“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


Gidrolizlanuvchi (estro) tanidlar



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

1. Gidrolizlanuvchi (estro) tanidlar
. Bu guruxga kiruvchi tanidlar glikozidlar xususiyatiga 
ega bulib, ular molekulasida efirlarga xos boglanish bor. SHuningdek ular fermentlar, suyultirilgan 
kislotalar ta‘sirida gidrolizlanib oddiy komponentlariga parchalanadi. Asosan, bu tanidlar pirogallol 
unumlaridan iborat. Ular uch valentli temir eritmasi bilan kora-kuk rangli birikma (chukma) xosil 
kiladi. 
Gidrolizlanuvchi tanidlar uz navbatida quyidagi guruxlarga bo‘lingan: 
1. 
Depsidlar
– aromatik oksikarbon (fenil-karbon) kislotalarning uzaro xosil qilgan murakkab 
efirlari. Gidrolizlanuvchi tanidlar didepsidi – metagallat kislotadir. 
Depsidlar xakikiy oshlovchi moddalarga kirmaydi. Ular jelatin bilan chukmaydi va terini 
oshlash xususiyatiga ega emas. 
Depsidlar didepsid (ikki molekula oksikarbon kislotadan), tridepsid (oksikarbon kislotalarning 
uch molekulasidan xosil bulgan) va boshkalardan tashkil topadi.


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
34 
2. Gallotaninlar 
(galloilgeksozlar) asosan kislotaning (ba‘zan boshka oksikarbon kislotaning 
xam) uglevodlar (yoki kup atomli spirtlar) bilan bergan murakkab efirlari bulib, xakikiy glikozidlarga 
kiradi. 
Gallotaninlar gidrolizlanganda gallat kislota va geksozlarni (glyukoza, gamameloza va 
boshkalar) ajratadi. Eng oddiy gallotaninga dorivor ravochdan ajratib olingan gallat kislota bir 
molekulasining glyukoza bilan birikishidan tashkil topgan glyukogallin kiradi. 
Gallotaninlardan xitoy gallotanini, turkiya gallotanini, gamamela tanin va boshkalarning tarkibi 
yaxshi urganilgan. 
Olimlarning olib borgan tajribalari asosida olgan ma‘lumotlariga karaganda sumax 
o‗simligining bargidan olingan tanin glyukozaning 6 ta kislota (4 tasi didepsid, 2 tasi monogalloil 
xolida), skumpiya o‗simligining tanini va xitoy gallotanini glyukozaning 7 ta gallat kislota (3 tasi 
tridepsid, 2 tasi didepsid va 2 tasi monogalloil xolida) va Turkiya gallotanini glyukozaning 5 ta gallat 
kislota (3 ta tridepsid va 2 tasi didepsid xolida) bilan birikishidan tashkil topganligini aniqlagan. 
3.
Ellagotaninlar 
– o‗zidan ellag kislota ajratadigan oshlovchi moddalar. Ilgari ellagotaninlar 
ellag kislotaning uglevodlar yoki kup atomli spirtlar bilan xosil kilgan murakkab efirlaridan tashkil 
topadi deb xisoblanar edi. Keyinchalik SHmid va shogirdlari utkazgan tekshirishlarga karaganda ellag 
kislota oshlovchi moddalarning gidrolizlanishi natijasida geksaoksidifen kislotaninig laktoni sifatida 
xosil bular, ellagotaninlarni esa uglevodlar (geksozlar) geksaoksidifen kislota bilan birikib tashkil etar 
ekan. 
Eng oddiy ellagotaninlarga divi-divi (Caesalpinia coriaria Willd,mevasi), mirobalan (Terminalia 
chebula Retz.), kvebraxo (Schinopsis turlaridan) va Eucalyptys sieberiana dan ajratib olinib, yaxshi 
o‗rganilgan korilagin xamda Geranium thubergii Sieboid. Et Zucc/dan ajratib olingan geraniinlar 
kiradi. 
Geksaoksidifen kislota optik faol bo‗lib, korilaginda ( ) formasida, yuglaninda (korilaginning 
izomeri, yongoq mevasining po‗stidan ajratib olingan) esa o‗zining (--) – formasida uchraydi. 
Keyin ma‘lumotlarga karaganda ellagotaninlar tarkibida gallat va geksaoksidifen kislotalardan 
tashkari, tuzilishi buyicha bu moddalarga ancha yakin bulgan boshka birikmalar xam uchraydi. 
Ulardan xelulin (mirobalar ekstraktining asosiy komponenti), xebulag (mirobalan ekstraktining 
ikkinchi komponenti) kislotalari, brevilagin I va brelagie II, brevifolinkarbon kislota, degidrodigallat 
kislota, valoniv kislota va boshkalar ajratib olingan xamda yaxshi urganilgan. Xebulin kislota esa 
birinchi marta kristall xolda ajratib olingan tanin xisoblanadi. 
YUqorida kursatilgan o‗simliklardan tashqari anor mevasining pustida, oddiy dub daraxtining 
pustlog‗ida xamda turkiya gallasining tarkibida xam ellagotanilar bo‗ladi. 
II. Kondensatsiyalanuvchi tanidlar (kotanidlar). Bu guruxdagi tanidlar molekulasida efirlarga xos 
boglanish bulmaydi, ular uzaro difenil tipida birlashadi. SHuning uchun xam bu tanidlar suyultirilgan 
kislotalar tas‘sirida oddiy birikmalarga parchalanmaydi. Aksincha, ular kuchli kislotalar va boshka 
birikmalar ta‘sirida (yoki uzi oksidlanib) rangli birikmalar – flobafenlarni xosil kiladi. 
Kondansatsiyalanuvchi tanidlar uch valentli temir tuzlari bilan kora-yashil rangla chukma xosil 
kiladi. 
Ishkorlar ishtirokida yukori xaroratda kizdirilgan kondensatsiyalanuvchi tanidlar, uzidan 
pirokatexin bilan bir katorda ba‘zan floroglyusin xam ajratadi. 
Kondensatsiyalanuvchi tanidlarni ba‘zan kuyidagi guruxchalarga buladilar: 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin