1. M. epicranius- kalla usti mushagi. U ikki xil mushakdan hosil bo ‘ladi: a) m. occipitofrontalis; b) m. temporaparietalis. M. occipitofrontalis mushagida ensa qismi - venter occipitalis va oldingi - peshona qismi - venter frontalis bo‘ladi. Har ikkala qorincha orasida keng, serbar pay - galea aponeurotica joylashadi. Peshona qorinchasi galea aponeurotica dan, ensa qorinchasi linea nuchae superior ning lateral 2/3 qismidan boshlanadi. Ensa qorinchasi galea aponeurotica ga, peshona qorinchasi esa qosh sohasidagi teriga va mushaklarga birikadi. Vazifasi: ensa qorinchasi galea aponeurotica ni taranglaydi, peshona qorinchasi peshona terisini va qoshlami ko‘taradi. Innervatsiyasi: n. facialis (VII).
2. M. m. auriculares anterior, superior et posterior - quloq suprasining oldingi, yuqorigi va orqa mushaklari rudemental holda saqlangan bo‘ladi. Galea aponeurotica ning pastki qirrasidan va chakka suyagining so‘rg‘ichsimon o ‘simtasidan boshlanadi. Quloq suprasi asosiga va terisining ustki sohasiga birikadi. Vazifasi: quloq suprasini oldingi tarafga, orqaga va yuqoriga harakatlantirishi mumkin. Innervatsiyasi: n. facialis (VII).
3. M. orbicularis oculi - ko‘z kosasi atrofidagi aylana mushak. Bu m ushakda ko‘z kosasi qismi - pars orbitalis, qovoqlar qismi - pars palpebralis va ko ‘z yoshi qism i - pars lacrimalis tafovut etiladi. Boshlanish sohasi: 1) ko‘z kosasi qismi peshona suyagining burun qism idan, yuqori ja g ‘ suyagining peshona o ‘sim tasidan; 2) qovoqlar qismi lig. palpebrale mediate dan; 3) ko ‘z yoshi qismi ko‘z yoshi suyagining orqa qirrasidan boshlanadi. Yakunlanish sohasi: raphe palpebralis lateralis va qosh terisiga birikadi. Vazifasi: 1) ko‘z tirqishini yopadi; 2) k o ‘z yoshi xaltachasini kengaytiradi. Innervatsiyasi: n. facialis (VII).
4. M. corrugator supercilii - qoshlami yaqinlashtiruvchi mushak. Peshona suyagining burun qismidan boshlanib, qosh terisida yakunlanadi. Vazifasi: qoshlami yaqinlashtiradi va burishtiradi. Innervatsiyasi: n. facialis (VII).
5. M. depressor supercilii - qoshlami tushiruvchi mushak.
6. M. procerus - takabburlik mushagi. Burun suyagining pastki qism idan va burun tog‘ayidan boshlanib, qoshlar orasidagi terida yakunlanadi. Vazifasi: burunni jiyiradi va qoshlam ing medial uchlarini o ‘zaro yaqinlashtiradi. Innervatsiyasi: n. facialis (VII).
7. M. nasalis - burun atrofidagi mushak. Mushak tarkibida pars transversa va pars alaris tutamlari bo‘ladi. K o‘ndalang qismi lateral kesuv tishlari sohasidagi alveolar bo ‘rtiqlardan, qanot qismi yuqori ja g ‘ suyagi ko‘ndalang qismining medial sohasidan boshlanadi. Yakunlanish sohalari: burun tog‘ayining orqa uchida va burun terisida tugaydi. Vazifasi: burun teshigini toraytiradi va uning qanotlarini pastga tortadi. Innervatsiyasi: n. facialis (VII).
8. M. depressor septi nasi - burun to‘sig‘ini tushiruvchi mushak.
9. M. orbicularis oris - og‘iz tirqishi atrofidagi aylana mushak. M ushak tarkibida chekkadagi qismi - pars marginalis va lablardagi qismi - pars labialis bo‘ladi. M ushak og‘iz tirqishi atrofida halqa shaklida joylashadi. Vazifasi: og‘iz tirqishini yopadi va lablami oldinga chiqaradi. Innervatsiyasi: n. facialis (VII).
