“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua 11
2- MA‟RUZA Mavzu: Alkaloidlar ochilishi xaqida tarixiy ma‟lumotlar. Alkaloidlarning kimyosi va tasnifi. O„simliklardan alkaloidlarni ajratish usullari. Tuzlar, erkin asoslar ko„rinishidagi alkaloidlar ekstraksiyasi. Alkaloidlarning ekstraksylash.1-2 modifikasya Reja: 1.
Alkaloidlarni ochilishi, tarixi.
2.
Tarkibida alkaloid saqlagan dorivor o‗simliklar tasnifi.
3.
Alkaloidlarning fizik vakimyoviy xossalari.
4. Miqdoriy va sifat taxlili
. 5.
Alkaloidlarni ajratish usullari.
6.
O‗simliklardan alkaloidlarni ajratish
7.
Tuzlar ko‗rinishidagi alkaloidlarni ajratis
8.
Erkin asoslar ko‗rinishidagi alkaloidlarni ajratish
9.
O‗simliklardan alkaloidlarni ajratish
Alkaloidlar ochilishi xaqida tarixiy ma‟lumotlar O‗simliklar (qisman xayvon) to‗qimalarida tayyor xolda bo‗ladigan asosli (ishqorli) xossaga va
kuchli fiziologik ta‘sirga ega bo‗lgan azotli murakkab organik birikmalar alkaloidlar deb ataladi.
Alkaloid arabcha alqali ishqor va yunoncha eydos o‗xshash (simon) so‗zlaridan iborat bo‗lib,
ishqorsimon birikma degan ma‘noni bildiradi. Bu alkoloidlarning asosli xususiyatga ega ekanligini
ko‗rsatadi. 1819 yilda Meysner sabadilla o‗simligidan asos xossali birikma ajratib oldi va uni birinchi
bo‗lib alkaloid deb atadi.
Tarkibida alkaloid bo‗lgan o‗simliklar qadimdan ishlatib kelinsada, bundan taxminan 200 yil
muqaddam alkaloidlarni o‗rganish va tekshirish soxasida ilmiy ishlar boshlandi. 1792 yilda fransuz
olimi Furkrua xin daraxti po‗stlo\i tarkibidagi alkaloidlarni tekshirdi va ularni mumsimon xolida
ajratib oldi. 1797 yilda Bolee, 1804 yilda Derozi xamda fransuz farmatsevti Segen opiy alkaloidlaridan
narkotin bilan morfin ajratib oldi va uni opiy tuzi deb atadi. SHunday bo‗lsada, alkaloidlarni
tekshirgan birinchi kishi nemis dorixonachisi Sartyurner xisoblanadi. U 1806 yilda opiydan kristall
xolda alkaloid ajratib oldi va 1811 yilda bu birikmaga morfin deb nom berdi. Bu yangilik juda katta
qiziqish uy\otdi, chunki shu paytgacha o‗simlikda fakat nordon, yoki neytral xarakterga ega bo‗lgan
moddalar bor deb o‗ylashgan, asosli xossaga ega bo‗lgan sintetik organik moddalar esa keyinroq
(1848) ochilgan.
YAngi alkaloidlarni topishga qaratilgan qizqin ishlar boshlab yuborildi. Lekin o‗sha yillari
(1820-1840) organik kimyo nazariy va amaliy qurollanmagan edi, shuning uchun alkaloidlar bilan
tanishish yuzaki bo‗lib qoldi. Ularni yanada chuqurroq o‗rganish, strukturasini tuzish va sintez qilishga
urinib ko‗rish keyingi davrda, aniqrog‗i o‗tgan asr oxirlariga to‗g‗ri keladi. Xozirgi kunda kimyoning
bu bo‗limi yaxshi va tez rivojlanmokda.
Quyida keltirilgan jadvalda juda muxim alkaloidlarning ochilishi sanasi keltirilgan.
Alkaloid nomi Ochilish yili Kim tomonidan ochilgan Morfin
1806
Sertyurner
Xinin
1820
Kabentu
Nikotin
1828
Paselt va Reymant
Atropin
1831
Layn
Kodein
1832
Robiks
Okonitin
1833
Reychir va Resse
Teofillin
1842
Voskresenskiy
Garmin
1847
Fritge
Kokain
1860
Niman
Pilokarpin
1875
Ardi