“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
10 
bo‗linadi: birinchi usulga asoslangan asbob uskunalarda xom ashyo xarakatlanmaydi, ajratuvchi esa 
perkolyatorning pastki qismidan qarshi oqim bo‗yicha xarakat qiladi. Natijada xom ashyo bir tekis 
namlanadi va xavoni siqib chiqaradi. Bu maqsadda 5 tadan 16 tagacha perkalyatorlar naylar yordamida 
o‗zaro birlashtirilib, bir butun qurilma xosil qilinadi. Masalan: agar batereyada beshta perkolyator 
bo‗lsa, uning to‗rttasiga xom ashyo joylashtiriladi va birinchisiga pastki tomondan perkolyatorning 
yuqorigi xavo jo‗mragidan bir necha tomchi ajratuvchi oqib chiqqunga qadar ajratuvchi yuboriladi va 
ma‘lum vaqtga ivitish uchun qoldiriladi. So‗ngra ajratma ikkinchi perkolyatorga yon jo‗mragi orqali 
o‗tkaziladi, birinchiga esa yana pastdan toza ajratuvchi quyilib turiladi. Bu jarayon shu tarzda xamma 
perkolyatorlarda davom ettiriladi va to‗rtinchi perkolyatordan tayyor maxsulot quyib olinadi. Bu vaqtda 
birinchi perkolyatorda xom ashyo tarkibida ta‘sir qiluvchi modda qolmaydi, uni batareyadan ajratib, 
o‗rniga beshinchi perkolyator ishga tushiriladi. Endi toza ajratuvchi ikkinchi perkolyator orqali berilib, 
ajratma beshinchisiga quyib olinadi. Bu vaqtda 1 chi perkolyatordagi ta‘sir qiluvchi moddasi qolmagan 
xom ashyo olib tashlanadi va yangi xom ashyo solib, ishga tayyorlab qo‗yiladi. SHunday qilib. Bu 
usulda navbat bilan bitta perkolyator tayyorgarlik bosqichida bo‗lib, qolganlarida uzluksiz ish jarayoni 
davom etadi. 
Bu qurilmalar tuzilishining murakkabligi va sex sharoitida ko‗p joy egallashi uning kamchiligi 
xisoblanadi. Olim va mutaxassislarning izlanishlari natijasida xom ashyo va ajatuvchi bir-biriga qarama-
qarshi oqimda xarakat qilsa, ishlab chiqarish unumdorligi oshishi va o‗ta konsentrlangan ajratma olish 
mumkinligi isbotlangan. Bu usulda ishlashga asoslangan asboblar qanday tuzilishga ega bo‗lishidan 
qat‘iy nazar ish moxiyati bir xil bo‗ladi. Asbobning bir tomonidan uzluksiz ravishda xom ashyo, ikkinchi 
tomondan ajratuvchi tushib turadi. Ular bir-biriga qarama-qarshi yo‗nalishda xarakatlanishi natijasida 
diffuziya jarayoni tezlashadi va konsentratsiyalar farqi oshib boradi. qarama-qarshi tomondan kelayotgan 
ajratuvchi xom ashyodagi ta‘sir etuvchi modda bilan tobora to‗yinib boradi va xom ashyo tushadigan 
tomondan konsentrlangan ajratma quyib olinadi. Ikkinchi tomondan esa deyarli ta‘sir qiluvchi moddasi 
qolmagan xom ashyo tushayotgan toza ajratuvchi bilan yuviladi,siqiladi va chiqarib tashlanadi. Bu 
usulning afzalligi: jarayon avtomatlashtirilishi mumkin va nisbatan kam ajratuvchi sarflanib to‗yingan 
ajratma olinadi. 
Aylanma (sirkulyasion) usulda ajratma olish
. Bu usulda ajratma olish ajratuvchining uzluksiz 
aylanma xarakatiga asoslangan. Ajratma olinadigan qurilma uzluksiz va avtomatik tarzda ishlaydigan 
sokslet asbobiga o‗xshash ishlaydi. qurilma bir-biri bilan o‗zaro bog‘langan kub ajratma olinadigan 
idish (ekstraktor), kondensator va to‗plagichlardan tashkil topgan. Ishlash tartibi: maydalangan xom 
ashyo ajratma oladigan idishga joylashtiriladi, ustiga bo‗kik (sifon) naychadan pastroq sathgacha 
ajratuvchi solinadi va ivitish uchun 24 soatga qoldiriladi. Ayni vaqtda ozroq ajratuvchi kub va 
to‗plagichga xam solinadi. Ivitish vaqti tugagandan so‗ng to‗plagich jo‗mragini ochib, ajratma oladigan 
idishning bo‗kik naycha satxigacha ajratuvchi quyiladi, bunda ajratmaning xammasi kubga tushadi. Kub 
qizib turganligi uchun ajratuvchi bug‗lanib, kondensatorda suyuqlikka aylanib, to‗plagichga, so‗ngra esa 
ma‘lum tezlik bilan ajratma oladigan idishga tushadi. Suyuqlik satxi bo‗kik naycha bilan tenglashganda 
yana ajratma kubga tushadi va jarayon shu tarzda davom etaveradi. Xar safar ta‘sir etuvchi modda 
kubda qoladi, ajratuvchi esa bu\ xoliga o‗tib, u kondensatorda suyuqlikka aylanadi va yana ajratma 
oladigan idishga tushadi. Xom ashyoda ta‘sir qiluvchi modda tugagach, u idishdan olib tashlanadi, 
kubdan ajratma to‗plagichga xaydaladi, xom ashyo idishdan olib tashlanadi va ajratma oladigan idishga 
yangi xom ashyo joylashtiriladi. Bu qurilmada qirqquloqning quyuq ekstrakti dietil efir yordamida 
olingan.
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR 
1.
Fanning tarixi va uning axamiyati 
2.
Biologik faol moddalar va ularning guruxlanishi
3.
Ajratib olingan moddalarni tozalash. 
4.
Texnologik jarayonlar va apparatlar turlari. 
5.
Biofaol moddalarni ajratishda qanday usullardan foydalaniladi? 
6.
Ajratib olingan moddalarni qanday tozalanadi?. 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin