“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


O„simlik xom ashyosidan biologik faol moddalar ajratib olish va tozalash jarayonlarini



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

O„simlik xom ashyosidan biologik faol moddalar ajratib olish va tozalash jarayonlarini 
apparatlar bilan jixozlash 
Texnologik jarayonlarni apparatlar bilan jixozlash 
Zamonaviy fitokimyoviy preparatlar ishlab chiqarishda bir qator 
texnologik 
jarayonlar 
mavjuddir. 
Bu 
jarayonlar 
xom 
ashyoni 
ekstraksiyaga tayyorlash, xom ashyo va tayyor maxsulotni maydalash, 
suyuq ektraktdan maxsulotni ajratish, dorivor moddalarni tozalashdir. 
Odatda o‗simlik xom ashyosini ektraksiyaga tayyorlash uchun birinchi 
navbatda ko‗pincha maydalash jarayoni amalga oshiriladi. Ekstraksiyalashda maydalashning eng 
qulay fraksiyasi bu xom ashyoni 3-6 mm gacha kattalikda maydalashdir. Qattiq jismlarning tashqi 
kuch ta‘sirida bo‗lakchalarga yoki zarrachalarga bo‗linishiga maydalash jaryoni deb ataladi. Buning 
uchun xar xil tuzilishga ega bo‗lgan va ishlash usuli bilan bir-biridan farqlanadigan maydalagich-
tegirmonlardan foydalaniladi. 
Maydalash darajasi (i) deb, maydalanadigan jismning boshlan\ich diametrini (d
b
) maydalanganda 
xosil bo‗lgan zarracha diametriga (do) bo‗lgan nisbatiga aytiladi: 
dboshi 
I ----------- 


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua

Doxiri 
Jismlarning maydalanishi ularning fizik-mexanik xossalariga (jism shakli, zichligi, qayishqoqligi) 
va tegirmonlarga bo\liq bo‗ladi. SHuning uchun maydalagich tegirmonlari maydalanayotgan jism 
xususiyatiga qarab tanlab olinadi. 
Qayishqoq va zich jismlar uchun zarb bilan va zarb ezish usulida ishlaydigan tegirmonlarni olish 
maqsadga muvoffiqdir: jo‗vali, tishli-jo‗vali, diskli, bolgali. 
Қattiq va mo‗rt jismlarni maydalash uchun zarb bilan ishlashga asoslangan tegirmonlar va qarama-
qarshi oqimda ishlaydigan xamda zarb va ishqalanishga asoslangan tegirmonlar (zo‗ldirli, tebranma 
xarakatli tegirmonlar) qo‗llanilishi mumkin. O‗simlik xom ashyolari qanday maqsadda ishlatilishiga 
qarab dastlabki va takroriy maydalanishi mumkin. O‗simlik xom ashyolarini maydalash jarayoni o‗t va 
ildiz qirqgichlar yordamida amalga oshiriladi.
O‘t qirqgich
- o‗simlik xom ashyolarini maydalash jarayoni o‗t va ildiz qirqgichlar yordamida amalga 
oshiriladi.
O‗t qirqgich oddiy tuzilgan bo‗lib, diskli va do‗mbirali bo‗ladi. Do‗mbirali o‗t qirqgichda egri chiziqli 
picho\i, salmoqli gildirak (maxovik) kegay (spitsa) ga mustaxkamlangan bo‗ladi. O‗simlik xom 
ashyosi pichoq ostiga tasma yordamida yuboriladi. Bunda tasma yoki pichoqning xarakat tezligiga 
qarab maydalanish katta-kichikligi ta‘minlanadi(2-rasm).Ildiz qirqgichning ikkita pichoqi bor
yuqoridagisi ekssentrikka maxkamlangan bo‗lib, yuqoriga va pastga xarakat qiladi, pastkisi 
qimirlamay turadi. 
Maydalanadigan xom ashyo pichoqlar orasiga xarakatlanadigan tarnovcha orqali yuboriladi. 
Maxsulotning maydalik darajasi pichoq orali\ining katta kichikligi bilan boshqariladi.
Agar o‗simlik quruq bo‗lib, kesish qiyin bo‗lsa, oldindan uni namlangan matoga o‗rab 
qo‗yiladi. 
Silliq va tishli yuza jo‘vali tegirmonlar
. Bu maydalagichlarni ish unumi yuzasining tuzilishiga bogliq. 
Tish yuza jo‗vali tegirmon silliq yuzasiga nisbatan ancha katta bo‗laklarni xam maydalash 
imkoniyatiga ega. 
Bolg‘achali tegirmon
-ichki devori zirxlangan qalin metalldan tayyorlangan tana, markaziy o‗qga 
o‗rnatilgan diskdan iborat bo‗lib, uning markazidan devorga qarab, bir nechta bol\acha o‗z o‗qi 
atrofida qimirlamaydigan qilib o‗rnatilgan bo‗ladi. Tananing tubiga echiladigan elak o‗rnatilgan bo‗lib, 
maydalangan modda elakdan uzluksiz o‗tib ketaveradi. Bu esa maydalash jarayonini tezlatadi. 
Tebranma xarakatli tegi
rmon. Maydalanish darajasini oshirish va jarayonni jadallashtirish 
maqsadida tebranma xarakat qiluvchi tegirmondan foydalaniladi. Bu tegirmon nomuvozanat o‗qga 
o‗rnatilgan va ichida zo‗ldirlari bo‗lgan do‗mbiradan tashkil topgan. Uning tebranma tezligi daqiqasiga 
1500 dan 3000 gacha bo‗ladi. 
Kolloid tegirmonlar
–o‗ta mayda talqon olish uchun ishlatiladi. Tegirmon tez aylandigan 
makrutiysimon \ildiraklardan iborat bo‗lib, ularning o\irligi 0,005 mm ni tashkil qiladi. Jism bu 
oraliqdan o‗tib maydalaniladi. 
Zo‘ldirli tegirmon
-bir jinsli kuknlarni olishda qulay va tuzilishi jixatidan qulay va sodda. 
Zo‗ldirli tegirmon do‗mbira va uning ichiga joylashtirilgan xar xil kattalikdagi (50-150 mm gacha) 
po‗lat yoki chinnidan tayyorlangan zo‗ldirlardan iborat bo‗ladi. Zo‗ldirlar orasidagi xom ashyo 
ishqalanish kuchi va markazdan qochuvchi kuch ta‘sirida maydalanadi. Tegirmonning ma‘lum 
tezlikdagi xarakatida zo‗ldirlar markazdan qochuvchi kuch ta‘sirida yuqoriga ko‗tarilib, zo‗ldir o\irligi 
bu kuchni engganda u pastga tushib xom ashyoni zarb bilan urib maydalaydi. Agar tegirmon 
do‗mbirasi katta tezlikda aylanganda, zo‗ldirlar markazdan qochuvchi kuch ta‘sirida do‗mbira 
devoriga yopishgan xolda aylanaveradi, urinish sodir bo‗lmaydi, natijada tegirmonning ish unumi 
pasayib ketadi. Agar do‗mbiraning aylanish tezligi mo‗ljaldagidan kam bo‗lganda, markazdan 
qochuvchi kuch sust bo‗lib, zo‗ldirlar ko‗tarilmaydi. Bunda xom ashyo etarli bajarilmaydi. 
Dismembrator
- asosan tik xolatda o‗rnatilgan aylanuvchi diskdan iborat bo‗lib, disk xarakatda 
bo‗ladi. Disklar yuzasiga bir necha qator aylanma tishlar o‗rnatilgan bo‗lib, korpusdan ochiladigan 
qopqoqdan va xampadan tashkil topgandir. Disk yopilganda bo‗ tishlar bir-birining orasiga kiradi. 
Disk xarakatga kelganda maydalanadigan xom ashyo tishlar orasiga tushib katta kuch bilan uriladi, 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin