“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
25 
bo‗lishiga asoslangan. Agar 5-oksiflavonollarning 3-uglerod atomidagi gidroksil guruhi bo‗sh bo‗lsa, 
oldin shu guruh reaksiyaga kiradi. 
Agar 5-oksiflavonollarning 3-uglerod atomidagi gidroksil guruh band (qandlar bilan glyukozid 
hosil qilgan) bo‗lsa, u holda 5-uglerod atomidagi gidroksil guruhi reaksiyaga kiradi. 
4. Ammiak bilan reaksiya. CHinni idishchada olingan flyuvanoidlarning spirtdagi eritmasiga 
ammiak eritmasidan qo‗shib, suv hammomida bir oz qizdiriladi. Reaksiya natijasida flavonlar
flavonollar, flavononlar, flavonononlar eritmasi zarg‗aldoq yoki qizil rangga o‗tadigan sariq rang hosil 
qiladi. Xalqonlar va auronlar eritmasiga ammiak eritmasi yoki to‗q qizil rang hosil bo‗ladi. 
Antatsianlar esa ammiak eritmasi ta‘sirida zangori yoki binafsha rangga bo‗yaladi. 
Bu reaksiyani ishqor eritmalari bilan qilinsa ham yuqoridagiga o‗xshash natija olish mumkin.
5. Qo‗rg‗oshin atsetati bilan reaksiya. Flavonoidlarning chinni shishachada olingan spirtli 
eritmasiga qo‗rg‗oshin (II) - atsetat spirtli eritmasidan qo‗shib aralashtiriladi. V xalqada bo‗sh holda 
ortiogidroksil guruhi bo‗lgan flavonlar, xalqonlar va auronlar qo‗rg‗oshin (II) - atsetat eritmasi bilan 
tiniq sariq yoki qizil rangli cho‗kma hosil qiladi. Agar qo‗rg‗oshin (II) - atsetat o‗rnida qo‗rg‗oshin 
(II) - gidroatsetat eritmasi qo‗llanilsa, flavonoidlarning qariyb hamma rangli cho‗kma beradi. Bu 
reaksiyada antotsionlar qizil yoki ko‗k rangli cho‗kma hosil qilishi mumkin. 
6. Mineral kislotalar bilan reaksiya. CHinni idishchadagi flavonlarning spirtli eritmasiga xlorid 
kislota ta‘sir ettirilsa, flavonoidlarning hamma guruhlari (katexinlardan tashqari) rangli reaksiya 
beradi: flavonlar va flavonollar tiniq sariq, flavononlar zarg‗aldoq pushti qizil, antotsianlar zarg‗aldoq 
yoki qizil rangga bo‗yaladi.
Xalqonlar va auronlar kislotaning konsentrlangan eritmasi bilan oksoniy tuzlar hosil bo‗lishi 
xisobiga qizil rang hosil qiladi. 
Xlorid kislota o‗rniga konsentrlangan sulfat kislota olingan taqdirda katekinlar, antotsionlar va 
flavononlar qizil, flavonlar va flavonollar tiniq sariqdan zarg‗aldoq ranggacha bo‗yaladi. 
7. Alyuminiy xlorid bilan reaksiya. CHinni idishchadagi flavonlarning spirtdagi 5 ml eritmasiga 
(yoki o‗simlikdan tayyorlangan flavonoidlarning 5 ml spirtdali ajratmasiga) alyuminiy xloridning 
spirtdagi 5 ml eritmasidan bir necha tomchi tomizilsa, ko‗pchilik flavonoidlar sariq rang hosil qiladi. 
8. Temir (II) - xlorid bilan reaksiya. CHinni idishchadagi flavonoidlarning spirtdagi 5 ml 
eritmasida (yoki o‗simlikdan tayyorlangan flavonoidlarning 5 ml spirtli ajratmasiga) temir (II) - 
xloridning spirtdagi 5% li eritmasidan bir necha tomchi qo‗shilsa, to‗q zangori, to‗q binafsha, to‗q 
yashil yoki yashil rang hosil bo‗ladi. 
Temir (III) - xlorid eritmasi bilan flavonoidlarning xamma guruxlari rangli reaksiya beradi.
9. Vanilin bilan reaksiya. CHinni idishchadagi vanilinning konsentrlangan xlorid kislotadagi 1% 
li eritmasiga katexinlardan qo‗shilsa, qizil rang hosil bo‗ladi. 
10. Kaliy persulfat bilan reaksiya. Probirkaga katexinlarning atsetondagi eritmasidan 1 ml solib, 
unga 20 mg kaliy persulfatning 2 ml konsentrlangan sulfat kislotadagi eritmasidan probirka devoridan 
asta-sekin oqiziladi. Suyuqliklar uchrashgan erda qizil-binafsha rangli aralashma hosil bo‗ladi. Bu 
reaksiya katexinlarning kaliy persulfat ta‘sirida oksidlanib, antotsionidinlar hosil qilishiga asoslangan. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin