Ko'z kosasi orbita devorlari



Yüklə 24,78 Kb.
səhifə4/5
tarix13.04.2023
ölçüsü24,78 Kb.
#97087
1   2   3   4   5
anat

6.3.6. Qalqonsimon orqa bezi - glandula parathyroidea Qalqonsimon orqa bezlari 4 tadan 8 tagacha boMib, qalqonsimon bez boMaklari orqa yuzasining yuqori va pastki qismlarida zich yopishgan holda joylashadi. Shakl jihatdan yumaloq yoki uzunchoq boMib, og‘irligi - 0,05 gr. Hajmi: uzunasiga 4-8 mm, eniga Ъ-A mm, qalinligi 2 mm boMadi. Tashqi tomondan silliq, yarqirab turadi. Ayrim hollarda bu bezlar qalqonsimon bezdan pastroqda, traxeyaga yaqin yog‘ qavati orasida joylashadi. Ba’zi bir hollarda, bu bezlar qalqonsimon bez yuzasiga botib kirib yoki bez to‘qimasi ichida joylashgan boMadi. Qalqonsimon orqa bezlari yupqa biriktiruvchi to‘qimali parda bilan o ‘ralgan. Parda o ‘sim talari bez ichiga kirib borib, juda ko‘p to‘siqlar hosil qiladi. Yosh o ‘tishi bilan bezdagi to‘qim alam ing miqdori oshib boradi. Hujayra tutamlari oraligMda kichik-kichik pufakchalarga o ‘xshash bo ‘shliqlar uchrab, ular kolloid va yog4 suyuqligi bilan toMib turadi. Bez pufakchalari juda ko‘p qon tom ir kapillarlariga boy boMib, ishlab chiqariladigan gormon shu kapillarlam ing venoz qism ida so‘rilib, qonga o ‘tadi. Bezlardan ishlab chiqariladigan paraterioid gormoni qonda va to‘qimalarda kalsiy va fosfor birikmalarining hamkorlikda ish olib borishini boshqarib turadi. Qalqonsimon orqa bezlari olib tashlansa, organizmdagi kalsiy miqdori kamayadi va suyaklam ing o ‘sishi buziladi. Markaziy nerv tizimining qo4zg‘aluvchanligi oshadi, mushaklar titrashi va ulam ing tortilishi kuzatiladi. Glandula parathyroidea homila rivojlanishining 3-4-haftasida III va i y halqum cho‘ntaklari epiteliysidan thymus kurtagining orqasida rivojlanadi. Keyinchalik, bez epiteliyalari rivojlangan sohasidan qo‘zg‘alib, qalqonsimon bez bo‘laklarining orqasiga yopishgan holda kaudal tomonga qarab tushadi.
6.3.7. Ayrisimon bez - thym us Ayrisim on bez ko‘ks oraligMning oldingi yuqori qism ida joylashgan. Shaklan kalta va qalin yoki ingichka va uzun boMishi mumkin. Ayrisimon bez oldindan orqaga qarab yassilangan boMib, ikkita: o‘n g - lobus dexter, chap - lobus sinister boMaklardan, yuqori uchi - apex va asos - basis gl. thymi lardan iborat. Bezda ko ‘krak va bo‘yin qismlari tafovut qilinadi. Bez oldi tomondan qavariq va orqa tomondan botiqroqdir. Bez boMaklari alohida-alohida boMib, ular yupqa, yumshoq biriktiruvchi to‘qima vositasida bir-biri bilan tutashib turadi. Ayrisim on bez yumshoq boMganligi sababli, atrofdagi a’zolam ing qanday holda joylashishiga qarab shaklini o ‘zgartirishi mumkin. Rangi yosh bolalarda tim qizgMsh, katta yoshdagilarda esa bez to‘qimalarining kam ayishi va ulaming o ‘mini yog‘ qatlami egallashi sababli, sargMsh rangda boMadi. Ayrisim on bez yum shoq biriktiruvchi to‘qimali parda bilan o‘ralgan. U mayda boMakchalardan iborat bo‘lib, to‘rsimon epiteliyadan tuzilgan. Bu hujayralar uzunasiga ketgan o ‘siqlari orqali bir-biri bilan birlashib turadi va ular oralig‘ida epitelial bo‘shliqlar hosil boMadi. Bu bo‘shliqlar kichik aylana shakldagi hujayralar -tim o tsitlar bilan toMib turadi. Timotsitlar tuzilishi jihatdan oq qon tanachalarilim fotsitlam ing ayrim turlariga o ‘xshashdir. Tim otsitlar bez boMaklarining periferiyasida m arkaziy qismiga nisbatan ko‘plab joylashgan. Tim otsit tuzilishi va funksional tomondan limfotsitlarga o ‘xshashligi, ya’ni ulaming mana shunday anatom ik bogMiqligiga asoslangan holda ayrisimon bez limfoepitelial a ’zolarga kiritiladi. Bezlarning о ‘rtacha og ‘irligi: 1-5 y o s h la rd a -2 6 gr 6-15 yoshlarda - 25-35 gr 16-20 yoshlarda - 26-27 gr 26-45 yoshlarda - 19 gr 60-7 0 yoshlarda - 6 gr gacha kamayib ketadi. Tim us k o ‘ks oraligM ning oldingi yuqori qism ida plevralararo soha - area interpleurica superior da joylashgan. Bez old tarafdan to‘sh suyagi dastasi va tanasi IV qovurg‘a tog‘ayining birlashgan sohasigacha chegaralab turadi. Ayrim hollarda, bezning bo ‘yin qismi yaxshi rivojlanganligi sababli ko‘krak qafasining yuqori teshigi orqali ko‘tarilib, uning uchi qalqonsimon bezning bo‘yin qismigacha yetib boradi. Tim us organizmni lim fotsitlar bilan ta’minlab, uning himoya kuchini oshiradi. Timusda ishlab chiqariladigan gorm onlar qonga o ‘tib, oq qon tanachalari faoliyatini oshiradi. Organizmda kalsiy alm ashuvini boshqarib turadi va uning o ‘sishini ta’minlaydi. Organizm noqulay sharoitga tushib qolganda, timus gormonlari himoya mexanizmlarini ishga solib, organizmni shu sharoitga moslashishiga yordam beradi va bunday sharoitdan olib chiqadi. Rivojlanishi. Ayrisim on bez homila rivojlanishining birinchi oyi oxirida uchinchi juft jabra cho‘ntaklarining halqum epiteliysida rivojlanadi. T o‘g ‘nogMch boshchasidek keladigan juft ayrisimon bez kurtaklari embrionning kaudal tomoniga qarab o ‘sib boradi. Ayrisim on bez po‘stloq ham da markaziy qism lardan iborat boMib, uning po‘stloq qismida juda ko‘p lim fotsitlar joylashgan va ular rivojlanish jarayonida juda tez ko‘payadi. Shunday qilib, bez limfo epitelial tuzilishga ega boMib, morfo-fiziologik jihatdan murtaklar bilan umumiyligi taqqoslanadi. Yosh o ‘tishi bilan bezda limfotsitlar kamayib, ulam ing o ‘mini indifferent qo‘shuvchi to‘qima toMg‘azib boradi. Bu to‘qimalarda yog‘ qatlami yigMla boshlaydi.

Yüklə 24,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin