2. T. A. Rabotnov o`simliklar jamoasidagi o`simliklar hayotini yoshi bo`yicha quyidagi asosiy davrlarga va yosh holatlariga bo`ladi:
Latent davri (birlamchi tinim davri)Bunda o`simlikning spora, urug’ yoki mevalari tinim davrida uchraydi. Tinim davri har xil o`simliklarda turlicha davom etadi. Masalan, terakning urug’i hayotchanligini 3-4 kundan 3 haftagacha saqlaydi, ba’zi bir begona o`t o`simliklarning urug’lari esa bir necha o`n yillab saqlay oladi. Tuproq tarkibida turli o`simliklarning ko`p sondagi urug’larini uchratish mumkin. Ular qulay sharoit vujudga kelganda unib chiqish xususiyatiga ega. Shu bilan birga har yili o’simliklardan yangi urug’lar tuproqqa tushib turadi.