“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua 48
ginsen C.A.Mey.
oilasi
Radix ginseng
Baland (Man‘chjuriya) araliya
— Aralia elata (Miq.) Seem.
Araliyadoshlar — Araliaceae
oilasi
Araliya o‗simligining ildizi —
Radix araliae anshuricae
Baland
Exinopanaks
—
Echinopanax elatum Nakai.
Araliyadoshlar — Araliaceae
oilasi
Exinopanaks
o‗simligining
ildizpoyasi
—
Rhizoma
echinopanacis
Sertuk
gulli
astragal
—
Astragalus dasyantus Pall.
Dukkakdoshlar — Fabaceae
oilasi
Astragal o‗simligining er ustki
qismi
— Herba astragali
dasyanthi
Saponinlarni analiz qilish usullari
Sifat reaksiyalari.
Saponinlarga rangli reaksiyalar.
Nippon dioskareyasi ildizpoyasi, ildizlari eritmasini (yoki saponin saqlovchi mahsulotdan
tayyorlangan ajratmani) probirkaga solib chayqatilsa, tur\un ko‗pik hosil bo‗ladi.
qon bilan reaksiya. Probirkadagi 1 ml Nippon dioskareyasi ildizpoyasi, ildizlaridan olingan ajratmaga natriy
xloridning 0,9 % li eritmasidagi fibrinsizlantirilgan qonni 2 % li eritmasi 1 ml qo‗shib chayqatilsa,
ajratma tiniq to‗q qizil rangga o‗tadi (eritrotsitlar parchalanadi, gemolizga uchraydi).
Nippon dioskareyasi ildizpoyasi, ildizlaridan tayyorlangan eritmasiga qo‗r\oshin (II)-
gidroksiatsetat eritmasidan bir necha tomchi qo‗shilsa, cho‗kma hosil bo‗ladi.
Nippon dioskareyasi ildizpoyasi eritmasiga bariy gidroksidning to‗yingan eritmasidan (bariyli
suv) bir necha tomchi qo‗shilsa, cho‗kma hosil bo‗ladi.
2 ml Nippon dioskareyasi ildizpoyasi eritmasi 1 ml konsentrlangan sulfat kislota, 1 ml spirt va
temir xloridning 10% li eritmasidan bir tomchi qo‗shib qizdirilsa, ko‗k-yashil rang hosil bo‗ladi (Lafon
reaksiyasi).
2 ml Nippon dioskareyasi ildizpoyasi eritmasi natriy nitratning 10% li eritmasidan 1 ml va
konsentrlangan sulfat kislotadan bir tomchi qo‗shilsa, to‗q qizil rang hosil bo‗ladi.
Nippon dioskareyasi ildizpoyasining konsentrlangan sirka kislotasidagi eritmasiga sirka
angidridi va konsentrlangan sulfat kislota aralashmasidan (50:1 nisbatda) 2 ml qo‗shilsa tezda ko‗k
yoki yashil rangga o‗tuvchi pushti-qizil rang hosil bo‗ladi (steroid saponinlarga Liberman-Burxard
reaksiyasi).
Nippon dioskareyasi ildizpoyasi eritmasiga vanilinni 1% li eritmasi, sirka angidridi va
konsentrlangan sulfat kislota aralashmasidan qo‗shilsa pushti (triterpen saponinlar) yoki sariq (steroid
sponinlar) rang hosil bo‗ladi (Sane reaksiyasi).
1 ml Nippon dioskareyasi ildizpoyasining spirtdagi eritmasiga xolesterinning spirtdagi
eritmasidan 1 ml qo‗shilsa, cho‗kma hosil bo‗ladi (steroid saponinlarga reaksiya).
1 ml xloroformdagi 2-3 mg Nippon dioskareyasi ildizpoyasi eritmasiga konsentrlangan sulfat
kislotadan asta-sekin qo‗shilsa, sariq (triterpen saponinlarga xos) yoki qizil (steroid saponinlarga xos)
rang hosil bo‗ladi (Salkovskiy-Molchanov reaksiyasi).
Nippon dioskareyasi ildizpoyasidan juda yupqa qilib kesib olingan mikroskopik preparatni bir xil
miqdordagi konsentrlangan sulfat kislota hamda 96% li spirt aralashmasiga bir oz solib qo‗yib, so‗ngra
mikroskop ostida ko‗rilsa, saponinli hujayralar sariq rangga bo‗yalgan holda (keyinchalik qizil rangga
o‗tadi) ko‗rinadi. SHu preparatga temir xlorid eritmasidan bir tomchi tomizilsa, u holda yuqorida aytib
o‗tilgan rang oldin qo‗n\ir, so‗ngra zangori-qo‗n\ir tusga aylanadi (mikrokimyoviy reaksiya).
Nippon dioskareyasi ildizpoyasining qaysi guruhga mansubligi quyidagi reaksiya yordamida
aniqlanadi: 2 ta probirka olib, birinchisiga xlorid kislotaning 0,1 n eritmasidan (rN — 1) 5 ml,
ikkinchisiga kaliy ishqorining 0,1 n eritmasidan (rN — 13) 5 ml quyiladi va har qaysi probirkaga 3
tomchidan saponinlar eritmasida (yoki saponinlar ajratmasidan) qo‗shib, 1 minut davomida qattiq
chayqatiladi. Agar ikkala probirkada balandligi va tur\unligi bo‗yicha teng bo‗lgan ko‗pik hosil bo‗lsa,
analizga olingan saponinlar triterpen guruhiga kiradi. Agar saponinlar steroid guruhiga kirsa, u holda