“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
28 
Kraxmal asosan donli o‗simliklarning meva, uru\ida, ko‗p yillik o‗t o‗simliklarda esa er ostki 
organlarida to‗planadi. 
Qishga to‗plangan zaxira kraxmal o‗simliklar uchun oziq modda sifatida xizmat qilsa, shuningdek 
tibbiyotda, farmatsevtikada xamda oziq-ovqat sanoati va boshqalarda xam shilatiladi. 
Kraxmal olish usullari. Kraxmal o‗simlik mahsulotiga qarab bir necha usul bilan olinadi. 
Kartoshka tuganadidan kraxmal olish uchun tuganak tozalanadi va maxsus sim to‗r ustida qirqichda 
qiriladi. Uning ustiga suv quyib yuviladi. Kraxmal suv bilan birga sim to‗r ustidagi idishga tushib 
cho‗kadi. Kraxmalni tozalash uchun toza suv bilan aralashtiriladi va tindiriladi. Suv esa to‗kib 
tashlanadi. Bu ish bir necha marta takrorlanadi. Kraxmal toza bo‗lganidan so‗ng quritiladi. qurigan 
kraxmal tarkibida 20% gacha namlik bo‗lishi mumkin. 
Donli o‗simliklar mevasidan va urug‗idan kraxmal olish ancha murakkab. CHunki meva, urug‗ 
tarkibida kraxmaldan tashqari ohsil shuningdek, suvda erimaydigan boshqa moddalar ham bo‗ladi. Ana 
shu moddalar kraxmal olishga halal beradi. Bu birikmalarni dastavval mikroorganizmlar yordamida 
achitilib hamda parchalab, suvda eriydigan mahsulotlarga aylantiriladi. 
Kraxmalning xususiyatlari. Kraxmal glyukonlarga kirib o‗simlik xujayralarida donachalar shaklda 
vujudga keladi. Bu donachalar 96,1-97,6% polisaxaridlardan, 0,2-0,7% mineral moddalardan, 0,6% 
gacha qattiq yog‗ kislotalardan va boshqalardan tashkil topgan. 
Kraxmal xidsiz, mazasiz, mayin oq poroshok bo‗lib, barmoq orasiga olib ishqalansa qichirlaydi. 
quritilgan, suvsiz kraxmalning zichligi 1,620-1,650. 
Kraxmal sovuq suv, spirt, efir va boshqa organik erituvchilarda erimaydi. Agar 68-75
O
issik suvga 
solinsa, donachalari ishshib yoriladi va quyuq, yopishqoq suyuqlik-kleyster hosil qiladi. 
Kraxmalning eng xarakterli sifat reaksiyasi yod bilan bo‗yalishidir. Bu juda ham sezuvchan 
reaksiya bo‗lib, yodning eritmadagi konsentratsiyasi 1:500000 ga etsa ham kraxmal bilan ko‗k rang 
beradi. Yod bilan bo‗yalgan kraxmal qizdirilsa, ko‗k rang yuqoladi, sovitilganda esa yangidan ko‗k rang 
hosil bo‗ladi. 
Kraxmal kislotalar, ishqorlar hamda diastaza fermenti ta‘sirida gidrolizlanadi. Gidroliz kislotalar 
ta‘sirida olib borilsa, monosaxarid - glyukoza, diastaza fermenti ishtirokida o‗tkazilsa, disaxarid - 
maltoza hosil bo‗ladi. 
Gidrolizlangan kraxmaldan glyukoza yoki maltoza hosil bo‗lmasdan avval bir qancha oraliq, 
mahsulotlar hosil bo‗ladi. Dekstrinlar ham polisaxaridlarga kiradi. Umumiy formulasi (C
6
H
10
O
5
)n. 
Kraxmal donachasining amilopektin va amilozadan tuzilganini quyidagi reaksiya bilan aniqlash 
mumkin, Buyum oynasiga kraxmalning suvdagi aralashmasidan ozgina solinadi va uning ustiga 1-2 
tomchi 3% li. qonning eritmasidan tomizib, qoplagich oyna bilan yopiladi va mikroskopning kichik 
ob‘ektivida quriladi. Mikroskopda kraxmal donachalarining ishishini, yorilishini va yuq bo‗lib ketishini 
kuzatish mumkin. Preparatdagi ishqorni neytrallash uchun 1% li sirka kislota eritmasidan tomiziladi. 
So‗ngra Lyugol eritmasidan 1-2 tomchi qo‗shilsa, gidroliz natijasida hosil bo‗lgan bo‗lakchalar 
binafsha, ba‘zilari esa ko‗k rangga bo‗yaladi. SHulardan binafsha rangga kirgani amilopektin, ko‗k 
rangga kirgani amiloza hisoblanadi. 
Kraxmallar asosan tuzilishi va o‗lchamlari bilan bir-biridan farq qiladi. 
Tibbiyotda va dorishunoslikda 4 ta o‗simlikdan olingan kraxmal ishlatiladi. Ular bir-biridan 
donachalarining shakli, katta-kichiklari, tuzilishi bilan farq qiladi. 
1. Kartoshka kraxmali - kartoshka tuganagidan olinadi. 
2. Bug‘doy kraxmali – bu\doy donidan olinadi. 
3. Makkajo‗xori kraxmali - makkajo‗xori donidan olinadi. 
4. Guruch kraxmali - sholi donidan olinadi. 
Ishlatilishi. Kraxmal meditsinada keng qo‗llaniladi. U chaqaloqlarga sepiladigan poroshok va 
teriga surtiladigan moylar tayerlashda ishlatiladi. Kraxmal kleyi shimdirilgan bintlar xirurgiyada singan 
va chiqqan organlarda qimirlaydigan qilib bog‗lash uchun ishlatiladi. Undan tashqari kraxmal 
tabletkalar olishda biriktiruvchi va tabletkalarning erishini tezlashtiruvchi omil sifatida, dekstrin esa 
emulsiyalar tayerlashda emulgator sifatida ishlatiladi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin