“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
11 
2- MA‟RUZA
Mavzu:
Alkaloidlar ochilishi xaqida tarixiy ma‟lumotlar. Alkaloidlarning kimyosi va 
tasnifi. O„simliklardan alkaloidlarni ajratish usullari. Tuzlar, erkin asoslar ko„rinishidagi 
alkaloidlar ekstraksiyasi. Alkaloidlarning ekstraksylash.1-2 modifikasya 
Reja:
1.
Alkaloidlarni ochilishi, tarixi. 
2.
Tarkibida alkaloid saqlagan dorivor o‗simliklar tasnifi. 
3.
Alkaloidlarning fizik vakimyoviy xossalari. 
4.
 
Miqdoriy va sifat taxlili

5.
Alkaloidlarni ajratish usullari. 
6.
O‗simliklardan alkaloidlarni ajratish
7.
Tuzlar ko‗rinishidagi alkaloidlarni ajratis 
8.
Erkin asoslar ko‗rinishidagi alkaloidlarni ajratish 
9.
O‗simliklardan alkaloidlarni ajratish 
Alkaloidlar ochilishi xaqida tarixiy ma‟lumotlar 
O‗simliklar (qisman xayvon) to‗qimalarida tayyor xolda bo‗ladigan asosli (ishqorli) xossaga va 
kuchli fiziologik ta‘sirga ega bo‗lgan azotli murakkab organik birikmalar alkaloidlar deb ataladi. 
Alkaloid arabcha alqali ishqor va yunoncha eydos o‗xshash (simon) so‗zlaridan iborat bo‗lib, 
ishqorsimon birikma degan ma‘noni bildiradi. Bu alkoloidlarning asosli xususiyatga ega ekanligini 
ko‗rsatadi. 1819 yilda Meysner sabadilla o‗simligidan asos xossali birikma ajratib oldi va uni birinchi 
bo‗lib alkaloid deb atadi. 
Tarkibida alkaloid bo‗lgan o‗simliklar qadimdan ishlatib kelinsada, bundan taxminan 200 yil 
muqaddam alkaloidlarni o‗rganish va tekshirish soxasida ilmiy ishlar boshlandi. 1792 yilda fransuz 
olimi Furkrua xin daraxti po‗stlo\i tarkibidagi alkaloidlarni tekshirdi va ularni mumsimon xolida 
ajratib oldi. 1797 yilda Bolee, 1804 yilda Derozi xamda fransuz farmatsevti Segen opiy alkaloidlaridan 
narkotin bilan morfin ajratib oldi va uni opiy tuzi deb atadi. SHunday bo‗lsada, alkaloidlarni 
tekshirgan birinchi kishi nemis dorixonachisi Sartyurner xisoblanadi. U 1806 yilda opiydan kristall 
xolda alkaloid ajratib oldi va 1811 yilda bu birikmaga morfin deb nom berdi. Bu yangilik juda katta 
qiziqish uy\otdi, chunki shu paytgacha o‗simlikda fakat nordon, yoki neytral xarakterga ega bo‗lgan 
moddalar bor deb o‗ylashgan, asosli xossaga ega bo‗lgan sintetik organik moddalar esa keyinroq 
(1848) ochilgan. 
YAngi alkaloidlarni topishga qaratilgan qizqin ishlar boshlab yuborildi. Lekin o‗sha yillari 
(1820-1840) organik kimyo nazariy va amaliy qurollanmagan edi, shuning uchun alkaloidlar bilan 
tanishish yuzaki bo‗lib qoldi. Ularni yanada chuqurroq o‗rganish, strukturasini tuzish va sintez qilishga 
urinib ko‗rish keyingi davrda, aniqrog‗i o‗tgan asr oxirlariga to‗g‗ri keladi. Xozirgi kunda kimyoning 
bu bo‗limi yaxshi va tez rivojlanmokda. 
Quyida keltirilgan jadvalda juda muxim alkaloidlarning ochilishi sanasi keltirilgan. 
Alkaloid nomi 
Ochilish yili 
Kim tomonidan ochilgan 
Morfin
 
1806 
Sertyurner 
Xinin 
1820 
Kabentu 
Nikotin 
1828 
Paselt va Reymant 
Atropin 
1831 
Layn 
Kodein 
1832 
Robiks 
Okonitin 
1833 
Reychir va Resse 
Teofillin 
1842 
Voskresenskiy 
Garmin 
1847 
Fritge 
Kokain 
1860 
Niman 
Pilokarpin 
1875 
Ardi 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin