“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
5
1.O‟QUV MATERIALLARI
1.1.MA`RUZA MASHG'ULOTLARI
1-MA’RUZA
Mavzu: Fitopreparatlar texnologiyasi fani qisqacha tarixi, maqsadi. Bu fanning boshqa
fanlar bilan bog„liqligi O„simlik xom ashyosidan biologik faol moddalarni ajratib olish va
tozalash jarayonlarini apparatlar bilan jixozlash вallast moddalarni tasnifi va ularni ajratish
usullari.
Reja:
1.
Fanning tarixi
2.
Biofaol moddalarni ajratish.
3.
Ajratib olingan moddalarni tozalash.
4.
Texnologik jarayonlarni apparatlar bilan jixozlash.
5.
Texnologik jarayonlarni apparatlar bilan jixozlash
.
6.
Tegirmonlar
7. Filtrlovchi apparatlar
8. Bug‗latkich apparatlari
9. Ekstraktorlar
Kirish. Fanning predmeti maqsadi va boshqa fanlar bilan
bog„liqligi
Tabiatda birinchi paydo bo‗lgan tirik jonzot xastalikka uchraganda davosini atrof-muxitdagi
o‗simliklardan topgan. Tabobat paydo bo‗lgandan boshlab odamlar dorivor o‗simliklarni turli
xastaliklar uchun xar xil usullarda ishlatib kelganlar. Zamonaviy fizik-kimyoviy usullar rivojlana
boshlashi bilan o‗simliklar kimyosi va farmakologiyasining muvoffaqiyatlari natijasida ba‘zi
o‗simliklarni shifobaxsh ekanligi aniqlandi. Botaniklar, kimyogarlar va farmakologlarning izlanishlari
o‗simlik tarkibida moddalarning xar xil sinflaridan (alkaloidlar, glikozidlar, flavonoidlar, kumarinlar,
oshlovchi moddalar va boshqalar) qimmatbaxo dori vositalarni ajratib olish imkoniyatiga ega
bo‗lishdir. Bu izlanishlar natijasida fitopreparatlar kimyosi va texnologiyasi fani vujudga keldi.
Fitopreparatlar kimyosi va texnologiyasi fani o‗simliklar kimyosini va o‗simliklardan olinadigan
dorivor maxsulotlarni tahlil qilish usullari va ularni sanoatda olinish texnologiyalarini o‗rgatadi.
Fitopreparatlar ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab va ko‗p bosqichlidir. O‗simlik
tarkibining murakkabligi va kimyoviy tarkibining xar xilligi, o‗simlik xom ashyosini sifatini
aniqlashda qiyinchilik tugdiradi.
Xozirgi davrda tabobatimizda keng tarqalgan va ogir kasalliklarni davolash uchun o‗simliklardan
tayyorlangan yangi dorivor preparatlar zarurdir. Buning uchun shu O‗simliklarning kasalliklarni
davolash xususiyatga ega biologik faol moddalarga boy bo‗lgan qismlaridan - ya‘ni ba‘zi
o‗simliklarning er osti organlaridan (ildiz, ildizpoya, tuganak yoki piyoz), ba‘zilarining esa er ustki
organlaridan (barg, gul, meva, urug‗, po‗stloq yoki o‗t o‗simliklarning butunlay er ustki qismi-o‗ti)
foydalaniladi.
Fitopreparatlar kimyosi va texnologiyasining tibbiyotdagi axamiyati kattadir. CHunki kimyo
faniningayniqsa sintetik kimyoning yuqori darajada taraqqiy qilishiga va ko‗plab kuchli ta‘sir etuvchi
dorivor moddalar sintez yo‗li bilan olinishiga qaramay tibbiyotda qo‗llaniladigan dorivor
preparatlarning 40% ga yaqini o‗simliklardan olinadi. Bu raqam ayrim kasalliklarni, masalan yurak-
qon tomirlari kasalliklarini davolash soxasida ishlatiladigan dorivor preparatlarda 80% ni tashkil
qiladi. Kelajakda tibbiyotda dorivor o‗simliklar va ulardan olinadigan dorivor preparatlarni yanada
ko‗proq ishlatish rejalashtirilmoqda.
Dorivor o‗simliklarga va ulardan olinadigan preparatlarga tibbiyot soxasida bo‗lgan talabning
ortib borishiga asosiy sabab sintez yo‗li bilan olingan xar bir kimyoviy dorivor preparatni uzoq vaqt
|