“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua 12
Efedrin
1887
Nagal
Skopolamin
1888
SHmidt
Ioximbin
1896
SHpigel
Lobelin
1921
Viland
Anabazin
1926
Orexov
Salsolin
1933
Orexov va Preskurnina
Paxikarpin
1933
Orexov, Robinovich, Kanovalova
Platifillin
1935
Kanovalova va Orexov
1
Sferofizin
1944
Rubinshteyn va Menshikov
Alkaloidlar o‗simliklar dunyosida keng tarqalgan. quyidagi oilaning vakillari alkaloidlarga boy:
lolaguldoshlar (liliaceae); chuchmomadoshlar (amaryllidaceae); kendirdoshlar (arosupaseae);
ayiqtovondoshlar (Ranunsulaceae); ko‗knordoshlar (Raraveraseae); dukkakdoshlar (Fabaseae);
ituzumdoshlar (Solanaseae) va boshqalar. SHu davr ichida bugun er yuzida ajratib olingan va
tasvirlangan 4959 ta alkaloiddan faqat birgina kendirdoshlar oilasiga 897 tasi togri keladi.
O‗simliklarning tarkibida juda oz miqdordan tortib, to 10-15%, ba‘zan 25% gacha alkaloidlar
bo‗lishi mumkin. O‗simliklarda bir-biriga yaqin ko‗pgina alkaloid bo‗ladi.
Alkaloidlar uchun eng xarakterli bo‗lgan o‗rni o‗simlik organizmida tayyor xolda bo‗lishi va ular
o‗simlikning xayot faoliyati natijasida xosil bo‗lishi. Alkaloidlar qimmatbaxo dorivor modda
bo‗lganligi uchun uni o‗rganishga va kimyoviy strukturasini tuzishga qiziqish oshdi. Alkaloidlar
strukturasini o‗rganish bizlarga bir qator izlanishlarni olib borishga va shu bilan birga yangi dorivor
preparatlarni olishga olib keladi.
Delphinium turkum o‘simliklarI alkaloidlari asosida yaratilgan
dorivor preparatlar va bioreaktivlar.
Delphinium turkum o‘simliklar iko‘ptarqalgan o‘simliklar qatoriga kiradi.Ulardan
Delphinium dictyocarpum DC. (to‘rsimonisfarak),
D.confusum M.Pop. (chalkashtirilgan isfarak) va
D.elatum L.
(baland bo‘yl iisfarak) o‘simliklari yer ustki qismlarining asosiy alkaloidlari asosida mellektin
(metillikakonitin gidroyodidi), kondelfin va elatin kuraresimon preparatlari yaratilib tibbiyotga tadbiq
qilingan. Ayni vaqtda bu bilan deterpen alkaloidlar I asosida dorivor preparatlar yaratish yo‘nalishiga
asos solindi
1.
Alkaloidlarning kimyoviy xossalari
Alkaloidlarning strukturasini aniqlash juda qiyin va murakkab vazifa xisoblanadi. Bu vazifani
xal qilishda organik kimyoning barcha analitik va sintetik usullaridan foydalaniladi. Bunda bir necha
umumiy usullar bor.
Xalqa ochilishi reaksiyasi.
Bunga asosan Gofman reaksiyasi qilinadi. Gofman to‗rtlamchi qizdirilganda suv, uchlamchi
amin va tuyinmagan uglevodorod xosil qilib parchalanishini topdi.
(C
2
H
5
)
4
- N-OH
(C
2
H
5
)
3
- N CH
2
q CH
2
H
2
O
2
Alkaloidlarni o‗rganishda ular ko‗pincha metil gruppa tutuvchi uchlamchi asos bo‗lganligi uchun
dissotsiyalash reaksiyasi muximdir. Bu reaksiya xar xil usulda olibborilishi mumkin. Shundan
asosiylar i quyidagilar.
1. Bromsian ta‘siri. Ba‘zi xolatlarda BrSN ta‘sirida uchlamchi asosda xalqa emas, metil gruppa
bilan azot o‗rtasidagi bog‘ uziladi.
2. Yodgidratni quruq xaydash
3. Asosga gipoxloridlar ta‘siri. Avval xloramin, keyin ikkilamchi amin bo‗ladi.
4. Asosning permanganat bilan oksidlanishi
Alkaloidlarning asosligi qanchalik alifatik radikali ko‗p bo‗lsa, asoslik xossalari xam kuchayadi.
NH
2
CH
3
, NH(CH
3
)
2
, N(CH
3
)
3
, C
6
H
5
- asosligi ko‗payyadi.
1
.K.Vilkhu, R.Mawson, L.Simons, D.Bates Applications and opportunities for ultrasound assisted extraction in
the food industry — A review // Innovative Food Science & Emerging Technologies.-Boston, 2010.- V. 9.- №
2.- P. 161-169