“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
38 
fermentlar qat‘iy spetsifik ta‘sir qilgani uchun xar bir glikozidning parchalanish yoki sintezlanishida 
ularni o‗ziga tegishli maxsus fermentlar ishtirok etadi. 
Glikozid molekulasida aglikonga qand qismi oddiy va murakkab efirlar tipida kislorod atomi – 0 
orqali (0-glikozidlarda) yoki tioefirlar tipida oltingugurt atomi – S orkali (S-tioglikozidlarda) 
birlashgan bo‗ladi. Sianogen (nitro, N-glikozidlar) glikozidlarning aglikoni tarkibida sianid kislotasi 
bo‗ladi. Bulardan tashkari, ba‘zi glikozidlarda qand molekulasi aglikon qismining yadrosini uglerod– 
S atomiga tu\ridan-tu\ri o‗zining uglerod – S atomi orqali birlashishi mumkin. Bunday glikozidlarni S-
glikozidlar nomi bilan yuritiladi. Boshqa, ayniqsa O va S-glikozidlarga nisbatan S-glikozidlar ancha 
tur\un va faqat qattiq sharoitda, kislotalarning kuchliroq eritmalarida uzoq qizdirish natijasida ularni 
aglikon va qand qismlariga parchalash mumkin. 
Glikozidlar tarkibida bir (monozidlar), ikki (biozidlar), uch (triozidlar) va undan ortiq 
monosaxarid molekulasi bo‗lishi mumkin. Ular odatda aglikonni bitta gidroksil guruxiga uzun zanjir 
tipida ketma-ket birlashadi. SHuning uchun bunday glikozidlarning gidrolizi–parchalanishi po\onali 
boradi va monosaxarid molekulalari aglikondan bittadan ketma-ket ajraladi. Masalan, triozidning 
gidrolizlanish reaksiyasini kuyidagi sxema buyicha tasvirlash mumkin: 
I davr. Triozid – I molekula monosaxarid + biozid. 
II davr. Biozid – I molekula monosaxarid + monozid. 
III davr. Monozid – I molekula monosaxarid + aglikon. 
Ba‘zan glikozidlardagi monosaxaridlarning ayrim molekulalari aglikonni 2 ta yoki 3 ta 
gidroksiliga birlashib – di-, tri- yoki undan xam murakkab glikozid xosil qilishi mumkin. 
Ko‗pchilik xollarda glikozidlarning gidrolizi – parchalanishi fermentlar va xarorat ta‘sirida 
xamda suv ishtirokida boradi (agarda kislota ta‘sirida parchalanmasa). Fermentlar oqsil moddalar 
bo‗lib, yuqori xaroratda (60-70 S dan va undan yuqorida) ular o‗ladi (pishadi). Past xaroratda ( 25 S 
dan va undan past xaroratda) esa fermentlar ta‘sir qilmaydi, ya‘ni ularning faolligi tuxtaydi. 
Glikozidlar osonlik bilan parchalanadi. Ayniqsa, ular o‗simliklarning o‗lik to‗qimasida ferment, 
xarorat ta‘sirida va namlik ishtirokida tez parchalanadi. SHuning uchun tirik o‗simliklar to‗qimasida 
bo‗ladigan glikozidlarni birlamchi glikozidlar deb xisoblanadi. O‗simliklardan ajratib olingan 
glikozidlarga birlamchi glikozidlarning qisman gidrolizlanishidan vujudga kelgan maxsulot deb 
qaraladi. Bu xol maxsulot tayerlash, quritish va saqlash vaqtida xisobga olinishi zarur. Xaqiqatan xam 
yi\ilgan maxsulotlarni tezda quritilmay, uyib qo‗yilsa, u namlik ta‘sirida qizib, to‗qimalaridagi 
fermentlar esa faollashib, glikozidlarni parchalaydi yoki to‗\ri quritilgan maxsulotni issiq va nam erda 
saqlansa xam yuqorida aytilgan axvol qaytariladi. SHuning uchun tayyorlangan maxsulotni yi\ib 
qo‗ymay tezda va to‗\ri quritish, quritilgan maxsulotni yaxshi yopiladigan idishlarga solib, quruq erda 
saqlash lozim. SHundagina maxsulot tarkibidagi glikozidlar parchalanmay saqlanadi va dorivor 
maxsulot o‗z sifatini yo‗qotmaydi. 
Glikozidlar o‗simliklar dunyosida keng tarqalgan bo‗lib, ular o‗simliklarning barcha organlari 
to‗qimalarida, xujayra shirasida erigan xolda uchraydi. O‗simliklar tarkibida bir nechta glikozidlar 
bo‗lishi (bitta o‗simlik tarkibida 20 dan ortiq ayrim-ayrim glikozidlar bo‗lishi) mumkin. Ba‘zan bitta 
yoki bir xil kimyoviy tuzilishdagi bir gurux glikozidlar butun bir oilaga (yoki botanik bir-biriga yaqin 
bo‗lgan qardosh oilalarga) xos bo‗lib, ular shu oilaga kiradigan turlarda keng tarqaladi (masalan, 
amigdalin glikozid ra‘noguldoshlar, tioglikozidlar esa karamguldoshlar (krestguldoshlar) oilalari 
turlarida). SHu bilan bir qatorda ba‘zi glikozidlar bir necha oilaga kiradigan o‗simliklarda uchraydi. 
Glikozidlar o‗simlik to‗qimalarida bo‗ladigan moddalar almashinuvi jarayonida faol qatnashadi. 
Glikozidlarga uglevodlarning zaxira xolda yi\ilgan shakllardan biri deb xam qaraladi. 
Sof xolda ajratib olingan glikozidlar kristall modda bo‗lib, ular ko‗pchilik organik erituvchilarda 
erimaydi, spirtda yomon (ba‘zan yaxshi), suvda yaxshi eriydi. Glikozidlarning suvdagi eritmasi 
neytral reaksiyaga, shuningdek, qutblangan nur tekisligini o\dirish (optik faollik) xususiyatiga ega. 
Xamma glikozidlar Feling reaktividan misni qaytaradi. Glikozidlarning suvdagi eritmalari bariy 
gidroksid, qo‗r\oshin atsetat va tanin eritmalari bilan cho‗kma xosil qiladi. 
Glikozidlarning kimyoviy xossalari va analiz kilish usullari aglikonlarning tuzilishiga bo\liq. 
Aglikonlarning kimyoviy tuzilishi turlicha bo‗lganligi uchun analiz usullari xam turlichadir. 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin