“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua 47
chuchmomadoshlar (Amaryllidaceae), tuyatovondoshlar (Zygophyllidaceae) va boshqa oilalarning
vakillari tarkibida ko‗p miqdorda to‗planadi.
Saponinlar oq rangli amorf birikma, sapogeninlar esa kristall modda. Ular suvda, suyultirilgan
etil (60-70%) va metil spirtlarida yaxshi eriydi. 90% li etil spirtida esa faqat qaynatilgandagina erib,
sovitilganida qayta cho‗kadi. Saponinlar efir, xloroform va boshqa organik erituvchilarda erimaydi.
Ularning aglikonlari — sapogeninlar, aksincha turli organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Saponinlar
fenollar va steroid spirtlar bilan molekulyar birikma beradi Xosil bo‗lgan birikmalar suvda va spirtda
yomon erigani sababli, saponinlarni o‗simlikdan ajratib olishda va ular miqdorini aniqlashda shu
reaksiyalardan foydalaniladi. Steroid spirtlarga kiradigan xolesterin miqdorini aniqlash usullari ham
uning saponinlar bilan erimaydigan molekulyar birikma hosil qilishga asoslangan. Saponinlar
xolesterin bilan birikkanda, biologik faolligini yo‗qotadi.
Saponinlar faol biologik birikmadir. Tarkibida saponin bo‗lgan o‗simliklar kukunining changi
burun va tomoqning shilliq qavatlarini qichishtirib, yo‗taltiradi hamda aksirtiradi. Ular iste‘mol
qilinganida ichki sekretsiya bezlarining suyuqlik ajratish qobiliyati kuchayadi. +on eritrotsitlarini
eritish saponinlarning eng muhim va o‗ziga xos xususiyatlaridan biridir. SHuning uchun saponi
eritmasini venaga yuborish mumkin emas. Aks holda eritrotsitlarni eritib yuborishi mumkin. Iste‘mol
qilingan ba‘zi saponinlar kuchli zahar sifatida ta‘sir qilishi mumkin. Zaharli saponinlar sapotoksinlar
deb ataladi.
Saponinlar tasnifi. Saponinlar aglikonlarining kimyoviy tuzilishiga qarab ikki guruhga bo‗linadi.
1. Sapogeninlari triterpenlarning unumlari bo‘lgan (pentatsiklik va tetratsiklik birikmalar) saponinlar. Triterpen saponinlarning suvdagi eritmasi aksariyat kislotali sharoitga ega.
Triterpen pentatsiklik saponinlarning aglikoni sifatida ko‗p o‗simliklarda uchraydigan oleanol,
ursol, glitsirretin kislotalar boshqalar, triterpen tetratsiklik saponinlarga jenshenda uchraydigan
panaksodiol va panaksotriollar misol bo‗la oladi.
2. Sapogeninlari siklopentanpergidrofenantrenning unumlari (steroid birikmalar) bo‘lgan saponinlar. Steroid saponinlarning suvdagi eritmasi neytral reaksiyali bo‗ladi.
Steroid saponinlar tabiatda triterpen saponinlarga nisbatan kamroq tarqalgan bo‗lsada, ular
ko‗proq va ancha chuqur o‗rganilgan. Steroid saponinlarga misol qilib angishvonagul o‗simligining
saponinlaridan tigonin (sapogenini - tigogenin) va digitonin (sapogenini - digitogenin), dioskoreya
o‗simligi saponinlaridan diossin (sapogenini - diogenin) va boshqalarni ko‗rsatish mumkin.Saponinlar
aglikoni — sapogeninlarga qand qismi odatda uchinchi uglerod atomidagi gidroksil orqali birikadi.
Lekin boshqa uglerod atomlariga joylashgan gidroksil guruhlar, ba‘zan bir vaqtda ikkita uglerod
atomiga joylashgan ayrim-ayrim gidroksil guruhlar orqali ham qand qoldiqlari sapogenin skeletiga
birikishi mumkin. Saponinlar molekulasi tarkibida qand qismi sifatida ko‗pincha D - glyukoza, D -
galaktoza, D - ksiloza, L - ramnoza, L - arabinoza, L - fukoza va boshqa monosaxaridlar hamda D -
glyukuron va D - galakturon kislotalari uchraydi. Bularning saponinlar molekulasidagi miqdori 1 tadan
10 tagacha va undan ortiq monosaxaridlar birlashmasidan tashkil topgan bo‗lishi mumkin.
Tarkibida triterpen saponinlar bo‗lgan o‗simliklar:
O‘simlikning o‘zbekcha va lotincha nomi O‘simlikning oilasi Usimlikning ishlatiladigan organi Tuksiz (oddiy) qizilmiya
(chuchukmiya, shirinmiya) —
Glycyrrhiza glabra L.
Dukkakdoshlar — Fabaceae
oilasi
qizilmiya o‗simligining ildizi —
Radix glycyrrhizae (Radix
liquiritiae)
Zangori polemonium —
Polemonium coeruleum L.
Polemoniyadoshlar —
Polemoniaceae oilasi
Polemonium o‗simligining
ildizpoyasi bilan ildizi —
Rhizoma cum radicibus
polemonii
Haqiqiy jenshen — Panax
Araliyadoshlar — Araliaceae
Jenshen o‗simligining ildizi —