“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua

uzluksiz ravishda iste‘mol qilish inson va xayvon organizmida turli noxush o‗zgarishlarni yuzaga 
keltirishidir. SHunga ko‗ra so‗nggi vaqtlarda butun dunyoda o‗simlik dorivor preparatlariga - 
fitopreparatlarga va dorivor o‗simliklarga extiyoj ortmoqda. Bu esa o‗z navbatida fanning axamiyatini 
yanada ortishiga olib keladi. 
Fitopreparatlar kimyosi va texnologiyasi fanining o‗z oldiga qo‗ygan asosiy maqsadi 
quyidagilardan iborat: 
1. Fitopreparatlar yaratish uchun zarur bo‗lgan biologik faol moddalar xamda dori turlari 
tayyorlash manbai sifatida dorivor o‗simliklarni o‗rganish. SHu maqsadda ularning kimyoviy tarkibi 
tekshiriladi, xamda asosiy ta‘sir etuvchi biologik faol moddalarning yigiladigan organlari va vaqti 
aniqlanadi. 
2. O‗simlik xom ashyolaridan biolgik faol moddalarni ajratib olish va tozalash usullarini ishlab 
chiqarish xamda ularning texnologiyalarini yaratish. 
Fitopreparatlar texnologiyasi fanini farmatsevtika institutlarida o‗qitiladigan barcha fanlar bilan 
bog‗liqligi katta. Bu fan quyidagi fanlar bilan uzviy bog‗liqdir. Bularga organik va noorganik kimyo, 
dori turlari texnologiyasi, galen preparatlari, kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari, botanika, 
o‗simliklar to‗qimalari biotexnologiyasi, analitik va fizik, kolloid kimyo, biokimyo va farmakalogiya 
fanlari kiradi. 
Fitopreparatlar texnologiyasi fani nazariy, amaliy va laboratoriya mashgulotlari qismlaridan 
tashkil topgan. Nazariy qismida bu fanning axamiyati, boshqa fanlar bilan aloqasi, tarixi, dorivor 
o‗simliklarning manbai, ulardan biologik faol moddalarni ajratish va tozalash usullarini, 
texnologiyalarini (texnologik sxema va jarayonlari bilan), tahlil qilishning umumiy usullarini 
o‗rganadi. Institut laboratoriyalarida o‗tkaziladigan amaliy va laboratoriya mashgulotlarda dorivor 
maxsulotlarni NTX (NTD) buyicha yahlil qilishni, ulardan olinadigan preparatlarni jarayonlari 
texnologiyasi, xamda ularda ishlatiladigan apparatlar o‗rganiladi. 
Dorivor o‗simliklarni o‗rganishda quyidagilarni yaxshi bilish kerak bo‗ladi. 
1. Dorivor o‗simlik va maxsulotining o‗zbekcha va lotincha nomlarini, o‗simliklarning qaysi 
oilaga mansubligi. 
2. Dorivor maxsulotlarini yigish va quritish usullarini bilish. 
3. O‗simliklardan dorivor maxsulotlarni ajratib olish texnologiyasini, xamda shu texnologik 
jarayonlarda ishlatiladigan jixozlar va ularning ishlash prinsipini bilish. 
4. Dorivor maxsulotlarni boshqa aralashmalardan ajrata bilish. 
5. Dorivor maxsulotning kimyoviy tarkibini asosiy ta‘sir etuvchi va birga uchraydigan 
moddalarini bilish. Asosiy ta‘sir etuvchi birikmalarning kimyoviy formulasini yoza bilish. O‗simlik 
tarkibidagi moddalarning sharoit ta‘sirida miqdor va sifat o‗zgarishlarini bilish. 
6. O‗simlik maxsulotlarining tibbiyotda va boshqa soxalarda ishlatilishini, ulardan 
tayyorlanadigan dori turlarini va olinadigan dorivor moddalarni bilish. 
Fanning tarixi
 
Qadimdan insoniyat O‗simliklardan shifobaxsh vosita sifatida foydalanib keladi. Dorivor 
o‗simliklar to‗grisidagi ma‘lumotlar avloddan-avlodga, qabiladan-qabilaga faqat og‗zaki tarqalgan. 
Davlatlar o‗rtasida savdo-sotiq va boshqa munosabatlar o‗rnatilgandan so‗ng, yana shu 
davlatlarda boshqa davlatlardan keltirilgan dorivor o‗simliklar xisobiga dorivor o‗simliklar 
maxsulotining turi ko‗payib bordi. YOzuv paydo bo‗lganidan keyin dorivor o‗simliklar tu\risidagi 
ma‘lumotlar yozma ravishda tarqala boshladi. 
Bu fan tarixi ilm-fan taraqqiy topgan davrdan boshlanadi.Qazilmalarda suriya shoxi 
Assurbaninal kutubxonasidagi sopolga mixxat bilan yozilgan 22000 jadval topilgan, shundan 33 tasida 
dorivor maxsulotlar qayd qilingan. 
Xozirga qadar saqlanib qolgan dorivor o‗simliklar xaqidagi ma‘lumotlar asosan qadimiy yunon 
adabiyotlarida uchraydi.Buqrot (Gippokrat) bemorlarni parxez ovqatlar bilan davolagan. U yozgan 
kitoblarda dorivor o‗simliklarning 236 turi ta‘riflangan.Arastu va uning shogirdi Tlofrast ko‗pgina 
o‗simlik turlarini ta‘riflash bilan birga ularning foydali xususiyatlarini xam ko‗rsatib o‗tishgan.Qo‗xna 
Rimda Galen farmatsevt va tibbiyot soxasida bir qancha kitoblar yozgan. U o‗z kitoblarida 304 ta 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin