“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
41
Yurak glikozidlarining aglikonlari – geninlari bir, ikki, uch va ba‘zan to‗rtta qand molekulasi
bilan birikib, glikozidlar xosil qiladi. Bu glikozidlar asosan yurak muskullariga ta‘sir etganligi uchun
yurak glikozidlari (yoki yurak zaxarlari) deb ataladi.
Yurak glikozidlarining geninlari quyidagi ikkita birikmadan bittasining unumi bo‗lishi shart:
Agar yurak glikozidlari molekulasining tarkibida 5 a‘zoli tuyinmagan lakton (butenolid) xalqasi
bo‗lsa, kardenolidlar (I), 6 a‘zoli 2 marta tuyinmagan lakton (kumalin) xalkasi bo‗lsa,
bufadienolidlar(II) deb ataladi.
Sterioid birikmalarga yurak glikozidlaridan tashqari, o‗simlik va xayvonlar organizmida ko‗p
uchraydigan moddalar: vitamin D, ba‘zi saponinlar, sterinlar (fito-xamda zoosterinlar), o‗t kislota,
jinsiy organlarning garmonlari va boshqa birikmalar kiradi. Bu birikmalarning asosiy skeleti
siklopentanperfenantren yadrosidan iborat bo‗lsa-da, ular kimyoviy tuzilishi bilan bir-biridan katta farq
qiladi. Faqat yurak glikozidlariga xos guruxlar: 3 va 14-nomerga joylashgan uglerod atomlaridagi OH,
13-nomerga joylashgan uglerod atomidagi SN3 va 17-nomerdagi uglerod atomiga birlashgan 5 yoki 6
a‘zoli to‗yinmagan lakton xalqalaridir. 5,11,12 va 16-nomerdagi uglerod atomlarida qo‗shimcha ON,
10-nomerdagi uglerod atomida metil-SN3 (angishvonagul tipi) yoki glikozid molekulasidagi qand
skeletining 3-nomeridagi uglerod atomiga joylashgan – ON guruxi orqali birlashadi. Bitta glikozid
tarkibida 5 tagacha monosaxaridlar bo‗lishi mumkin.
Ko‗pincha glikozid molekulasida qand kismi sifatida glyukoza, shuningdek, o‗ziga xos 6-
dezoksigeksozalar (6-nomerdagi uglerod atomida ON guruxi bo‗lmaydi), 2-6 – dezoksigeksozalar (2
va 6-nomerdagi uglerod atomlarida ON guruxi bo‗lmaydi) va shu dezoksigeksozalarning 3-nomerdagi
uglerod atomi orqali xosil qilgan metil efirlari xamda o‗ziga xos di- va trisaxaridlar bo‗ladi. Xozir
yurak glikozidlari tarkibiga kiradigan 350 ta xar xil monosaxaridlar ma‘lum.
Yurak glikozidlarining asosiy ta‘sir etuvchi guruxi 17-nomerdagi uglerod atomiga joylashgan 5
yoki 6 a‘zoli bo‗lishi glikozidlar ta‘siriga unchalik axamiyatli bo‗lmasa-da, lekin lakton xalqasining
parchalanishi yoki to‗yinishi ( masalan, strofantidinda) ular ta‘sir kuchini butunlay to‗xtatadi. SHuning
uchun maxsulot tayyorlash, quritish va saqlash paytida yuqorida aytib o‗tilgan xolatlarni unutmaslik
lozim. CHunki tayyorlangan o‗simlik nam joyda qolsa va o‗z vaqtida to‗\ri quritilmasa, maxsulot
tarkibidagi yurak glikozidlari gidrolizlanish, geninning lakton xalqasi to‗yinishi, oksidlanishi xamda
parchalanishi mumkin. Natijada glikozidlarning ta‘sir kuchi kamayadi yoki butunlay yuqolib ketadi.
Maxsulot tayyorlash va quritish davrida murakkab molekulali yurak glikozidlari parchalanib,
bir-ikkita yoki xamma qandlarini ajratishi mumkin. SHuning uchun olimlar o‗simlik to‗qimasida
birlamchi, ancha murakkab molekulali, ya‘ni genuinli glikozidlar bor deb xisoblaydilar. Ular fikricha,
quritilgan maxsulot va ulardan tayerlangan dori turlari tarkibida (shuningdek ajratib olingan kristall
xoldagi glikozidlar xam) birlamchi glikozidning gidrolizlanishidan xosil bo‗lgan, bir-ikkita qand
molekulasini yo‗qotgan ikkilamchi glikozid yoki geninlar bo‗ladi. Bu fikr ma‘lum sharoitda (quritish,
saqlash yoki glikozidlarni ajratib olish jarayonida) mavjud bo‗lgan yurak glikozidlarining xaqiqatdan
xam osonlik bilan gidrolizlanishiga asoslangan bo‗lishi mumkin. Shunga qaramasdan, o‗simliklarda
o‗tkazilgan ayrim tajribalar yuqorida ko‗rsatilgan jarayonlarda yurak glikozidlari doimo
parchalanmasdan, ba‘zan murakkablanishi xam mumkin ekanligi isbot qilindi. Masalan, kimyo fanlari
doktori
prof.N.K.Abubakirov
kendr
o‗simligi
(Apocynum
cannabinum
L..,Apocynum
androsaemifoliumL.)ildizini ochiq xavoda uzoq vaqt quritilganda uning tarkibida qand molekulasiga
boy K-strofanin- – glikozidi kupayib ketishini isbotladi (asosan tirik o‗simlik to‗qimasida monozid,
simarin to‗planadi). N.K.Abubakirov bu tajribaga asoslanib, yurak glikozidlarini birlamchi genuinli va
ikkilamchi guruxlarga bo‗lish to‗\ri emas, degan fikrga keldi. So‗ngra u o‗simlik tarkibida glikozidlar
doimo o‗zgarib turishi (oddiy shakldan murakkab shaklga o‗tishi va aksincha murakkab shakldan
oddiylashishi) mumkinligini isbot qildi.
Yuqorida bayon etilgan tajribalar yurak glikozidlarining o‗simlik tukimasida yuz beradigan
biosintez jaraenida ishtirok etishini xam tasdiklaydi. Ma‘lumki, usimliklar kurigani sari ular
tukimasidagi namlik kamaya boradi. Bu esa tukimadagi biosintez jaraenining buzilishiga olib keladi.
Balki shu davrda tukimanga zarur bulgan suv molekulasini ajratib chikarish uchun kand ishtirokida
murakkab glikozid molekulasi sintez bulishi kerakdir.
|