“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
15 
Alkaloidlar kislotalar bilan birikib, kristall holdagi tuzlar hosil qiladi. 
Alkaloidlarning dissotsiatsiya konstantalari juda katta chegarada (1 10
-11
va undan yuqori) 
bo‗ladi. SHuning uchun ular kislotalar bilan turli darajada tur\un bo‗lgan birikmali tuzlar hosil qiladi. 
Kichik dissotsiatsiya konstantasiga ega bo‗lgan alkaloidlar (kofein, kolxitsin) kislotalar ta‘sirida tur\un 
bo‗lmagan tuzlar beradi. Natijada bu birikmalar suvli eritmalarda tezda parchalanib ketadi. 
Alkaloidlar juda kuchsiz asos xususiyatiga ega, shu sababli ular o‗z tuzlaridan boshqa asoslar 
(xatto natriy karbonat yoki kaliy karbonat eritmalari ham) ta‘sirida osonlik bilan siqib chikariladi. 
O‗simliklar tarkibida murakkab efirdan tashkil topgan alakaloidlar ham uchraydi. Ular 
molekulasi kuchli ishqor va kislotalar ta‘sirida suvda eriydigan fenolit tipidagi birikma hosil bo‗ladi. 
Alkaloidlarning bu xususiyatlari ularni analiz qilinayotganda xisobga olinishi mumkin. 
Miqdoriy va sifat taxlil
 
Alkaloidlarga xos sifat reaksiyalar.
Alkaloidlarni aniqlash uchun o‗tkaziladigan sifat 
reaksiyalarni 2 ta katta guruxga bo‗lish mumkin: 
1. Umumiy - cho‗ktiruvchi reaksiyalar. 
2. Xususiy (ba‘zi alkaloidlarga xos) - rang xosil qiluvchi reaksiyalar. 
O‗simliklarda alkaloidlar bor-yuqligi birinchi guruxga kiruvchi umumiy reaksiyalar yordamida 
aniqlanadi. Lekin bu reaksiyalar yordamida o‗simlik tarkibida qanday alkaloid borligini aniqlab 
bo‗lmaydi. Alkaloidlar bu reaksiyalarda reaktivlar (yordamida) ta‘sirida cho‗kma xosil qiladi. Buning 
uchun xloroform yoki efirda eritilgan asos xoldagi alkaloid eritmasidan chinni yoki shisha 
plastinkachasi ustiga 1-2 tomchi tomizib quritiladi, so‗ngra unga bir tomchi 0,1-0,05 n xlorid yoki 
sulfat kislota qo‗shib eritiladi. Agar eritma ustiga bir tomchi reaktiv qo‗shilsa, cho‗kma xosil bo‗ladi 
(reaktivdan ozgina qo‗shish kerak, aks xolda cho‗kma erib ketishi mumkin). 
Alkaloidlarni cho‗ktiruvchi reaktiv sifatida kompleks yodidlar (Bushard, Vagner, Meyer, 
Marme, Dragendorf reaktivlari), ba‘zi kompleks kislotalar: fosfat-molibdat, fosfat-volfram, silikat-
volfram kislotalar (Zonenshteyn yoki Vriz, SHeyblar, Bertran yoxud Godfrua reaktivlari), og‗ir 
metall (simob, oltin, platina) tuzlari va ba‘zi kislota xususiyatiga ega bo‗lgan organik birikmalar 
(tanin, pikrin kislota) ning eritmalari ishlatiladi. 
Maxsulot tarkibida alkaloidlar bor – yo‗qligini aniqlash uchun umumiy (cho‗ktiruvchi) 
reaksiya quyidagicha bajariladi. 
100 ml xajmli kolbaga maydalangan maxsulotdan 1 g solib, uning ustiga xlorid kislotaning 
1% li eritmasidan 25 ml quyiladi va suv xammomida 5 min davomida qizdiriladi (alkaloidlar 
maxsulotdan tuz xolida ajralib chiqadi). Kolbadagi suyuqlik sovigandan so‗ng filtrlanadi. Bir 
nechta chinni idishchaga bir necha tomchidan filtrat solib, unga yuqori ko‗rsatilgan umumiy 
cho‗ktiruvchi reaktivlardan 1-2 tomchidan qo‗shiladi. 
Agar eritma ko‗pgina reaktivlar (kamida 5-6 xil reaktiv) bilan cho‗kma xosil qilsa, bu 
alkaloid borligidan dalolat beradi, cho‗kma xosil bo‗lmasa, eritmada alkaloid yuqligini ko‗rsatadi. 
Maxsulot va eritmalarda qanday alkaloid borligini xar bir alkaloidga xos rangli ikkinchi 
guruxga kiruvchi reaksiyalar bilan aniqlanadi. Bu reaksiyalar jarayonida alkaloid molekulasida 
suv molekulasi ajralishi, alkaloid oksidlanishi yoki suv tortib oluvchi reaktivlar (kons H
2
SO
4

ishtirokida aldegidlar bilan kondensatsiyaga kirishishi mumkin. Natijada xar bir alkaloidga xos 
turli rangdagi maxsulot xosil bo‗ladi. 
Reaktiv nomi 
Formulasi 
Sharoit 
Reaksiya 
natijasi 
Vagner reaktivi 
J
2
+ KJ 
Kis-li 
qo‗ngir 
Bushar reaktivi 
J
2
+ KJ 
Kis-li 
qo‗ngir 
Meyer reaktivi 
HgJ
2
+KJ(K
2
Hg

J
4

Kis-li 
qo‗ngir 
Marme reaktivi 
CaJ
2
+KJ(K
2
Ca J
4

Kis-li 
qo‗ngir 
Dragendorf reaktivi 
BiJ
3
+KJ(KBi J
4

Kis-li 
To‗q sariq, 
Zonenshteyn reaktivi 
Fosformolibden k-ta
Kis-li 
Sariq, yashil 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin