“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
18 
2. Kayta - titrlash usuli ishlatiladi AgNO
3.
3. Suvsiz titrlash usuli. 
HClO
4
kislotaning sirka kislotadagi eritmasi. 
R
3
N CH
3
COOH 
R
3
N H CH
3
COO
-

HCLO
4
CH
3
COOH 
CH
3
COOH
2
ClO
4
-

CH
3
COOH
2
CH
3
COO
-
2 CH
3
COOH. 
R
3
N HClO
4
R
3
NH
ClO
4
-

4. Ion almashinuv usuli. 
Asosan kationidlar ishlatiladi. 
5. Spektrofotometrik usullar. 
Optik zichlik konsentratsiya bilan bog‗lanib grafik chiziladi va kesishgan joyi topiladi.
O„simliklardan alkaloidlarni ajratish usullari. Tuzlar, erkin 
asoslar ko„rinishidagi ekstraksiya 
Alkaloidlar o‗simlik organizmiga ko‗p foizda uchramaganligi uchun ularni xom ashyodan 
to‗liq ajratib olish muxim vazifa xisoblanadi.
Alkaloidlarni olish usullari: 
1.Ekstraksiya. Suyuqlik-suyuqlik bilan ekstraksiyalanadi. 
2. Ion-almashinish usuli. 
3. Elektrokimyoviy usul elektrodializ rejim tanlab olinadi. 
Ekstraksiya usulida ajratish uslubini ikki guruxga bo‗lish mumkin. Birinchi va ikkinchi 
modifikatsiya buyicha alkaloidlarni olish. 
Yoki: 
1. Tuzlar ko‗rinishidagi ekstraksiya. 
2. Erkin asoslar ko‗rinishidagi ekstraksiya. 
Birinchi xolda o‗simlik xom ashyosi o‗ziga mos, yani tarkibidagi biofaol moddalarni to‗liq 
eritib ajratuvchi erituvchi bilan ishlanadi. Bunda ko‗p bo‗lmagan miqdorda biron-bir kislota (sirka, 
xlorid, vino, limon va boshqalar) qo‗shiladi. Odatda ekstraksiya konussimon ekstraksion 
apparatlarda (perkolyatorlarda) olib boriladi. Unga kukun qilib maydalangan xom ashyo solinadi 
va erituvchi quyiladi. Bir necha soat damlangan aralashmani perkolyator quyi qismidagi krandan 
oqiziladi, xom ashyoga esa yangi erituvchi quyilaveradi va bu jarayon alkaloidlar to‗liq 
ajralguncha davom etadi, ya‘ni perkolyatordan oqayotgan suyuqlikdan alkaloidlarga sifat reaksiya 
bermagan vaqtgacha davom ettiriladi. Uzluksiz perkolyatorlardan foydalanish ishni yanada 
osonlashtiradi. Bunda perkolyator kranidan qancha suyuqlik sekin oqib chiqishiga qarab
perkolyator yuqori qismiga shuncha yangi erituvchi qo‗shiladi. Agar apparatga to‗g‗ri kelsa, 
ekstraksiyaga bir necha perkolyator, qarama-qarshi oqim prinsipiga ko‗ra, ulash maqsadga 
muvoffiq bo‗ladi. Bunda birinchi perkolyatordan oqayotgan suyuqlik ikkinchi perkolyatordagi 
yangi xom ashyoga quyiladi, ikkinchi perkolyator kranidan chiqqan suqlik uchinchi perkolyatorga 
yangi xom ashyoga quyiladi. Bu usul bilan ko‗p konsentrlangan alkaloidlar eritmasi olinadi va 
kam miqdorda erituvchi ishlatiladi. Sanoatda odatda shunday ekstraksion batareyalardan 
foydalaniladi, bunda 5-10 perkolyator ishlatiladi. 
Alkaloid tuzlari, odatda, suv va spirtda (metil, etil) eriydi, efir va organik erituvchilarda 
erimaydi. SHuning uchun alkaloidlarni tuz xolida ajratish uchun erituvchi sifatida odatda suv yoki 
spirt ishlatiladi. 
Bu usulda ishlatiladigan ekstraktorlar:
1. Qarama-qarshi oqimli turi
2. Uzlukli va uzluksiz ishlaydigan
Bu usulda qo‗yiladigan talablar: 
1. Maxsulotning yuqori darajada chiqishi 
2. Konsentratsiyasi yuqori bo‗lishi 
3. Jarayon yuqori tezlikda borishi kerak. 
Usulning afzalligi: 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin