“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
17 
reaktivlari purkaladi. Natijada o‗simlikdan ajratib olingan va «guvox» alkaloidlar sariq fonda 
zar\aldoq dog‘lar xolida ko‗riladi. Dog‘larning R
f
lari xisoblanadi. So‗ngra o‗simlik ajratmasidagi 
va «guvox» alkaloidlarning R
f
larini solishtirib ko‗rib, o‗simlikda qanday alkaloid borligi 
aniqlanadi. 
Alkaloidlar miqdorini aniqlash usullari. Alkaloidlar miqdorini aniqlash usullari ko‗p bo‗lib, 
ular alkaloidlarni cho‗ktirish, oksidlash, asos sifatida neytrallash xamda turli rangdagi birikmalar 
xosil qilishga asoslangan. Maxsulot tarkibidagi alkaloidlar miqdorini aniqlash usullari bilan uch 
bosqichdan iborat: 
1. Alkaloidlarni maxsulotdan erituvchilar yordamida ajratib olish. 
2. Alkaloidlarni turli aralashmalardan tozalash. 
3. Toza alkaloidlar miqdorini turli usullar bilan aniqlash. 
Maydalangan bargdan aniq 10 g tortib olib, 250 ml li shishaga solinadi, ustiga 150 ml efir va 
ammiakning kons. eritmasidan 7 ml qo‗shib, bir soat davomida chayqatiladi. Bunda asos xamda 
efirga o‗tgan alkaloid eritmasini darrov 200 ml xajmdaga boshqa shishaga paxta orqali filtrlanadi, 
ustiga 5 ml distillangan suv qo‗shib chayqatiladi va tinitish uchun biroz quyib qo‗yiladi. Tingan 
efirli ajratmadan 90 ml li silinrda o‗lchab 200 ml li bo‗luvchi voronkaga quyiladi. Silindrga ikki 
marta 10 ml dan efir solib chayiladi va uni voronkadagi efirli ajratmaga qo‗shiladi. 
Alkaloidlar tuz xolida erib o‗tgan 1% li xlorid kislotani 200 ml li boshqa buluvchi 
voronkaga diametri 5 sm li filtr qo\oz orqali filtrlanadi. Kislota qismi ajratib olingandan so‗ng 
efirli ajratmaga 15 ml 1% li xlorid kislota qo‗shib, 3 minut davomida chayqatiladi. SHundan keyin 
kislota qismi ajratib olinib, oldingi kislota qismiga qo‗shiladi. Efirli ajratmaga oxirgi marta 1% li 
xlorid kislotadan 10 ml qo‗shib, 3 minut davomida chayqatiladi va ajratib olingan kislota qismi 
oldingi porsiyalarga qo‗shiladi. Uch marta 1% li xlorid kislota qo‗shib, chayqatib, kislota qismi 
ajratib olingan efirli ajratmada alkaloid qolmaydi. (Meyer reaktivi yordamida tekshiriladi). 
Alkaloidlar eritmasi filtrlangan filtr ko\oz 2 marta 5 ml dan 1% li xlorid kislota bilan chayiladi va 
shu voronkaga quyiladi. 
Filtrat ammiak eritmasi yordamida ishqoriy xolatga keltiriladi va asos xolidagi alkaloid 3 
marta xloroform bilan 3 minutdan chayqatiladi. Alkaloidlarning xloroformdagi eritmasi 4-5 gr 
yangi suvsizlantirilgan natriy sulfat solingan filtr qog‗oz orqali 100 ml li kolbaga filtrlanadi. Filtr 
qog‗oz 2 marta 5 ml dan xloroform bilan shu kolbaga yuviladi. Natijada asl xoldagi 
alkaloidlarning xammasi erib xloroformga butunlay o‗tgan bo‗lishi kerak. Filtrdan xloroform suv 
qatlami ustida xaydaladi. +olgan 1-2 ml xloroform eritmaga sprinsovka bilan xavo yuborib
xloroform butunlay uchirilsa, kolbada maxsulotdan ajratib olingan asos xolidagi alkaloidlar 
yi\indisi qoladi. Bu yig‗indi miqdorini aniqlash uchun kolbaga 15 ml 0,02 n xlorid kislota 
eritmasidan qo‗shib, suv xammomi ustida biroz qizdiriladi, so‗ngra indikator qo‗shib, reaksiyaga 
kirishmay qolgan, ortiqcha xlorid kislota natriy ishqorning 0,02 n eritmasi bilan kolbadagi 
aralashma yashil rangga kelgunga qadar titrlanadi. 1 ml 0,02 n li xlorid kislota eritmasi 0,00578 gr 
alkaloidga to‗g‗ri keladi. 
Absolyut quritilgan maxsulotdagi alkaloidlarning % miqdori quyidagi formula buyicha 
xisoblanadi: 
X ((a-b) 0,0057800 100 100) / (P (100-W)) 
X - maxsulot tarkibidagi alkaloidlarning % miqdori; 
a - asos xolidagi alkaloidni eritish uchun olingan 0,02 n xlorid kislotaning ml miqdori
b - reaksiyaga kirishmay qolgan 0,02 n HCl ni titrlash uchun ketgan 0,02n NaOH ning ml 
miqdori; 
P - xisoblash uchun olingan maxsulot og‗iriligi; 
W - maxsulotni absolyut quritilganda yo‗qotilgan namlik miqdori. 
Xozirgi vaqtda alkaloidlarning chinligini, miqdorini aniqlashda quyidagi usullardan xam 
keng ko‗lamda foydalanilmoqda. 
1. Siqib chiqarish usuli. 
NaOH Alk HA
-
Alk H
2
0 NaSO
4




Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin