“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
39 
Glikozidlarning terapevtik ta‘siri xam ularning aglikonlariga bo\liqdir. +and qismi aglikonlarni 
(demak, glikozid molekulasini) suvda erishini xamda xayvonlar organizmida shimilishini, ya‘ni 
organizmga ta‘sir qilishini tezlashtiradi. SHu bilan birga, ba‘zi monosaxaridlar ayrim aglikonlarni 
ta‘sir kuchini oshirishi yoki aksincha pasaytirishi mumkin. 
Tarkibida glikozidlar saqlovchi dorivor o‗simliklar tasnifi
Tarkibida glikozid saqlovchi o‗simliklar shu glikozidlar aglikonining kimyoviy 
tuzilishiga qarab sinflarga bo‗linadi. Ba‘zi glikozidlar xozirgacha etarli darajada 
o‗rganilmagani uchun sinflarga bo‗lishda ularning fizik xossalari yoki xayvonlar organizmiga 
ko‗rsatadigan fiziologik ta‘siri asos qilib olingan. 
Tibbiyotda ishlatiladigan tarkibida glikozidlar bo‗lgan dorivor o‗simliklar va maxsulotlar 
quyidagi sinflarga bo‗linadi: 
1.Tarkibida tioglikozidlar bo‗lgan; 
2.Tarkibida sianogen glikozidlar bo‗lgan; 
3.Tarkibida monoterpen (achchik) glikozidlar bo‗lgan; 
4.Tarkibida steroid (yurak) glikozidlari bo‗lgan; 
5.Tarkibida triterpen glikozidlar (saponinlar) bo‗lgan; 
6.Tarkibida fenolglikozidlar bo‗lgan; 
7.Tarkibida antraglikozidilar bo‗lgan; 
8.Tarkibida flavon glikozidlar bo‗lgan va boshqalar. 
YUkorida keltirilgan glikozidlardan tashqari oshlovchi moddalardan katta bir guruxi 
(gidrolizlanuvchi oshlovchi moddalar), qisman kumarinlar (kumarin glikozidlar) va boshka birikmalar 
xam glikozidlarga kiradi.
Tarkibida tioglikozidlar bo‗lgan dorivor o‗simliklar
 
Aglikoni tarkibida oltingugurt bo‗lgan glikozidlar tioglikozidlar (S-glikozidlar) deb ataladi. Bu 
glikozidlardagi qand molekulasi aglikon qismi bilan oltingugurt atomi orqali birlashgan. 
Tioglikozidlarning ferment ta‘sirida parchalanishidan xosil bo‗lgan aglikon qismi efir moylari 
xossasiga o‗xshash xossaga ega (uchuvchan va suv bu\i bilan xaydaladi). SHuning uchun bu 
glikozidlarning ba‘zi aglikonlari efir moyi deb yuritiladi.
 
Tioglikozidlar achchiq bo‗lib, organizmning shilliq qavatlariga va teriga qitiqlovchi ta‘sir 
ko‗rsatadi (terini qizdiradi yoki kuydiradi). Oz mikdorda iste‘mol qilinsa, ishtaxa ochadi. 
Tioglikozidlar kuchli bakteritsid ta‘sirga ega. 
Tioglikozidlar yoki izotiotsianatlar xayvonlarda bo‗qoq kasalligini paydo qilishi mumkin
degan fikr xam bor. 
Tioglikozidlarning turlari ko‗p. Ular asosan, karamdoshlar (butguldoshlar, krestguldoshlar) 
rezadoshlar va boshqa oilalar vakillarida uchraydi. Jumladan, karamdoshlar (butguldoshlar) oilasiga 
kiradigan o‗simliklar (shol\om, karam, rediska, turp, xren, xantal va boshqa o‗simliklar) da keng 
tarqalgan. 
Tibbiyotda tioglikozidlar saqlovchi o‗simliklardan xozircha faqat xantal uru\i (uni tarkibida 
tioglikozid sinigrin bo‗ladi) ishlatiladi. 
Sinigrin mirozin fermenti ta‘sirida glyukoza, kaliy bisulfat va allilizotiatsianatga (xantal efir 
moyiga) parchalanadi: 
Tarkibida sianogen glikozidlar bo‗lgan dorivor o‗simliklar
 
Glikozidlar parchalanib sianid kislota ajratsa, ular sianogen yoki nitril glikozidlar deb ataladi. 
Sianogen glikozidlar (amigdalin, prunazin, sambunigrin va boshqalar) zaxarli birikma bo‗lib, ularning 
ko‗pchiligi ra‘noguldoshlar oilasiga kiradigan o‗simliklarga xosdir. Masalan, achchiq bodom, achchiq 
danakli o‗rik, shaftoli, olcha, gilos, olxo‗ri, olma, nok, shumurt (cheremuxa) va boshqa o‗simliklar 
uru\i (ma\zi) ning achchiq mazali bo‗lishi, ular tarkibida sianogen glikozidlar borligiga bo\liq. 
Sianogen glikozidlarning parchalanishi natijasida xosil bo‗lgan maxsulotlar efir moylarining 
fizik xossasiga o‗xshash xossaga ega bo‗ladi. 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin