“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
14 
Dorixona va zavodlarda alkaloidli maxsulotlardan xar xil dori turlari (damlama, qaynatma
nastoyka, ekstarktlar, yangi galen preparatlari) tayyorlanadi xamda sof xoldagi alkaloidlar va ularning 
tuzlari ajratib olinadi. 
Masalan: 
YAssi bargli senetsio - Senecio platyphylloides Som. et Lev – o‗simligi; ildizpoyada -2,2-4%, er 
ustki qismida, poyada - 0,2-1,2%, bargida - 0,39-3,5%, uru\ida - 5% gacha alkaloidlar saqlaydi. Bu 
o‗simlikdan olinadigan platifillin alkaloidi atropinga o‗xshash (lekin kuchliroq) ta‘sir etadi. Platifillin 
qorin va ichaklarning silliq muskullari spazmida, me‘da yarasi, spazmik kabziyatda, ko‗krak qisishi, 
buyrak va jigar sanchi\i, xolitsistin, bosh miya tomirlari spazmi xamda bronxial astma kasalliklarda 
ishlatiladi. Ko‗z kasalliklarida ko‗z qorachi\ini kengaytiruvchi dori sifatida va dengiz kasalligida xam 
qo‗llaniladi. 
Platifillin gidrotartrat - poroshok, tabletka va 0,2-0,5% li eritma xolida xamda 0,2% li eritmasi 
ampulada chiqariladi. Platifillin gidrotartrat terafillin, palyufin, plavefin preparatlari tarkibiga kiradi. 
Qizilcha (Efedra) - Ephedra - o‗simligida 0,6-3,2% alkaloid bo‗ladi. Alkaloidlar yi\indisining 
taxminan 90% ini efedrin, qolgan qismini esa psevdoefedrin va metilefedrin alkaloidlari tashkil etadi. 
Efedrin kishi organizmiga adrenalinga o‗xshash ta‘sir qiladi (sinaptik nervlarni qo‗zg‘\atadi, 
qorin bo‗shli\i va teridagi qon tomirlarni nixoyatda toraytiradi). U adrenalindan asosan kam zaxarliligi, 
sekin, lekin uzoq ta‘sir qilishi bilan farq qiladi. 
Efedrin ko‗p qon yuqotilishi natijasida yuz bergan kollaps holatida, qon bosimi pasayganda, 
miasteniya, allergik bronxial astma, vazomotor tumov va boshqa kasalliklarda ishlatiladi. Bundan 
tashqari, efedrin alkaloidi morfin, skopolamin va gangliomitiklar bilan zaxarlanganda qam 
qo‗llaniladi. 
Efedrin gidroxloril kukun, tabletka va ampuladagi eritma xolida chiqariladi. Efedrin gidroxlorid 
turli kompleks preparatlar tarkibiga kiradi. 
Meksika bangidevonasi - Datura innoxia Mill - o‗simligining tarkibida asosiy alkaloidi 
skopolamin. Mevasi tarkibida 0,38-0,55% va urug‗ida 0,31-0,77% gacha alkoloid mavjud. 
Skopalamin markaziy nerv sistemasini tinchlantiruvchi ta‘sirga ega. SHuning uchun skopolamin 
gidrobromid, ba‘zan xirurgik operatsiyadan oldin, markaziy nerv sistemasini tinchlantirish uchun 
morfinga qo‗shib, teri ostiga yuboriladi hamda asab kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Bundan 
tashqari, dengiz kasalligi va boshqa kasalliklarda tinchlantiruvchi, kuchni to‗xtatuvchi vosita sifatida 
(aeron tarkibida) qo‗llaniladi. 
Fizik-kimyoviy xossalari
 
Ko‗pchilik alkaloidlar rangsiz, optik faol (qutblangan nur tekisligini o\diruvchi), xidsiz, achchiq 
mazali, uchmaydigan, qattiq, kristall yoki amorf modda. SHu bilan birga rangli (barberin to‗q sariq 
rangga bo‗yalgan), suyuq, xidli va uchuvchan (anabazin, nikotin, koniin va boshqalar) alkaloidlar xam 
bo‗ladi. 
Alkaloidlar molekulasida uglerod, vodorod va azot atomlari bo‗lishi kerak, kislorod bo‗lishi 
shart emas. Odatda molekulasida kislorodsiz alkaloidlar ko‗pincha suyuq, xidli va uchuvchan, 
kislorodlilari esa xidsiz, uchmaydigan, kristall modda bo‗ladi. 
O‗simliklar tarkibida alkaloidlar 3 xil ko‗rinishda uchraydi: 
1. Sof (asos) xolida 
2. Kislotalar bilan birikkan birikmalar - tuzlar holida. 
3. Azot atomi bo‗yicha oksidlangan N-oksid shaklida. 
O‗simlik to‗qimasida alkaloidlar ko‗pincha organik (oksalat, olma, limon, vino), mineral (sulfat, 
fosfat va boshqalar) va ba‘zan o‗simliklarning o‗ziga xos (likon, xin, xilidon) kislotalar bilan birikkan 
tuzlar holida uchraydi. 
Sof (asos) holdagi alkaloidlar organik erituvchilarda yaxshi eriydi, suvda erimaydi. Ularning 
kislotalar bilan hosil qilgan birikmalari - alkaloidlarning tuzlari esa suvda yaxshi eriydi, ammo organik 
erituvchilarda erimaydi. Asos xamda tuz holidagi alkaloidlar spirtda bir xilda yaxshi eriydi. SHu bilan 
birga suvda va organik erituvchilarda yaxshi eriydigan sof alkaloidlar (sitizin, metilsitizin, kofein va 
boshqalar) hamda suvda yomon eriydigan alkaloid tuzlari (xinin sulfat, tanin sulfat) ham uchraydi. 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin