“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


Plantoglyusid olish texnologiyasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

Plantoglyusid olish texnologiyasi 
Katta zubturim (Plantago majer L) barglarining suvdagi ekstraktidan olinadigan preparat. 
Farmakologik ta‘siri: Spazmalitik va yallig‗lanishga qarshi ta‘sir ko‗rsatadigan vosita. 


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
31 
Giperatsid gastrit, me‘da va o‗n ikki barmoq ichakning kislotalar normal yoki kamayganligi bilan 
o‗tayotgan yara kasalligi (qo‗zigan davrda va qo‗zilishiga yul qo‗ymaslik uchun ishlatiladi). 
Ishlatishga yo‗l qo‗ymaydigan moneliklari: Giperatsid gastritlar, me‘daning kislota ko‗pligi bilan 
o‗tayotgan yara kasalligida saqlanishi: 18-20

S xaroratda, quruq joyda saqlanadi. 
Burga zupturum urug‗I Semina psyllie 
Burga zupturumning quritilmagan er ustki qismi – Herba Plantaginis psyllii rescns. 
O‗simlikning nomi – burga zubturumi – plantaga(no) psyllium L; zubturumdoshlar – 
Plantaginaceac oilasiga kiradi. 
Faqat Ozarbayjonda va Turkmanistonda yovvoyi xolda uchraydi. 
Meva etilganda so‗ng o‗simlik o‗rib olib quritiladi, so‗ngra maydalanadi va elab urug‗i olinadi. 
Maxsulotning tashqi ko‗rinishi – tayyor maxsulot qayiqchasimon urug‗dan iborat. Urug‗ning 
uzunligi 1,7 – 2,3 mm, eni 0,6 – 1,5 mm. 
Maxsulot sifatiga burga zubturumining er ustki qismi o‗simlik gullay boshlashi bilan yig‗iladi va 
uni quritmay shira olish uchun ishlatiladi. 
Maxsulot kulrang-yashil, gullari pushti qo‗ng‗ir rangli, xidsiz, biroz achchiq mazali bo‗ladi. 
Kimeviy tarkibi. Urug‗ tarkibida aukubin glikozidi, ko‗p miqdorda shilliq moddalar, moy, oqsil va 
mineral tuzlar bo‗ladi. 
Ishlatilishi: Tibbiyotda urug‗i kuchsiz surgi xamda o‗rab oluvchi vosita sifatida ishlatiladi. Er 
ustki qismining shirasi anatsid gastrit va surunkali kolitni davolashda qo‗llaniladi. 
Urug‗dan olingan shilliq moddalar kosmetikada xamda bo‗yoqchilik va to‗qimachilikda 
qo‗llaniladi. 
Dorivor preparatlari. 
SHilliq eritmasi, yangi yig‗ilgan o‗simlik shirasi, plantaglyusid preparati. Burga zubturumi urug‗i 
bilan frangula ekstrakti aralashmasidan surgi dori – purgenol tayerlanadi. 
Plantaglyusid zubturum bargi tarkibida polisalaridlar aralashmasini saqlaydi. 
Plantaglyusid – kul rangli poroshok, nordom ta‘mli, (eriganda) suvda eriydi, organik 
erituvchilarda erimaydi. 
Preparat anatsidli gastrit bilan kasallangan bemorlar uchun, oshqozon va ichak yarali kasalliklar 
uchun ishlatiladi. 
Preparatning chiqish shakli 50 gr flakonda granulalar ko‗rinishda. 
Ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida katta bargli zubturum ishlatiladi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin