“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
22 
bosimda olib boriladi. Alkaloidning to‗liq tozalanishi uchun bitta kasrli xaydash maqsadga 
muvoffiq emas, bunday xollarda boshqa tozalash usullari xam qo‗llaniladi. 
b) Xar xil erituvchanlikka asoslangan usullar. Alkaloidlar va ular tuzlarining xar xil 
erituvchilarda erituvchanlik farqlari ularni ajratish va tozalashda qo‗llaniladigan asosiy usul bo‗lib 
xisoblanadi. Ekstraksiya davomida olingan birlamchi kislotali eritma tarkibidagi ―alkoloidlar 
yi\indisi‖ni ajratishda aralashmaydigan organik erituvchilarni qo‗shish yordamida qisman qatlam 
ajralmasini kuzatish mumkin. Bu ajratish albatta to‗liq bo‗lmaydi quyultiriladi (erituvchini 
xaydash yoki oddiy temperaturada bu\latish yo‗li bilan), bunda moddalarni yangi porsiyasi 
ajraladi. Bunday kasrli kristallash maqsadga olib keladi. Eruvchanlik farqi juda kichik bo‗lganda 
bu jarayon xar bir fraksiya bilan bir necha marta takrorlanadi. Adabiyotlarda ko‗rsatilishicha to‗liq 
ajratish uchun qayta kristallanish yuz martagacha takrorlangan. 
Bunda bir narsaga axamiyat berish kerak, bu xam bo‗lsa alkaloidlar aralashmasining 
erituvchanligi aloxida komponentlar eruvchanligi o‗rtachasiga teng bo‗lmasdan, uning oshish 
tomoniga tezlikda o‗zgaradi. Masalan, suvda umuman erimaydigan va organik erituvchilardan 
oson eriydigan morfin, boshqa alkaloidlar ta‘sirida, ayniqsa oqsillar, smolalar va boshqa moddalar, 
suvli eritmaga oson o‗tadi. qandaydir alkaloid ajratilganda uning eruvchanligi kamayadi, 
kristallanish xususiyati ortadi. qiyin yoki umuman kristallanmaydigan ko‗pchilik asoslar 
(aralashma tarkibida joylashgan) birlamchi tozalangandan keyin oson kristallanadigan bo‗lib 
qoladi. 
Organik erituvchilarda kristall xolda yomon eriydigan ko‗pchilik alkaloidlar, maydalangan, 
amorf xolda bu erituvchiga oson o‗tadi. 
Tozalashni yana bir yaxshi usuli asosli aralashmani qandaydir tuzga o‗tkazishdir. Bundan 
maqsad tuzlar erkin asoslarga nisbatan oson kristallanadi. SHunday xolatlar xam bo‗lganki erkin 
asos kristali umuman olinmagan, lekin tuzi oson kristallanadi. Mineral kislotalardan bu maqsadda 
odatda xlorid, bromid, yodid va xlorli kislotalar ishlatiladi sulfat, nitrat, fosfat kislotalar kam 
ishlatiladi. Sanoatda qo‗sh tuzlar xam qo‗llaniladi. Organik kislotalardan shavel, vino, pikrin 
kislotalar ishlatiladi. Alkaloid tuzlari odatda suvda, spirtdan, atsetonda va shunga o‗xshash 
erituvchilarda eriydi. Ko‗pincha xloridlar xloroformda erishi qobiliyati va suvli eritmadan bu 
erituvchiga o‗tish qobiliyati katta axamiyatga ega. 
v) Xar xil ―asoslilik kuchiga‖ asoslangan ajratish usuli. Xar xil alkaloidlar xar xil asosliylik 
kuchiga ega, bu usul shunga asoslangan. Agarda bunday alkaloidlar aralashmasiga neytrallash 
uchun kamlik qiladigan kislota qo‗shsak, birinchi xolda kuchli asoslar kislota bilan bog‗lanadi, 
kuchsiz asoslar esa erkin xolda keladi. Va aksi kislota bilan bog‗langan alkaloidlar aralashmasiga 
oz miqdorda ishqor qo‗shilsa, birinchi bo‗lib kuchsiz asoslar tuzi parchalanadi, kuchli asoslar 
kislota bilan birikkan xolda qolaveradi. 
Fraksiyalash usuli qiyin sharoitda alkaloidlar aralashmasini ajratishni samarali usuli 
xisoblanib kerakli maqsadga olib keladi. 
Kamchiligi - nisbatan qiyin va katta xajmiligidadir, lekin bu kamchiliklar berayotgan samara 
bilan qoplanib ketadi. 
g) Xar xil adsorbsiyalanish qobiliyatiga qarab ajratish. Alkaloidlar aralashmasini ajratish 
uchun oxirgi yillarda xromatagrafiyadan keng qo‗llaniladi. 
Bu usulning moxiyati adsorbent bilan to‗ldiriladigan kolonka orqali tekshirilayotgan eritma 
o‗tkaziladi. Eritma to‗liq adsorbet qavatidan o‗tgandan keyin kolonka organik erituvchi bilan 
yuviladi, va kalonkadagi 1 chiqayotgan aloxida fraksiyalar yig‗ib olinadi. Aloxida fraksiyalarni 
keyingi qayta ishlash individual birikmalar olishga imkoniyat beradi. 
TAKROR LAS H UC HUN S AV OLLAR
1.
Alkaloidlarni ochilishi, tarixi qanday? 
2.
Tarkibida alkaloid saqlagan dorivor o‗simliklar tasnifi qanday? 
3.
Alkaloidlarning fizik va kimyoviy xossalari qanday? 
4.
 
Miqdoriy va sifat taxlili qanday?
 
5.
Alkaloidlarni ajratish usullari qanday? 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin