“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
30 
Elim xar xil rang va shaklda xamda qattiq bo‗lakchalar xamda bo‗ladi. YUqori sifatli elim rangsiz 
yoki och sarg‗ish rangli bo‗lib, o‗ziga xos shirin mazaga ega u organik erituvchilarda erimaydi. Elim 
spirt ta‘sirida eritmada chqkadi. 
Elimning kimeviy tarkibi yaxshi aniqlanmagan. SHu sababli u fizik xossasiga qarab 3 guruxga 
bo‗linadi. 
1. Arabin - suvda yaxshi eriydigan elim. 
2. Bassorin - suvda kam eriydigan, lekin yaxshi shishadigan elim. 
3. Serazin - suvda erimaydigan va kam shishadigan elim. Bu issiq suvda qisman erishi mumkin. 
Elim tibbiyotda me‘da kasalliklarida o‗rab oluvchi vosita sifatida ishlatiladi. Farmatsevtikada esa 
xab dorilar xamda emulsiyalar tayyorlashda qo‗llaniladi. 
Texnikada elimni chit bo‗yash, tush, siyox, akvarel bo‗yoqlar, qalam, gugurt va plastmasslar 
tayyorlashda xamda boshqa soxalarda ishlatiladi. 
Tibbiyotda xamda farmatsevtika amaliyotida yuqorida ko‗rsatilgan maqsadlar uchun astragal elimi 
- tragakant va o‗rik elimidan foydalanadi. 
o‗rik elimi - Gummi armeniacal. 
o‗rik elimi daraxt po‗stlog‗ining darz ketgan joyidan oqib chiqadi. Ana shu elim yig‗ib olinadi. 
O‗rik elimi rangsiz, yoki och sariq rangli, qattiq, mo‗rt, yaltiroq va katta-kichik bo‗laklardan iborat. 
Elim poroshogi oq yoki sarg‗ish rangli bo‗lib, xidsiz, chuchmal mazaga ega. Elim suvda eriydi. 
O‗rik elimi chet eldan keltiriladigan gummi arabika o‗rnida emulsiya tayerlash uchun emulgator 
sifatida ishlatiladi. 
Pektin moddalar 
Pektin moddalar o‗simliklarning yuqori molekulali uglevodlari polisaxaridlari bo‗lib, ular asosan 
(83-90%) o‗zaro glyukozid tipida birlashgan D-galakturon kislota qoldiqlaridan, qisman galaktan
araban va boshqa moddalardan tashkil topgan. 
Pektin moddalarga pekta kislota, pektaklar, pektinlar, pektinatlar va protopektinlar kiradi. 
Pekta kislota - glikozid ( -1
4) tipida birlashib, uzun zanjir xosil qilgan. D - galakturon kislota 
qoldiqlaridan iboratdir. Pekta kislota xamma pektin moddalarning asosiy qismidir. 
Pektlar - pekta kislotaning tuzlari. 
Pektinlar - pekta kislotaning karboksillari buyicha turli darajada metillangan xosilasi bo‗lib, uz 
navbatida n - pektinlar va l - pektinlarga bo‗linadi. Pektinlar suvda erib, zich gel xosil kiladi. 
Pektinatlar - pektinlarning tuzlari. 
Protopektinlar - yuqori molekulali, suvda erimaydigan birikmalar. 
Pektin moddalar asosan suvda erimaydigan protopektin xamda o‗simlik xujayra devorlarida va 
xujayra oraliq moddalar tarkibida uchraydi, xamda to‗qimalarga mustaxkamlik beradi. 
Pektin moddalar mevalarning shirasidan spirt bilan cho‗ktirib olinadi. Bu moddalarga ayniqsa 
lavlagi boy bo‗lib, undan ko‗p miqdorda pektin moddalar olinadi. Olma, limon va boshqa mevalar xam 
pektin moddalarga boy. 
Pektin moddalari organizmda suyuqlikni ushlab qolish, yaralarni davolash, ularning bitishini 
tezlashtirish xossalariga ega. SHuning uchun ular tibbiyotda yaralarni davolashda, ich ketganda xamda 
og‗ir metallar tuzi bilan zararlanganda zaxarga qarshi vosita sifatida qo‗llaniladi. 
Bolalarni ichketar kasalligida olmani pishirib berish foydalidir. Qon bosimining ko‗tarilishni 
oldini olish maqsadida pekta kislotaning yoki uning kaliyli, kalsiyli yoki magniyli tuzlarini - pektatlarni 
ovqatga qo‗shib berish foydalidir. 
Pektin moddalarning eng muxim xossasi - ularning suvli eritmasini sovutalganda zich massa - jem 
xosil bo‗lishidir. Ularning bu xossasidan tibbiyotda, oziq-ovqat keng foydalaniladi. 
Farmatsevtika amaliyotida pektin moddalardan xab dori va emulsiya tayyorlashda foydalanish 
mumkin. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin