“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua

dorivor o‗simlik, 80 ta xayvon va 60 ta mineral moddadan olinadigan dorilarni ta‘riflagan va dori 
turlari bilan bemorlarni davolashni birinchi bo‗lib taklif etadi. Bu dorilar xozirgi kunda xam "Galen 
preparatlari" nomi bilan yuritiladi. 
Osiyoning sharqiy-janubida joylashgan davlatlarda qadimdan bemorlarni asosan dorivor 
o‗simliklar bilan davolab kelingan. Xindiston, Tibet, Xitoy va Arab tibbiyotlarida ishlatiladigan 
dorivor o‗simliklar ayniqsa diqqatga sazovor.Osiyo davlatlarida qadimdan foydalanib kelinayotgan 
o‗simliklar, xayvon maxsulotlari va mineral moddalarni bir tizimga solishda arab shtfokorlarining 
xizmati katta bo‗ldi. Ular tibbiyot soxasida yozilgan kitoblarni arab tiliga tarjima qilish bilan birga 
qayta nashrdan chiqardilar xamda Xindistondagi dorivor maxsulotlar va moddalarni arab tibbiyotida 
qo‗llay boshladilar. O‗z davrining mashxur tabiblari bo‗lmish buxorolik Abu Ali Ibn Sino, xorazmlik 
Abu Abdullox Muxammad Ibn Muso Al-Xorazmiy, Abu Bakir Muxammad Ibn Zakaril Ar-Rozi, Abu 
Rayxon Muxammad Ibn Axmad al-Beruniy, arab Muxammadxon o‗g‗li Abdulqozixon, Ibn Baytar va 
boshqalarni butun dunyo taniydi.Mashxur xakim Abu Ali Ibn Sino 1020 yilda 5 jildlik "Alqonun" 
("Tibbiyot qonunlari") kitobini yozadi. Bu kitobning II jildi oddiy, V jildi esa murakkab dorilarga 
bag‗ishlangan bo‗lib, kitobning II jildida o‗sha zamonda tibbiyotda ishlatiladigan 811 ta dorivor 
o‗simliklar, ulardan va xayvonlardan olingan maxsulotlar xamda mineral dorivor vositalar ta‘riflangan. 
Kitobda keltirilgan dorivor o‗simliklar soni 500 tadan, o‗simliklardan olingan dorivor vositalar soni 40 
tadan oshadi. "Al-qonun" ko‗pgina Ovrupa tillariga tarjima qilingan bo‗lib, faqat lotin tilining o‗zida 
16 marta chop etilgan. XVI asrgacha Ovrupo shifokorlari undan qo‗llanma sifatida foydalanganlar. 
Osiyo mamlakatlarida ayniqsa tabobatda va an‘anaviy tibbiyotda xozirda xam "Al-qonun"dan keng 
foydalanilmokda.Qomuschi olim Abu Rayxon Beruniy umrining oxirgi yillarida kitob as-saydano 
fitopreparatlar tibbiyotini" ya‘ni "Tibbiyotda farmakognoziya" asarini yaratdi. Bu asarda o‗sha 
davrning sharq tibbiyotida qo‗llaniladigan 674 ta dorivor o‗simlik va 90 ta o‗simlik maxsulotlari 
tug‗risida fikr yuritiladi. Bulardan tashqari, "Saydana" da yana 104 ta xayvonlardan olingan 
maxsulotlar xamda shu vaqtgacha to‗g‗ri aniqlanmagan 113 ta dorivor o‗simliklar xaqida ma‘lumotlar 
bor. 
XX asrlargacha G‗arbiy Ovrupo davlatlari dorixonalarida maxalliy dorivor o‗simliklar bilan bir 
qatorda Xindiston, Afrika, Amerika, Avstraliya va boshqa joylardan keltirilgan maxsulotlar xam bo‗lar 
edi. 
Professorlar F.A.Satsinerov, A.F.Gamlirman va I.A.Muravyovlar dorivor maxsulotlar sifatini 
yaxshilash soxasida katta xizmat qilishdi. 
Mamlakatimizda bu fanini o‗qitish va mutaxassislar tayyorlash ishi keng yulga qo‗yildi. Bu 
soxada 
A.S.Ginzberg, 
Z.Salimov, 
B.Zaxarov, 
S.Minina, 
X.X.Xolmatov, 
Xn.M.Komilov, 
M.U.Usubboev va boshqa olimlarning xizmati katta bo‗ldi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin