“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

 


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
29 
SHilliq moddalar hamda tarjibida shu moddalar bo„lgan 
dorivor o„simliklar 
O‗simlikda uchraydigan shilliq moddalar har xil birikmalar aralashmasidan tashkil topgan bo‗lib, 
ular tarkibida asosan polisaxaridlar - pentozanlar (90% gacha) va qisman geksozanlar uchraydi. 
SHilliq moddalar hujayra ichi va xujayra po‗sti hamda oraliq birikmalarning shilliqlanishidan 
hosil bo‗ladi. Ayrim hujayra yoki to‗qimalar shilliqlanishi mumkin. 
SHilliq moddalar odatda 2 guruxga bo‗linadi. 
1. Normal shilliq moddalar. Bular o‗simlikning o‗sishi davrida shu o‗simlik hayoti uchun 
nihoyatda zarur birikmalar sifatida vujudga keladi. 
2. Patologik shilliq moddalar. Tashqi ta‘sirga reaksiya sifatida vujudga keladi. 
Normal shilliq moddalar o‗simliklarning hamma organlarida bo‗lishi mumkin. 
Normal shilliq moddalar o‗simlik hayotida muhim rol o‗ynaydi. Ular suv ta‘sirida shishadi va 
uzoq vaqtgacha qzida namlik saqlaydi. SHuning uchun bu moddalar qurg‗oqchilikda uchadigan 
o‗simliklarni tasodifan qurg‗oqchilik bo‗lib qolganda ham qurib qolishdan, shuningdek, issiq kunlarda 
o‗simlikni haddan tashqari qizib ketishidan saqlaydi. 
O‗simlik shilliq moddalari suvda yaxshi erib, yopishqoq kolloid eritma hosil qiladi. Bu eritmadagi 
shilliq moddalarni spirt yordamida cho‗ktirish mumkin. 
Mahsulot tarkibidagi shilliq moddalarni quyidagi sifat reaksiyalari bilan aniqlash mumkin: 
1)tarkibida shilliq moddalar bo‗lgan mahsulotlar ishqor eritmasi ta‘sirida sariq rangga bo‗yaladi. 
2) mikroskopda ko‗rish uchun kesilgan mahsulot bo‗lakchasiga metil ko‗k bo‗yoq eritmasidan 
yoki 10% li H
2
SO
4
ning mis tuzi eritmasi va 10% li NaOH eritmasidan bir tomchidan tomizilsa, shilliq 
modda saqlovchi xujayralar to‗q ko‗k rangda kuzatiladi. 
3) mikroskobda ko‗rish uchun kesilgan mahsulotga qora tush eritmasi ta‘sir ettirilsa, shilliq modda 
saqlovchi xujayralar bo‗yalmaydi, boshqa xujayralar esa qorayadi. 
O‗simliklardagi shilliq moddalar miqdori quyidagi usullar bilan aniqlanadi. 
1. SHilliq moddalar suvda erib, yopishqoq kolloid eritma hosil qiladi. Bu eritmaning 
yopishqoqligi erigan birikma konsentratsiyasiga bog‗liq. SHuning uchun o‗simlikdan sovuq suvda eritib 
olingan shilliq moddalar eritma yopishqoqligiga qarab aniqlanadi. 
2. SHilliq moddalar ma‘lum miqdordagi o‗simlik mahsulotidan sovuq suvda eritib ajratib olinadi. 
Eritmadagi shilliq moddalar spirt bilan cho‗ktiriladi. So‗ngra cho‗kma yuvib, 60-80
O
da doimiy 
og‗irlikka kelguncha quritilib tortilib, o‗simlikdagi shilliq modda miqdori % bilan ifodalanadi. 
SHilliq moddali mahsulotlar va ulardan olingan dori turlari tibbiyotda-meditsinada me‘da-ichak 
kasalliklarida o‗rab oluvchi dori, nafas yo‗llari shamollaganda yo‗talni engillashtiradigan, to‗xtatadigan 
va ko‗krakdagi og‗riqni qoldiradigan hamda balg‗am ko‗chiradigan vosita sifatida ishlatiladi. 
Daraxt elimlari va ularni saqlovchi o‗simliklar 
Daraxt elimlari patologik shilliq moddalarning o‗simlik to‗qimalaridan oqib chiqib, po‗stloqning 
yaralangan joyini qoplab, qotishidan hosil bo‗ladi. Bu birikmalar daraxt po‗stlog‗idagi yaralangan joyni 
berkitib turadi va mikroorganizmlarning o‗simlik tanasiga kirib, uni chiritishidan saqlaydi. Bundan 
tashqari, elim o‗simlik uchun zaxira oziq modda bo‗lib xam xizmat qiladi. 
Elim ko‗pincha dukkakdoshlar va ra‘noguldoshlar, jiydadoshlar va boshqa oilalarga kiruvchi buta 
va daraxtlarda xosil bo‗ladi. 
Daraxt elimi ko‗pincha erta baxorda xosil bo‗ladi. CHunki bu orasida tez-tez yog‗ingarchilik 
bo‗lishi natijasida daraxt po‗stlog‗i iviydi, so‗ngra shamoldan va kun issig‗idan tez qurib yoriladi. 
YOrilgan po‗stlog‗dan patologik shilliq modda oqib chiqadi. 
Elim sun‘iy yul bilan xam olinishi mumkin. Buning uchun o‗simlik po‗stlog‗ini bigiz, pichoq yoki 
boshqa asbob bilan tilinadi natijada elim oqib chiqadi. 
Elim kimeviy tarkibiga ko‗ra shilliq moddalarga yaqin turadi. Patologik shilliq moddalar o‗simlik 
tuqimalaridan oqib chiqayotganida yulda uchragan birikmalar masalan: oshlovchi, buyoq, mineral 
moddalar, fermentlar, va boshqalarni o‗zi bilan birga olib chiqishi mumkin. 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin