“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
19 
1. Suvning arzonligi 
Kamchiligi: 
1. DXE ni qayta ishlashga berilishi 
2. Texnika xavfsizlik qoidalariga yuqori talablar qo‗yilishi 
3. 2-chi modifikatsiyaga qaraganda unumdorligi kam 
45-65%. 
4. Bosqichlarning ko‗pligi. 
Bu usulda efedrin gidroxlorid, anabazin gidroxlorid, paxikarpin, lobelin gidroxlorid olinadi. 
Bu usulning chiqish unumi - 45-65%. 
Ikkinchi modifikatsiya bo‗yicha alkaloidlarni ajratish kerak, u ishqor bilan ishlanadi. Ayrim 
xolda sal kamroq o‗simlik xom ashyo kukuni quruq asos (magniy oksid yoki oxak) bilan yaxshilab 
aralashtiriladi, keyin ekstraksiyaga yuboriladi. Boshqa xollarda o‗simlik ishqor (ammiak, soda, 
NaOH) eritmasi bilan yaxshilab aralashtiriladi, keyin perkolyatorga ekstraksiyaga yuboriladi. 
Erkin alkaloidlar nafaqat suv va spirtda balki organik erituvchilarda xam yaxshi eriydi. Bu usulda 
erituvchi tanlash ko‗lami keng. Bu maxsulotda ko‗p xollarda benzol, dixloretan, xloroform, olein 
spirti, kerosin ishlatiladi. SHularda xar bir erituvchi o‗z afzalligi va kamchiliklariga ega. 
Ekstraksiya jarayoni perkolyasiya usuli bilan nordon maxsulotdagidek olib boriladi. Mos ishqorni 
tanlash muxim daqiqa bo‗lib xisoblanadi, chunki bir tomondan alkaloidlar kuchli ta‘sirga 
ta‘sirchan va nojo‗ya o‗zgarishlarga uchraydilar; boshqa tarafdan esa shunday xolatlar bo‗lishi 
mumkin-ki qachon alkaloid kuchli asos bo‗lib, bunda ammiakka o‗xshash kuchsiz asoslar 
alkaloidini tuzdan ajrata olmaydi. 
Boshlang‗ich ekstraksiya. 
YUqorida aytib o‗tganimizdek ekstraksiya vaqtida alkaloidlar bilan bir qatorda eritmaga 
ballast moddalar o‗tadi. Ular toza asos ajralib chiqishini qiyinlashtiradi. Bunday noqulayliklarni 
chetlab o‗tish uchun ayrim xollarda xom ashyoni oldindan tozalash yo‗li qo‗llaniladi. Buning 
bilan xom ashyo oldin kuchsiz kislota (yoki tuz) bilan ishlanadi va benzol bilan ekstraksiya 
qilinadi. Tuzlar ko‗rinishidagi alkaloidlar bu erituvchiga o‗tmaydi, erituvchi nordon yoki neytral 
ekstraktiv moddalarni o‗ziga tortib oladi. Bunday boshlang‗ich ishlashdan keyin o‗simlik xom 
ashyosini mos ishqor bilan ishlanadi va 2 chi marta birinchidagidek ajratib olinadi. Bunda 
alkaloidlar eritmasi nisbatan toza, keraksiz moddalarni kam saqlagan va undan toza ishqorlarni 
ajratish osonlashadi. Ammo bu usul katta va ko‗p vaqt talab etganligi uchun aloxida xollarda 
ishlatiladi.
Erkin asoslar ko‗rinishida alkaloidlar ekstraksiyasi. 
a) nordon, suvli yoki spirtli ekstraksiyalar. Alkaloidlarni suvli, nordon tuzli eritmalardan 
ajratish uchun bu eritmalarni ishqorlantiriladi va alkaloid so‗riladi yoki suv bilan aralashmaydigan 
erituvchi bilan jalb qilinadi (efir, benzol, xloroform, metil spirti), odatda bitta bunday qayta ishlash 
kamlik qiladi. SHuning uchun uni tozalashda suyultirilgan (1-5%) kislota qo‗llaniladi. Unga 
alkaloidlar to‗liq o‗tadi, keraksiz moddalarning katta qismi organik erituvchida qoladi. Tozalangan 
nordon eritma yana nordonlashtiriladi va undan yana suv bilan aralashmaydigan erituvchi 
yordamida alkaloid ajratib olinadi. Endi erituvchi xaydalgandan keyin «alkaloidlar yig‗indisi» ni 
beradi, u keyingi jarayonga yuboriladi. 
Spirtli nordon eritmalarda avval spirtni yuqotish kerak, bu suvli xammomda xaydash yuli 
bilan amalga oshiriladi, qolgan quyuk massa suv bilan ishlanadi (yoki suyultirilgan kislota bilan), 
bunda qisman smolali moddalar erimagan xolda qoladi va ular filtratsiya yuli bilan ajratib olinadi. 
Bu smolalar ko‗pincha alkaloidlarni ma‘lum qismini adsorbsiyalaydi, shuning uchun ular bir 
necha marta issiq suv bilan (yoki suyultirilgan kislota bilan) alkaloidlarni ulardan to‗liq ajrab 
chiqquncha qayta ishlanadi. 
Kislota, suvli eritma smolalar filtratsiyasidan keyin olingan, ma‘lum miqdorda keraksiz 
modda saqlaydi, ular alkaloidlarni tozalashni qiyinlashtiradi. Ularni yuqotish uchun bu eritma efir, 
xloroform va boshqa erituvchilar bilan «yuviladi». Bu yul bilan olingan nordon, suvli eritma 
yuqorida aytib o‗tganimizdek uzoq vaqt qayta ishlanishi kerak.Oxirgi paytda suvli va kislotali 
diffuziya aralashmadan alkaloidlarni ajratish uchun qulay usul adsorbsiyadan foydalaniladi. 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin