“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
58 
Tabiiy holdagi kumarinlar ko‗pchiligining 7-nomerli uglerod atomida oksiguruhi bo‗ladi. SHuning 
uchun ularni 7-oksikumarin-ummbelliferon unumi deb hisoblanadi. 
Kumarinlar lakton bo‗lganligi uchun ishqorlar ta‘sirida ularning b-piron halqasi uziladi va har bir 
kumarinning o‗ziga xos kislotasining tuzi-kumarinatlar hosil bo‗ladi. Ular suvda yaxshi eriydi 
(eritmalari sariq rangli bo‗ladi), organik erituvchilarda esa erimaydi. Kumarinatlarga kislota ta‘sir 
ettirilsa, reaksiya orqali qaytadi, lekin hosil bo‗lgan sof kislota tezda o‗zidan bir molekula suv ajratib, 
qaytadan laktonga- kumarinlarga aylanadi. 
Kumarinning o‗zi suv ta‘sirida gidrolizlanmaydi, kislota va ammiak eritmasi bilan reaksiyaga 
kirishmaydi. Agar unga suyultirilgan natriy ishqori qo‗shib qizdirilsa, sariq rangli eritma-kumarin (sis-
orto-oksidolchin) kislota natriy tuzining eritmasi hosil bo‗ladi. Eritmaga kislota ta‘sir ettirilsa, reaksiya 
orqaga qaytadi. 
Kumarinlarning tibbiyotdagi ahamiyati 
Kumarinlar, furokumarinlar va tarkibida bu gruppa birikmalari bo‗lgan o‗simliklardan olingan 
preparatlar antikoagulyant (qon ivishiga qarshi), spazmolitik (muskullarning ixtiyorsiz qisqarishi va 
tarang tortishishiga qarshi), yurak qon tomirini kengaytirish-vitamin R (masalan, eskulin) xavfli 
o‗smalarga qarshi va boshqa ta‘sirlarga ega. SHuning uchun bu preparatlar tromboz (qon tomirlarda 
qonning ivib qolishi), spazm, rak (operatsiya qilish mumkin bo‗lmagan ba‘zi turlarida) va boshqa 
kasalliklarni davolashda qo‗llaniladi. 
Olimlar spazmolitik ta‘siriga ega bo‗lgan atamantin, pastinatsin va libonatin kabi preparatlar 
o‗simliklardan ajratib olganlar, rak kasalliklarida ishlatish uchun peutsedanin va trixomonad 
kasalligini davolash uchun knidomon preparatlarini tavsiya etganlar 
Furokumarinlarning fotosensibilizatsiya (nur ta‘siriga nisbatan sezuvchanlikning oshishi) 
ta‘siri ayniqsa diqqatga sazovordir. SHuning uchun tarkibida furokumarin bo‗lgan ba‘zi preparatlar 
(chetdan keltiriladigan meladinin, meloksin, cobiq ittifoq davrida chiqariladigan beroksan, ammifurin 
va psoralen) vitiligo (pes) kasalligini davolashda ishlatiladi. 
Kumarin va furokumarinlarning biologik ta‘siri ular molekulasidagi lakton halqasi, 3 va 4–
uglerod atomlari o‗rtasidagi qo‗shbo\ hamda molekulaga ulangan turli gruppa va radikallarga bo\liq 
deb hisoblanadi. 
Pes kasalligini furokumarinlar bilan davolash bu preparatlar ta‘sirida teri oqargan erining nurga 
nisbatan sezuvchanligining oshishi va melanin pigmenti hosil bo‗lishi nada terining o‗z rangini 
tiklashiga asoslangan. Terining bunday o‗z pigmentatsiyasini tiklashi ultrabinafsha nurlar ta‘sirida 
boradi. 
Pesni davolashda furokumarin preparatlari bir vaqtda ichishga va sirtdan terining oqargan eriga 
surtishga (eritma yoki surtma dori holida) tavsiya etiladi. Dorini teriga surilgan erlarga keyinchalik 
dori qabul qilingandan so‗ng ochiq holida quyosh nurini (yoki sun‘iy ultrabinafsha-nurini) ta‘sir 
ettirish lozim. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin