“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua 6
uzluksiz ravishda iste‘mol qilish inson va xayvon organizmida turli noxush o‗zgarishlarni yuzaga
keltirishidir. SHunga ko‗ra so‗nggi vaqtlarda butun dunyoda o‗simlik dorivor preparatlariga -
fitopreparatlarga va dorivor o‗simliklarga extiyoj ortmoqda. Bu esa o‗z navbatida fanning axamiyatini
yanada ortishiga olib keladi.
Fitopreparatlar kimyosi va texnologiyasi fanining o‗z oldiga qo‗ygan asosiy maqsadi
quyidagilardan iborat:
1. Fitopreparatlar yaratish uchun zarur bo‗lgan biologik faol moddalar xamda dori turlari
tayyorlash manbai sifatida dorivor o‗simliklarni o‗rganish. SHu maqsadda ularning kimyoviy tarkibi
tekshiriladi, xamda asosiy ta‘sir etuvchi biologik faol moddalarning yigiladigan organlari va vaqti
aniqlanadi.
2. O‗simlik xom ashyolaridan biolgik faol moddalarni ajratib olish va tozalash usullarini ishlab
chiqarish xamda ularning texnologiyalarini yaratish.
Fitopreparatlar texnologiyasi fanini farmatsevtika institutlarida o‗qitiladigan barcha fanlar bilan
bog‗liqligi katta. Bu fan quyidagi fanlar bilan uzviy bog‗liqdir. Bularga organik va noorganik kimyo,
dori turlari texnologiyasi, galen preparatlari, kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari, botanika,
o‗simliklar to‗qimalari biotexnologiyasi, analitik va fizik, kolloid kimyo, biokimyo va farmakalogiya
fanlari kiradi.
Fitopreparatlar texnologiyasi fani nazariy, amaliy va laboratoriya mashgulotlari qismlaridan
tashkil topgan. Nazariy qismida bu fanning axamiyati, boshqa fanlar bilan aloqasi, tarixi, dorivor
o‗simliklarning manbai, ulardan biologik faol moddalarni ajratish va tozalash usullarini,
texnologiyalarini (texnologik sxema va jarayonlari bilan), tahlil qilishning umumiy usullarini
o‗rganadi. Institut laboratoriyalarida o‗tkaziladigan amaliy va laboratoriya mashgulotlarda dorivor
maxsulotlarni NTX (NTD) buyicha yahlil qilishni, ulardan olinadigan preparatlarni jarayonlari
texnologiyasi, xamda ularda ishlatiladigan apparatlar o‗rganiladi.
Dorivor o‗simliklarni o‗rganishda quyidagilarni yaxshi bilish kerak bo‗ladi.
1. Dorivor o‗simlik va maxsulotining o‗zbekcha va lotincha nomlarini, o‗simliklarning qaysi
oilaga mansubligi.
2. Dorivor maxsulotlarini yigish va quritish usullarini bilish.
3. O‗simliklardan dorivor maxsulotlarni ajratib olish texnologiyasini, xamda shu texnologik
jarayonlarda ishlatiladigan jixozlar va ularning ishlash prinsipini bilish.
4. Dorivor maxsulotlarni boshqa aralashmalardan ajrata bilish.
5. Dorivor maxsulotning kimyoviy tarkibini asosiy ta‘sir etuvchi va birga uchraydigan
moddalarini bilish. Asosiy ta‘sir etuvchi birikmalarning kimyoviy formulasini yoza bilish. O‗simlik
tarkibidagi moddalarning sharoit ta‘sirida miqdor va sifat o‗zgarishlarini bilish.
6. O‗simlik maxsulotlarining tibbiyotda va boshqa soxalarda ishlatilishini, ulardan
tayyorlanadigan dori turlarini va olinadigan dorivor moddalarni bilish.
Fanning tarixi
Qadimdan insoniyat O‗simliklardan shifobaxsh vosita sifatida foydalanib keladi. Dorivor
o‗simliklar to‗grisidagi ma‘lumotlar avloddan-avlodga, qabiladan-qabilaga faqat og‗zaki tarqalgan.
Davlatlar o‗rtasida savdo-sotiq va boshqa munosabatlar o‗rnatilgandan so‗ng, yana shu
davlatlarda boshqa davlatlardan keltirilgan dorivor o‗simliklar xisobiga dorivor o‗simliklar
maxsulotining turi ko‗payib bordi. YOzuv paydo bo‗lganidan keyin dorivor o‗simliklar tu\risidagi
ma‘lumotlar yozma ravishda tarqala boshladi.
Bu fan tarixi ilm-fan taraqqiy topgan davrdan boshlanadi.Qazilmalarda suriya shoxi
Assurbaninal kutubxonasidagi sopolga mixxat bilan yozilgan 22000 jadval topilgan, shundan 33 tasida
dorivor maxsulotlar qayd qilingan.
Xozirga qadar saqlanib qolgan dorivor o‗simliklar xaqidagi ma‘lumotlar asosan qadimiy yunon
adabiyotlarida uchraydi.Buqrot (Gippokrat) bemorlarni parxez ovqatlar bilan davolagan. U yozgan
kitoblarda dorivor o‗simliklarning 236 turi ta‘riflangan.Arastu va uning shogirdi Tlofrast ko‗pgina
o‗simlik turlarini ta‘riflash bilan birga ularning foydali xususiyatlarini xam ko‗rsatib o‗tishgan.Qo‗xna
Rimda Galen farmatsevt va tibbiyot soxasida bir qancha kitoblar yozgan. U o‗z kitoblarida 304 ta