10. M. levator labii superioris - yuqori labni ko‘taruvchi mushak. Boshlanish sohasi yuqori ja g ‘ suyagining rnargo frontalis va processus frontalis hosilalarida. Yakunlanish sohasi yuqori labning terisida. Vazifasi: yuqori labni ko‘taradi. Innervatsiyasi: n. facialis (VII).
11. M. levator anguli oris - og‘iz burchagini ko‘taruvchi mushak. Yuqori ja g ‘ning foramen infraorbitalis teshigi ostidan boshlanadi. O g‘iz tirqishi burchagidagi mushaklarda va shu soha terisida yakunlanadi. Vazifasi: og‘iz tirqishi burchagini ko‘taradi. Innervatsiyasi: n. facialis (VII).
12. M. zvgomaticus minor - yonoq sohasidagi kichik mushak. Yonoq suyagining lateral yuzasidan boshlanadi. Yuqori labning mushak va terisida yakunlanadi. Vazifasi: yuqori labni ko'taradi. Innervatsiyasi: n. facialis (VII).
13. M. zygomaticus m ajor-y o n o q sohasidagi katta mushak. Yonoq suyagining lateral yuzasidan boshlanadi. O g‘iz burchagidagi mushak va terisida yakunlanadi. V azifasi: og ‘iz tirqishi burchagini yuqoriga va tashqi tarafga tortadi. Innervatsiyasi: n. facialis (VII).
14. M . depressor anguli oris - og‘iz burchagini tushiruvchi mushak. Pastki ja g ‘ suyagi asosining oldingi yuzasidan boshlanadi. O g‘iz tirqishi burchagiga birikadi. Vazifasi: og‘iz tirqishi burchagini pastga tortadi. Innervatsiyasi: n. facialis (VII).
15. M. depressor labii inferioris - pastki labni tushiruvchi mushak. Pastki ja g ‘ suyagining foramen mentale teshigi sohasidan boshlanadi. Pastki lab terisiga va shilliq qavatiga birikadi. Vazifasi: pastki labni tushiradi. Innervatsiyasi: n. facialis (VII).
16. M . nientalis - engak sohasidagi mushak. Pastki ja g ‘ suyagining kesuv tishlar sohasidagi alveolar bo ‘rtiqlardan boshlanadi. Engak terisida yakunlanadi. Vazifasi: engak terisini burishtiradi va pastki labni oldinga tortadi. Innervatsiyasi: n. facialis (VII).
17. M. risorius - kulgich mushagi. Lunj terisidan va fascia parotideomas-seterica dan boshlanib, og ‘iz burchagi terisida yakunlanadi. Vazifasi: og‘iz burchagini lateral tarafga tortadi. Innervatsiyasi: n. facialis (VII).
18. M . buccinator - lunj mushagi. Yuqori ja g ‘ suyagining alveolar o ‘simtasidan boshlanadi. O g‘iz burchagi sohasida m. orbicularis oris mushagiga birikadi. Vazifasi: og‘iz tirqishi burchagini lateral tarafga tortadi. Innervatsiyasi: n. facialis (VII).
19. M. transversus menti - engakdagi ko‘ndalang mushak.
20. M . levatar labii superioris alaeque nasi - yuqori lab va burun qanotlarini ko‘taruvchi mushak. O g ‘iz burchagi sohasida bir necha mushaklar o ‘zaro qo‘shilib, og‘iz burchagi tuguni - modiolus anguli oris ni hosil qiladi. M im ika mushaklarining hammasi kalla suyaklaridan boshlanib, yuz terisida yakunlanadi. Shu sababli, bu mushaklaming qisqarishi yuz terisi o ‘zgarishini - mimika o‘zgarishini ta’minlaydi.