalari subyektlarining hisobga olish kartasini topshirishi kerak.
Xulosa
Tadbirkorlik faoliyatini rasmiylashtirish uni tashkil etish va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kerakli hujjatlarni tayyorlash va tegishli organga taqdim etish, mazkur organ tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirish va ro‘yxatga olish jarayonidan iborat. Bu jarayonni osonlashtirish va tezlashtirish maqsadida 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2006-yil 24- mayda “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibini joriy etish to‘g‘risida” nomli qaror qabul qildi.
0 ‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarini respublika darajasida Adliya vazirligi, mintaqalar darajasida Qoraqalpog‘isto,n Respublikasi Adliya vazirligi va viloyatlar Adliya boshqarmalari, shaharlar va tumanlar miqyosida esa tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish inspeksiyalari ro‘yxatdan o ‘tkazadilar. Tadbirkorlik subyektlaming asosiy qismi quyi bo‘g‘inda ro‘yxatga olinadi. Mazkur bo‘g ‘inda, ishlarni osonlashtirish, tezlashtirish va tadbirkorlarga yordam ko‘rsatish maqsadida axborot - maslahat markazlari tuzilgan va xabardor qilish tartibi asosida “bir darchada” rasmiylashtirish joriy qilingan.
Shunday bo‘lsada, tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ko‘p hujjatlar talab qilinadi, ayrim faoliyat turlari uchun litsenziya olish zarur. Bu narsalar ortiqcha vaqt, energiya, mablag‘ talab qiladi, ishni orqaga suradi.


Yüklə 45,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin