“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua

1.O‟QUV MATERIALLARI 
1.1.MA`RUZA MASHG'ULOTLARI 
1-MA’RUZA 
Mavzu: Fitopreparatlar texnologiyasi fani qisqacha tarixi, maqsadi. Bu fanning boshqa 
fanlar bilan bog„liqligi O„simlik xom ashyosidan biologik faol moddalarni ajratib olish va 
tozalash jarayonlarini apparatlar bilan jixozlash вallast moddalarni tasnifi va ularni ajratish 
usullari. 
Reja: 
1.
Fanning tarixi 
2.
Biofaol moddalarni ajratish.
3.
Ajratib olingan moddalarni tozalash. 
4.
Texnologik jarayonlarni apparatlar bilan jixozlash. 
5.
Texnologik jarayonlarni apparatlar bilan jixozlash

6.
Tegirmonlar
 
7. Filtrlovchi apparatlar 
8. Bug‗latkich apparatlari 
9. Ekstraktorlar 
Kirish. Fanning predmeti maqsadi va boshqa fanlar bilan 
bog„liqligi 
Tabiatda birinchi paydo bo‗lgan tirik jonzot xastalikka uchraganda davosini atrof-muxitdagi 
o‗simliklardan topgan. Tabobat paydo bo‗lgandan boshlab odamlar dorivor o‗simliklarni turli 
xastaliklar uchun xar xil usullarda ishlatib kelganlar. Zamonaviy fizik-kimyoviy usullar rivojlana 
boshlashi bilan o‗simliklar kimyosi va farmakologiyasining muvoffaqiyatlari natijasida ba‘zi 
o‗simliklarni shifobaxsh ekanligi aniqlandi. Botaniklar, kimyogarlar va farmakologlarning izlanishlari 
o‗simlik tarkibida moddalarning xar xil sinflaridan (alkaloidlar, glikozidlar, flavonoidlar, kumarinlar, 
oshlovchi moddalar va boshqalar) qimmatbaxo dori vositalarni ajratib olish imkoniyatiga ega 
bo‗lishdir. Bu izlanishlar natijasida fitopreparatlar kimyosi va texnologiyasi fani vujudga keldi. 
Fitopreparatlar kimyosi va texnologiyasi fani o‗simliklar kimyosini va o‗simliklardan olinadigan 
dorivor maxsulotlarni tahlil qilish usullari va ularni sanoatda olinish texnologiyalarini o‗rgatadi. 
Fitopreparatlar ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab va ko‗p bosqichlidir. O‗simlik 
tarkibining murakkabligi va kimyoviy tarkibining xar xilligi, o‗simlik xom ashyosini sifatini 
aniqlashda qiyinchilik tugdiradi.
Xozirgi davrda tabobatimizda keng tarqalgan va ogir kasalliklarni davolash uchun o‗simliklardan 
tayyorlangan yangi dorivor preparatlar zarurdir. Buning uchun shu O‗simliklarning kasalliklarni 
davolash xususiyatga ega biologik faol moddalarga boy bo‗lgan qismlaridan - ya‘ni ba‘zi 
o‗simliklarning er osti organlaridan (ildiz, ildizpoya, tuganak yoki piyoz), ba‘zilarining esa er ustki 
organlaridan (barg, gul, meva, urug‗, po‗stloq yoki o‗t o‗simliklarning butunlay er ustki qismi-o‗ti) 
foydalaniladi. 
Fitopreparatlar kimyosi va texnologiyasining tibbiyotdagi axamiyati kattadir. CHunki kimyo 
faniningayniqsa sintetik kimyoning yuqori darajada taraqqiy qilishiga va ko‗plab kuchli ta‘sir etuvchi 
dorivor moddalar sintez yo‗li bilan olinishiga qaramay tibbiyotda qo‗llaniladigan dorivor 
preparatlarning 40% ga yaqini o‗simliklardan olinadi. Bu raqam ayrim kasalliklarni, masalan yurak-
qon tomirlari kasalliklarini davolash soxasida ishlatiladigan dorivor preparatlarda 80% ni tashkil 
qiladi. Kelajakda tibbiyotda dorivor o‗simliklar va ulardan olinadigan dorivor preparatlarni yanada 
ko‗proq ishlatish rejalashtirilmoqda. 
Dorivor o‗simliklarga va ulardan olinadigan preparatlarga tibbiyot soxasida bo‗lgan talabning 
ortib borishiga asosiy sabab sintez yo‗li bilan olingan xar bir kimyoviy dorivor preparatni uzoq vaqt 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin