“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
13 
NH
2
C
6
H
5
, NH(C
6
H
5
)
2
, N(C
6
H
5
)
3
, C
6
H
5
- asosligi kamayadi. 
Strukturaning o‗zgarishi bo‗yicha asoslik xossalari xam o‗zgaradi. 
Alkaloidlar va tarkibida alkaloid saqlovchi 
maxsulotlar tasnifi 
Tarkibida alkaloidlar bo‗lgan o‗simliklarni sinflarga bo‗lishda uni tarkibidagi alkaloidning 
uglerod azotli skletining tuzilishi asos qilib olingan. SHunga ko‗ra dorivor vosita sifatida ishlatiladigan 
alkaloidlar va uning o‗z tarkibida saqlovchi dorivor maxsulotlar quyidagi sinflarga bo‗linadi. 
1. Ochiq zanjirli (atsiklik) va azot yon zanjirda bo‗lgan alkaloidlardir. Atsiklik alkaloidlarga 
sferofizin, azot yon zanjirda bo‗lgan alkaloidlarga efedrin, kapsaitsin, kolxitsin va boshqa alkaloidlar 
kiradi.
2. Pirrolidin unumlari bo‗lgan alkaloidlar. Pirrolidinning oddiy unumlariga gigrin, kuskgigrin va 
boshqa alkaloidlar kiradi. 
3. Pirrolizidin - geliotridin (pirrolidinning ikki molekulasini azot orqali jipslangan birikmasi) 
unumi bo‗lgan alkaloiddir. Pirrolizidin unumiga platifillin, sarratsin, trixodesmin va boshqa alkaloidlar 
kiradi. 
4. Piridin va piperidin unumlariga koniin, lobelin, nikotin, anabazin, pelterin va boshqa 
alkaloidlar kiradi. 
5. Tropan unumi (piperidin bilan pirrolidinni azot orqali jipslangan birikmasi) bo‗lgan 
alkaloididir. Tropan unumiga atropin, giossiamin, skopolamin, kokain va boshqa alkaloidlar kiradi. 
Sekurinin alkaloidi xam piperidin bilan pirrolidinni jipslangan birikmasining unumiga (lekin tropan 
unumi emas) kiradi. 
6. Xinolizidin (piperidinni ikki molekulasini yoki piperidin va piridinni azot 
3
orqali jipslangan 
birikmasi) unumlari bo‗lgan alkaloidlardir. Xinolizidin unumlariga paxikarpin, sitizin, termopsin, 
nufaridin va boshqa lupinan alkaloidlar kiradi. 
7. Xinolin unumlari bo‗lgan alkaloidlar. Xinolin unumlariga xinin, sinxoxin, exinoksin va 
boshqa alkaloidlar kiradi. 
8. Akridin unumlari bo‗lgan alkaloidlar. Akridin unumiga rutadoshlar oilasiga mansub ba‘zi 
tropik o‗simliklarning alkaloidlari kiradi. Bu gurux alkaloidlar tabiatda kam tarqalgan. 
9. Izoxinolin unumlari bo‗lgan alkaloidlar. Bu gurux alkaloidlar o‗simliklar dunyosida keng 
tarqalgan. Ularga izoxinolinni oddiy unumlari (salsolin, salsolidin va boshqalar), benzilizoxinolin 
(papaverin, narkotin va boshqalar), finantrenizoxinolin (morfin, kodein, tebain va boshqalar), xamda 
izoxinolinning ikki molekulasini birlashgan birikmasi - dezoxinolin (berberin tipidagi alkaloidlar) 
unumlari bo‗lgan alkaloidlar kiradi. 
10. Indol unumlari bo‗lgan alkaloidlar. Indol unumiga strixnin, drutsin, rezerpin, aymalin, 
serpentin, fizostigmin, garmin, brevikollin, vinkamin, vinblastin, shoxkuya o‗simligining alkaloidlari 
va boshqa alkaloidlar kiradi. Bu gurux alkaloidlar xam o‗simliklar dunyosida ancha keng tarqalgan. 
11. Imidazol unumlari bo‗lgan alkaloidlar. Imidazol unumlariga telokarpin va boshqa alkaloidlar 
kiradi. 
12. Xinazolin unumlari bo‗lgan alkaloidlar. Xinazolin unumlariga febrifugin, izofebrifugin, 
peganin va boshqa alkaloidlar kiradi. 
13. Purin unumlari bo‗lgan alkaloidlar. Purin unumlariga kofein, teobromin, teofillin va boshqa 
alkaloidlar kiradi. 
14. Diterpen unumlari bo‗lgan alkaloidlar. Diterpen unumlariga elatin, delsimen, 
sistillikakonitin, akanitin, zongorin va boshqa alkaloidlar kiradi. 
15. Siklopentanopergidrofenantren unumlari bo‗lgan alkaloidlar (steorid alkaloidlar). Steroid 
alkaloidlarga salasonin, solanin, chakonin, psevdopervin, beratrozin va boshqalar kiradi. 
Alkaloidlar tibbiyotda ishlatiladigan dorivor moddalar ichida eng qimmatli xisoblanadi. Ular 
ko‗pincha spetsifik (ma‘lum kasallikka nisbatan) va boshqa dorilar bilan almashtirilib bo‗lmaydigan 
ta‘sirga ega bo‗lganligi uchun turli kasalliklarni davolashda keng miqyosda ishlatiladi. 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin