“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


Flavonoidlarning xromatografik taxlili



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

Flavonoidlarning xromatografik taxlili 
O‗simliklardan tayyorlangan ajratmada qancha flavonoid birikmalar borligi va ularning 
chinligini taxminiy aniqlashda (identifikatsiya qilishda) taqsimlanish (bo‗linish) xromatografik 
usulidan (qog‗ozda - QX yoki BX va yupqa qavatda – YU+X yoki TSX) keng foydalaniladi. 
Xromatografik analiz uchun ichimlikdan spirtli ajratma tayyorlanadi. Buning uchun yapon 
saforasining maydalangan gulidan 1 g ni 25 ml xajmli kolbaga solib, ustiga 10 ml spirt quyiladi. 
Kolbaga tik sovutgich o‗rnatib, suv hammomida 10 min qaynatiladi. Ajratma sovugandan so‗ng 
qog‗oz filtri orqali filtrlanadi. 
0,1 ml filtratni va «guvoh» flavonoidlarnning spirtli eritmasidan «Silufol» plastinkasining start
chizig‗iga kapilyar naycha yoki maxsus tomizgich yordamida bir-biridan 2 sm masofada tomiziladi va 
havoda quritiladi. So‗ngra plastinkani ichiga n-butanol-sirka kislotasi - suv (4:1:5 nisbatida) yoki sirka 
kislotasini 15% li eritmasi quyilgan xromatografik kolonkaga joylashtirib, 30-40 minut xromatografiya 
qilinadi. Keyin plastinka olinib, havoda quritiladi va UF-nurida ko‗riladi, dog‗lar aniqlanadi 


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
26 
(flavonoidlar jigarrang, sariq, zarg‗aldoq rangli bo‗lib tovlanadi). So‗ngra plastinkaga alyuminiy 
xloridning spirtli eritmasi (yoki sirkoniy xlor oksid, temir (III) - xlorid eritmalari) purkab, quritib yana 
UF - nurida ko‗riladi. Dog‗larni Rf lari hisoblanadi. Bu Rf lar «guvoh» flavonoidlar Rf lari bilan 
solishtirilib, o‗simlik ajratmasida qanday flavonoidlar borligi to‗g‗risida fikrlanadi.
Xromatografik analizni xuddi shu usul bo‗yicha qog‗ozda ham bajarish mumkin. 
YUqorida ko‗rsatib o‗tilgan va boshqa sifat reaksiyalar yordamida flavonoidlarning ajratma yoki 
xromatogrammalarda bor yoki yo‗qligini aniqlashdan tashqari, flavonoidlar molekulasida gidroksil 
guruhlari qaysi uglerod atomiga joylashganligini hamda shu guruhlar sof holda yoki qand molekulasi 
bilan birlashganligini aniqlash mumkin. Buning uchun professor V.A. Bandyukova (Pyatigorsk 
formatsevtika instituti) tavsiya etgan sxema bo‗yicha qog‗oz xromatogrammalariga Vilson va Martini-
Bettalo reaktivlari, sirkoniy xlor-oksid hamda diazoreaktiv va boshqa reaktivlar yordamida sifat 
reaksiyalar qilinadi. 
O‗simliklar tarkibidagi flavonoidlarning miqdorini aniqlash. o‗simliklar tarkibidagi flavonoidlar 
miqdorini aniqlash usullari ko‗p va turlichadir. XI DF sida keltirilgan mahsulot tarkibidagi 
flavonoidlarning miqdorini aniqlash yullari asosan spektrofotometrik usullardir. Lekin spektrofotometr 
hali hamma laboratoriya va kafedralarda etarli emasligini hisobga olgan holda g‗ozircha bajariligi 
ancha oddiy bo‗lgan fotoelektrokoloritmetrik usulni bu erda tasvirlashni lozim topadi. 
Spektrofotometrik usulga qiziqqanlar, uni XI DF sining tegishli maqolasida topishi mumkin. 
1 g (aniq tortib olingan) quritilgan va maydalangan maxsulotni 100 ml xajmli va vertikal holdagi 
sovutgich bilan birlashtirilgan kolbaga solinadi va unga 30 ml xloroformli ajratmani filtrlab olinadi. 
Mahsulotga qaytadan 30 ml xloroform quyib, yana oldingi usulda 2 marta ekstraksiya qilinadi. 
Xloroformli ajratmaga smola, xlorofill va shunga o‗xshash keraksiz - ballast moddalar ajralib chiqqani 
uchun bu ekstrakt tashlab yuboriladi. Kolbadagi mahsulot toki xloroformdan tozalaguncha 50-60
0
S da 
qizdirib quritiladi. Keyinchalik mahsulotdan flavonoidlarni ajratib olish uchun kolbaga 30 ml metil 
spirti (metanol) quyiladi, kolba vertikal sovutgich bilan ulanadi va aralashma suv xammochasida 30 
minut qaynatiladi. Ko‗rsatilgan vaqt o‗tgach, kolba sovutiladi, flavonoidlar ajratmasi (ekstrakti) 50 ml 
li o‗lchov kolbasiga quyiladi va suyuqlik xajmi o‗lchov kolbasiga belgisiga etguncha metanol bilan 
to‗ldiriladi. o‗lchov kolbasidagi suyuqlik aralashtiriladi va uni filtrlab, flavonoidlar miqdorini aniqlash 
uchun kerak bo‗lgan ekstrakt (A ekstrakt) olinadi. 
Flavonoidlarning ekstraktdagi miqdori fotokalorimetrik usul bilan aniqlanadi. Bu usul 
flavonoidlarning novakain (yoki sulfonil kislota) ning daaza birikmasi bilan rangli reaksiya berishigia 
asoslangan. Buning uchun 10 ml xajmdagi o‗lchov kolbasiga 10% li sulfat kislotada eritilgan 
novakainning 0,5% li eritmasidan 1 ml va 0,2% li natriy (ishqorning 10%li erit) nitrit eritmasidan 1,5 
ml solib aralashtiriladi. Aralashmaga 2 ml A ekstraktdan 1 ml qo‗shib, suyuqlik hajmini o‗lchov 
kolbasining belgisiga qadar metanol bilan to‗ldiriladi. So‗ngra kolbadagi suyuqlik aralashtiriladi va 
rangining intensivligini 1 sm qalinlikdagi kyuvetda ko‗k yorug‗lik filrtida fotoelektrokolorimetr 
yordamida o‗lchanadi. 
A ekstraktidagi flavonoidlar konsentratsiyasi standart eritma (rutin, kvarsetin yoki boshqa sof 
holdagi flavonoidlar eritmasi) bo‗yicha tuzilgan grafik yordamida topiladi. 
Mahsulot tarkibidagi flavonoidlarning % miqdori (X) quyidagi formula yordamida 
hisoblanadi: 
Xq(a 10 50 100 100)/(2 s(100-b))
Bunda, a - 1 ml A ekstraktidagi flavonoidlar konsentratsiyasi; b - mahsulot namligi (% hisobida); 
s - analizga olingan mahsulotning gramm miqdori. 
Flavonoidlar tabiatda keng tarqalgan bo‗lib, yuqori o‗simliklarning qariyib hammasida uchraydi. 
Ayniqsa, dukkakdoshlar (Fabaceae), astradoshlar -Asteraceae (murakkabguldoshlar - Compositae), 
selderdoshlar - Apiaceae (soyabonguldoshlar - Umbelliferac), ayiqtovondoshlar (Ranuncubaceac), 
torondoshlar (Polygonaceae), ra‘noguldoshlar (Rosaccae), yasnonotkadoshlar -Lamiaceae 
(labguldoshlar - Labiatae) va boshqa oilalarning vakillari flavonoidlarga boy bo‗ladi. Xayvonlar 
flavonoidlarni sintez qilmaydi. Bu guruh birikmalar o‗simliklarning hamma organlarining hujayra 
shirasida erigan holda bo‗lib, ayrim hollarda (masalan, er osti organlari va poyada) oz miqdorda, 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin