Glikozidlar va yurak glikozidlarining umumiy xususiyatlari, xossalari va tasnifi. O„simlik manbalari Glikozidlar tasnifi Turli faktorlar ta‘sirida qand va qand bo‗lmagan qismlarga parchalanuvchi murakkab organik
birikmalar glikozidlardeb ataladi. qand bo‗lmagan qism aglikon(yunoncha so‗z bo‗lib, qand emas
degan ma‘noni bildiradi), ba‘zi glikozidlarda yana genin, sapogenin, emodin va boshqa nomlar bilan
ataladi.
Xar xil glikozidlarning aglikonlari kimyoviy tuzilishi bo‗yicha turlicha bo‗lib, organik
birikmalarning turli sinflariga kiradi. SHuning uchun ularning kimyoviy tarkibi xamda analiz qilish
usullari xam turlicha.
Glikozidlar tarkibidagi qand qismi mono-(ko‗pincha glyukozadan), di-, tri-va qisman undan
murakkab bo‗lgan oligasaxaridlardan xamda ayrim glikozidlarning o‗ziga xos spetsifik qandlardan
tashkil topgan bo‗ladi.
Aglikon radikali bilan birlashgan qand molekulasining uglerod atomini
- yoki
-
konfiguratsiyasiga (aglikon radikali bilan almashingan gidroksil guruxining bo‗shliqda joylashganiga)
xamda monosaxaridlarning 6 ta (piranoza) yoki 5 ta (furanoza) a‘zoli xalqa xosil qilgan tautomeriya
shaklida bo‗lishiga qarab, glikozidlar -yoki -, shuningdek piranozid yoki furanozid xolatida bo‗lishi
mumkin. Tabiatda ko‗pincha o‗simliklar tarkibida glikozidlarning - piranozid shakli uchraydi.
Aglikon qand molekulasi bilan efir tipida birlashib glikozidlar xosil qiladi. SHuning uchun
glikozidlar oson parchalanadi. Ular fermentlar (enzimlar) yoki kislotalar ta‘sirida, suv va xarorat
ta‘sirida gidrozlanib, o‗zining tarkibiy qismi aglikon va qand molekulalariga parchalanadi. Bu reaksiya
orqaga qaytishi xam mumkin. SHuning uchun gidroliz natijasida xosil bo‗lgan maxsulotlar (aglikon va
qand molekulalari) dan ma‘lum sharoitida fermentlar ishtirokida qaytadan glikozid sintezlanadi. Lekin