“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
49 
kaliy ishqori eritmasi quyilgan probirkada hajmi va tur\unligi bo‗yicha bir necha marta ko‗pik hosil 
bo‗ladi. 
Saponinlarning xromatografik analizi 
Saponinlarni qo\ozda yoki yupqa qavatda xromatografik analiz qilish mumkin. Bu analiz 
ko‗proq yupqa qavatda o‗tkaziladi. Buning uchun KSK markali silikagel yopishtirilgan 13x18 sm li 
oyna plastinkasi yoki ―Silufol‖ plastinkasini start chizi\iga Nippon dioskareyasi ildizpoyasi 
eritmasidan (yoki saponinli ajratmadan) va ―guvoh‖ eritmalardan kapillyar naycha yordamida 
tomiziladi va havoda 10 minut quritiladi. So‗ngra plastinka ichida suvsiz xloroform-metil-spirti-suv 
(61:32:7 nisbatda) aralashmasi bo‗lgan xromatografik kolonkaga joylashtirib xromatografiya qilinadi 
(30-40 minut). So‗ngra xromatogrammaga 20 % sulfat kislota purkalib, qurituvchi shkafda 110 
0
S da 
10 minut qizdiriladi. Bunda saponinlar do\i to‗q qizil rangga bo‗yaladi (aralozidlar). Do\lar Rf-i 
aniqlanadi va ―guvoh‖ saponinlar Rf-i bilan solishtirib xulosa chiqariladi. 
Saponinlar miqdorini aniqlash usullari. 
Nippon dioskareyasi ildizpoyasidagi saponinlar miqdorini aniqlash usullari ularni o‗simlikdan 
qaynoq suv yoki qaynoq 70-80% li spirt bilan ajratib olib, so‗ngra kuchli spirt, efir, ba‘zan bariy 
gidroksid bilan cho‗ktirishga asoslagan. Bu usullar turli o‗simliklarda turlicha natija beradi. 
Erituvchilar (suv yoki spirt) o‗zgarishi bilan ajratib olingan saponinlarning miqdori ham qisman 
o‗zgaradi. SHuning uchun saponinlarni aniqlashda har bir o‗simlikka xos sharoitlar ishlab chiqilishi 
lozim. 
Saponinlarning suvda ko‗pirish hamda qon eritrotsitlarini eritish xossalariga asoslangan 
miqdoriy analiz usullari ham mavjud. Bu usullar mahsulotdagi saponinlarning % miqdorini 
ko‗rsatmasa ham, ular konsentratsiyasini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa tibbiyotda 
ishlatiladigan mahsulotlar shu usullar yordamida tekshirilishi va ularga baho berilishi kerak. 
Saponinlarning gemolitik ko‗rsatgich (indeks) ini aniqlash. 
Gemolitik ko‗rsatgich (indeks) deb, fibrinsiz qonning 2% li eritmasi bilan to‗liq gemoliz 
beradigan saponinlarning eng kichik miqdoriga aytiladi. Bu ko‗rsatgich mahsulotning birlik miqdoriga 
nisbatan ifodalanadi. 
Aniqlash usuli. Nippon dioskareyasi ildizpoyasidan fiziologik eritmada 1 yoki 2% li saponinlar 
ajratmasi tayyorlanadi. 9 ta probirkaga: birinchi probirkaga 0,1 ml, ikkinchisiga 0,2 ml, uchinchisiga 
0,3 ml... to‗qqizinchisiga esa 0,9 ml tayyorlangan ajratmadan solinadi. Har bir probirkadagi suyuqlik 
hajmi 1 ml ga etguniga qadar fiziologik eritmadan (osh tuzining 0,85% li eritmasi) va fiziologik 
eritmadagi 2% li fibrinsiz qon eritmasidan 1 ml qo‗shiladi. Bunda har bir probirkadagi suyuqlik hajmi 
2 ml ga etadi. Probirkalardagi suyuqlikni sekin aralashtirib, 24 soat tinch qo‗yib qo‗yiladi. Ko‗rsatilgan 
muddat o‗tgandan so‗ng to‗liq gemoliz bergan saponining kam konsentratsiyali aralashmasi bo‗lgan 
probirka topiladi. So‗ngra saponinlarning gemolitik ko‗rsatgichi quyidagi formula yordamida 
aniqlanadi: 
2 100 
X q --- 
a v 
bunda: X — saponinlarning gemolitik indeksi; 
a — hisoblash uchun asos qilib olingan probirkadagi tekshiriluvchi ajratma ml miqdori; 
v — tekshiriluvchi ajratmaning % li konsentratsiyasi. 
Masalan: birinchi, ikkinchi probirkadagi aralashmalar qizil yoki pushti rangga kirmasdan, 
eritrotsitlar cho‗kkan bo‗ladi. Bu esa probirkalardagi aralashmalarda gemoliz bo‗lmaganini ko‗rsatadi. 
Uchinchi probirkada probirka tagida qisman cho‗kma bo‗lib (chayqatilganda loyqa hosil bo‗ladi), 
aralashma pushti rangga kirgan, ya‘ni aralashmada qisman (to‗liq emas) gemoliz bo‗lgan. To‗rtinchi 
probirkada esa (chayqatilganda loyqalanmaydi) aralashma tiniq rangda bo‗lib, ana shu to‗rtinchi 
probirkadagi aralashma to‗liq gemolizga uchragan bo‗ladi. V, VI, VII, VIII va IX probirkalarda ham 
to‗liq gemoliz bo‗ladi. Saponin ko‗rsatkichini hisoblab topishda IV probirka asos qilib olinadi. CHunki 
bu probirkadagi saponinlar konsentratsiyasi V, VI, VII, VIII va IX probirkalardagi saponinlar 
konsentratsiyasiga nisbatan IV probirkada qon eritrotsitlari to‗liq gemolizga uchragan. 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin