“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


-MA‟RUZA Mavzu: Oshlovchi moddalar umumiy xususiyatlari, xossalari. Glikozidlar umumiy xususiyatlari



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

4-MA‟RUZA
Mavzu: Oshlovchi moddalar umumiy xususiyatlari, xossalari. Glikozidlar umumiy xususiyatlari, 
xossalari va tasnifi. O„simlik manbalari Yurak glikozidlarining umumiy xususiyatlari, xossalari 
va tasnifi. O„simlik manbalari.YUrak glikozidlarini – abitsin olish texnologiyasi Asetildigitoksin 
olish texnologiyasi 
Reja: 
1.
Oshlovchi moddalarni tasnifi. 
2.
Oshlovchi moddalar fizikaviy va kimeviy xossalari. 
3.
Oshlovchi moddalarning tibbiyotdagi axamiyati.
4.
Glikozidlar tasnifi. 
5.
Glikozidlar kimyosi 
6.
YUrak glikozidlari tasnifi. 
Oshlovchi moddalarni tasnifi 
Xayvonlarning xom terisini oshlash xususiyatiga ega va ko‘p atomli fenollar unumidan tashkil 
topgan xamda o‘simliklardan olinadigan yuqori molekulali zaxarsiz murakkab organik birikmalarga 
o‘simliklarning oshlovchi moddalari – tanidlar deb ataladi. 
Oshlash jarayonida oshlovchi moddalar terining oksil moddalari bilan birikib, erimaydigan 
birikma xosil kiladi. Natijada xayvonlar terisi uzidan suv utkazmaydigan, chirimaydigan, elastik va 
shu kabi xususiyatlarga ega buladi.


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
33 
Tanidlar tabiatda keng tarkalgan bulib, ayniksa ikki pallali usimliklar sinfiga kiruvchi oilalarda, 
masalan, ra‘noguldoshlar – Rosaceae, dukkakdoshlar – Fabaceae, korakatdoshlar – Saxifragaceae,, 
torondoshlar – Polygonaceae, toldoshlar – Salicaceae, korakayindishlor – Fagaceae, pistadoshlar – 
Anacardiaceae va boshka oilalarda kup uchraydi. Tanidlar, ayniksa gallalarda, usimliklarni patologik 
usimtalarida kup (ba‘zan 70% dan oshadi) buladi. 
Oshlovchi moddalar usimliklarni xamma organlarida tuplanishi mumkin. Ular daraxt va butalar 
pustlogida, yogoch xamda kup yillik ut usimliklarni er ostki organlarida kup buladi. Ba‘zan tanidlar 
daraxt va butalar er ustki kismida tuplanadi.
Oshlovchi moddalar asosan ikkita katta guruxga – gidrolizlanuvchi va kondensatsiyalanuvchi 
tanidlarga bulinadi. Ular kimyoviy tuzalishiga kura bir-biridan katta fark kiladi. 
Oshlovchi moddalarning fizik va kimyoviy xossalari. 
Usimliklardan ajratib olingan oshlovchi moddalar tanidlarning bir kancha formalari 
aralashmasidin iborat, shu sababli ular amorf poroshok xolida buladi. Sof xolda ajratib olingan ba‘zi 
komponentlar (masalan, katexinlar) esa kristall xolda buladi. Tanidlar suvda, xar xil darajadagi spirtlar 
va sirka kislotaning efirida yaxshi, boshka organik eritmalarda yomon eriydi yoki butunlay erimaydi. 
Oshlovchi moddalarning suvdagi eritmasi och kungir rangli, xidsiz va burishtiruvchi mazali, kuchsiz 
kislotali xossaga ega bulgan kolloid eritma. Suvda eritilgan oshlovchi moddalarni oksil modda, ogir 
metallarning tuzlari, alkaloidlar va glikozidlarning eritmalari yordamida chuktirish mumkin. Tanidlar 
kup atomli fenollarning unumlari bulib, boshka fenollar singari temirning uch valentli tuzlari eritmasi 
bilan rangli (kora-yashil va kora-kuk rangli) chukma xosil kiladi. Tanidlar xavo kislorodi va fermentlar 
ta‘sirida oksidlanib, kungir rangli xamda sovuk suvda erimaydigan birikma-flobafenlarga aylanadi. 
Turli usimliklardan olingan oshlovchi moddalar kimyoviy tarkibi buyicha bir-biridan fark 
kiladi. SHunga karamay, ularning tanidlarga xos umumiy belgilari bor. Barcha tanidlar molekulasida 
doimo bir nechta oksi gurux (OH) saqlovchi benzol yadrosi buladi. Boshkacha kilib aytganda, barcha 
oshlovchi moddalar kup atomli fenollar – polifenollar unumidir. Benzol yadrosidagi oksi guruxlar soni 
kamida ikkita, qator-urta xolatda (pirokatexinga uxshash) yoki uchta bulib, qator – vitsinal 
(pirogallolga uxshash) joylashadi. 
Tanidlarni ishkorlar ishtirokida 180-200
0
C gacha kizdirilsa, ulardan pirokatexin yoki pirogallol 
ajralib chikadi. SHuningdek ular pirogallol va pirokatexin guruxlariga bulinadi. Bu tasnif tanidlarning 
eng oddiy va eski tasnifidir. Ana shu tasnif buyicha oshlovchi moddalarning ayrim guruxlarini 
aniklashda kuyidagi reaksiyadan foydalanilgan: agar oshlovchi eritmasiga uch valentli temir 
tuzlarining eritmasi ta‘sir ettirilsa, pirokatexin guruxiga qiruvchi tanidlar qora-yashil, pirogallol 
guruxiga kiruvchi tanidlar esa kora-kuk chukma xosil kiladi. 
Agar oshlovchi moddalarga kislotalar xamda boshka reaktivlar ta‘sir ettirib isitilsa, ularning bir 
kismi gidrolizlanib, birmuncha oddiy komponentlarga parchalansa, ikkinchisi esa murakkablashib 
yukori birikma xosil kiladi. SHunga kura G. Povarnin va Freydenberg barcha oshlovchi moddalarni 
ularning kimeviy tarkibiga va ayrim molekulalari orasidagi boglanishlarga karab ikkita katta guruxga 
buladi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin