erituvchi yoki
ekstragent deb ataladi. Eng ko‗p tarkalgan erituvchi — suv xisoblanadi.
Savol: Erituvchilarga qanday talablar qo„yiladi? 2. Ekstraksiyalash jarayonlarini amalga oshirish uchun ishlatiladigan qurilmalarga quyidagi
talablar qo‗yiladi: 1) qurilmaning ish xajmi birligiga to‗g‗ri kelgan ekstraktning miqdori, ya‘ni
solishtirma ish unumi katta bo‗lishi kerak; 2) hosil bo‗layotgan eritmaning konsentratsiyasi iloji
boricha yuqori bo‗lishi zarur; 3) oxirgi eritma xajmi birligiga to‗g‗ri kelgan energiya sarfi kam bo‗lishi
lozim.
Ekstraktor davriy va uzluksiz ishlaydigan qurilmalarga bo‗linadi. Fazalarning o‗zaro
yo‗nalishiga ko‗ra, ular to‗g‗ri yo‗nalishli, qarama - qarshi yo‗nalishli va aralash yo‗nalishli
qurilmalarga ajraladi. Davriy ishlaydigan qurilmalarning ish unumi kichik bo‗lganligi sababli ular
kichik xajmli ishlab chiqarishlarda ishlatiladi. Sanoatda asosan uzluksiz ishlaydigan qurilmalardan
keng foydalaniladi.
Kimyo sanoatida har xil tuzilishga ega bo‗lgan ekstraktorlar ishlatiladi. Bular asosan uch turga
(aralashtirgich — tindirish, kolonnali va markazdan qochma kuch ta‘sirida ishlaydigan ekstraktorlarga)
bo‗linadi.
Savol: Ekstraktorlarni tuzilishi va ish prinsipini tushuntiring. 4-KEYS O‘simliklarda alkaloidlar bor-yo‘qligi birinchi guruxga kiruvchi umumiy reaksiyalar yordamida
aniqlanadi. Lekin bu reaksiyalar yordamida o‘simlik tarkibida qanday alkaloid borligini aniqlab
bo‘lmaydi.
Savol : Qanday reaksiyalar yordamida o‘simlik tarkibida alkaloid borligini aniqlab bo‘ladi
? 5-KEYS Anabazin sul‘fatni neytrallashda Nitrozoanabazin ekstraktsiyasi 1soat davomida olib boriladi
jami 7-8 marta ekstraktsiyalanadi
Savol : nima uchun7-8 marta ekstraktsiyalanaidi Nitrozoanabazin xosil bo‘lgani qanday
aniqlanadi