“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua 7
dorivor o‗simlik, 80 ta xayvon va 60 ta mineral moddadan olinadigan dorilarni ta‘riflagan va dori
turlari bilan bemorlarni davolashni birinchi bo‗lib taklif etadi. Bu dorilar xozirgi kunda xam "Galen
preparatlari" nomi bilan yuritiladi.
Osiyoning sharqiy-janubida joylashgan davlatlarda qadimdan bemorlarni asosan dorivor
o‗simliklar bilan davolab kelingan. Xindiston, Tibet, Xitoy va Arab tibbiyotlarida ishlatiladigan
dorivor o‗simliklar ayniqsa diqqatga sazovor.Osiyo davlatlarida qadimdan foydalanib kelinayotgan
o‗simliklar, xayvon maxsulotlari va mineral moddalarni bir tizimga solishda arab shtfokorlarining
xizmati katta bo‗ldi. Ular tibbiyot soxasida yozilgan kitoblarni arab tiliga tarjima qilish bilan birga
qayta nashrdan chiqardilar xamda Xindistondagi dorivor maxsulotlar va moddalarni arab tibbiyotida
qo‗llay boshladilar. O‗z davrining mashxur tabiblari bo‗lmish buxorolik Abu Ali Ibn Sino, xorazmlik
Abu Abdullox Muxammad Ibn Muso Al-Xorazmiy, Abu Bakir Muxammad Ibn Zakaril Ar-Rozi, Abu
Rayxon Muxammad Ibn Axmad al-Beruniy, arab Muxammadxon o‗g‗li Abdulqozixon, Ibn Baytar va
boshqalarni butun dunyo taniydi.Mashxur xakim Abu Ali Ibn Sino 1020 yilda 5 jildlik "Alqonun"
("Tibbiyot qonunlari") kitobini yozadi. Bu kitobning II jildi oddiy, V jildi esa murakkab dorilarga
bag‗ishlangan bo‗lib, kitobning II jildida o‗sha zamonda tibbiyotda ishlatiladigan 811 ta dorivor
o‗simliklar, ulardan va xayvonlardan olingan maxsulotlar xamda mineral dorivor vositalar ta‘riflangan.
Kitobda keltirilgan dorivor o‗simliklar soni 500 tadan, o‗simliklardan olingan dorivor vositalar soni 40
tadan oshadi. "Al-qonun" ko‗pgina Ovrupa tillariga tarjima qilingan bo‗lib, faqat lotin tilining o‗zida
16 marta chop etilgan. XVI asrgacha Ovrupo shifokorlari undan qo‗llanma sifatida foydalanganlar.
Osiyo mamlakatlarida ayniqsa tabobatda va an‘anaviy tibbiyotda xozirda xam "Al-qonun"dan keng
foydalanilmokda.Qomuschi olim Abu Rayxon Beruniy umrining oxirgi yillarida kitob as-saydano
fitopreparatlar tibbiyotini" ya‘ni "Tibbiyotda farmakognoziya" asarini yaratdi. Bu asarda o‗sha
davrning sharq tibbiyotida qo‗llaniladigan 674 ta dorivor o‗simlik va 90 ta o‗simlik maxsulotlari
tug‗risida fikr yuritiladi. Bulardan tashqari, "Saydana" da yana 104 ta xayvonlardan olingan
maxsulotlar xamda shu vaqtgacha to‗g‗ri aniqlanmagan 113 ta dorivor o‗simliklar xaqida ma‘lumotlar
bor.
XX asrlargacha G‗arbiy Ovrupo davlatlari dorixonalarida maxalliy dorivor o‗simliklar bilan bir
qatorda Xindiston, Afrika, Amerika, Avstraliya va boshqa joylardan keltirilgan maxsulotlar xam bo‗lar
edi.
Professorlar F.A.Satsinerov, A.F.Gamlirman va I.A.Muravyovlar dorivor maxsulotlar sifatini
yaxshilash soxasida katta xizmat qilishdi.
Mamlakatimizda bu fanini o‗qitish va mutaxassislar tayyorlash ishi keng yulga qo‗yildi. Bu
soxada
A.S.Ginzberg,
Z.Salimov,
B.Zaxarov,
S.Minina,
X.X.Xolmatov,
Xn.M.Komilov,
M.U.Usubboev va boshqa olimlarning xizmati katta bo‗ldi.