Ko'z kosasi orbita devorlari



Yüklə 24,78 Kb.
səhifə1/5
tarix13.04.2023
ölçüsü24,78 Kb.
#97087
  1   2   3   4   5
anat


Ko'z kosasi - orbita devorlari:
1) lateral devori - paries lateralis yonoq, peshona suyagi va asosiy suyakning katta qanotlaridan hosil bo'ladi;
2) yuqori devori - paries superior peshona suyagi va asosiy suyakning kichik qanotlaridan hosil bo'ladi;
3) medial devori - paries medialis g'alvirsimon suyak, ko'z yoshi suyagi, yuqori jag' suyagining peshona o'simtasi, asosiy suyak tanasi va peshona suyagidan hosil bo'ladi;
4) pastki devori - paries inferior yuqori jag', yonoq va tanglay suyagining o'simtasidan hosil bo'ladi;
Ko'z kosasining yuqori devori ichida peshona bo'shlig'i - sinus frontalis joylashgan. Ko'z kosasining medial devori juda yupqa bo'­ lib, g‘alvirsimon suyak labirintlarini ajratib turadi. Ostki devor esa ko'z kosasini yuqori jag' bo'shlig'i - sinus maxillaris dan ajratib turadi. Ko'z kosasining tubida ko'ruv kanali - canalis opticus bo'lib, bu kanaldan ko'ruv nervi - n.opticus va ko'z arteriyasi a. ophtalmica o‘tadi.
Ko’z kosasining yuqori va lateral devorlarining orasida ko‘z kosasining yuqori tirqishi - fissura orbitalis superior joylashgan bo‘lib, bu tirqishdan ko‘z nervi (n.ophtalmicus), ko‘zni harakatlantiruvchi nerv (n. oculomotorius), ko‘zni uzoqlashtiruvchi nerv (n.abducens), g'altaksimon nerv (n. trochlearis) hamda ko‘zning vena tomirlari (v. v. ophtalmicae superior et inferior) yo‘naladi. Ko‘z kosasining tubida ostki tirqish - fissura orbitali inferior joylashadi. Bu tirqish ko‘z kosasini qanot-tanglay chuqurchasi va chakka osti chuqurchasi bilan o kzaro birlashtiradi. Undan n.infraorbitalis, shu nomli arteriya va venalar hamda yonoq nervi tarmoqlari (n.zygomaticotemporalis, n. zvgoniaticofacialis) yo‘naladi. Kokz kosasining medial devorida g‘alvirsimon suyakning old va orqa teshiklari foramena ethnioidalia anterior et posterior joylashib, shu nomdagi nerv, arteriya va venalar yo‘naladi. Ko‘z kosasining pastki devori bo‘ylab joylashgan egat - sulcus infraorbitalis shu nomdagi kanalga davom etadi. 0 ‘z navbatida, bu kanal kallaning yuz qismiga teshik - foramen infraorbitale bo‘lib ochiladi. Ko‘z kosasining ostki egati, kanali va teshigi orqali shu nomli nerv, arteriya hamda vena yo‘naladi. Ko‘z kosasining yuqori va medial devorlari chegarasida suyakli o‘simta - spina trochlearis joylashadi. Ko‘z kosasining yuqori - lateral burchagida ko‘z yoshi bezi joylashadigan chuqurcha - fossa lacrimalis bo‘ladi. Ko‘z kosasining medial yuzasida, yuqori jagkning peshona o'simtasiga to‘g‘ri keladigan qirra - crista lacrimalis anterior bilan, ko‘z yoshi suyagining qirrasi - crista lacrimalis posterior orasida ko‘z yoshi xaltasi chuqurchasi - fossa sacci lacrimalis joylashgan. Bu chuqurcha burun bo‘shlig‘iga ochiladigan - canalis nasolacrimalis kanaliga davom etadi. Bu kanal burun bo‘shlig‘idagi ostki havo yoliga ochiladi.

Yüklə 24,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin