Fitosenologiya


-- Vegetatsiya (gullashgacha bo’lgan davr) . ^



Yüklə 329,85 Kb.
səhifə104/157
tarix17.05.2022
ölçüsü329,85 Kb.
#58293
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   157
“FITOSENOLOGIYA”

-- Vegetatsiya (gullashgacha bo’lgan davr) .

^ O’simlik poya yoki gul poya chiqargan, g’unchalar sezilib qolgan davr.

) Dastlabki gullar hosil bo’lgan davr.

O To’liq gul hosil qilgan davr.

+ Meva hosil qila boshlagan davr.

# Meva va urug’ pishib to’kila boshlagan davr.

Guldan keyingi vegetatsiya va urug’larning to’kilishi.

Fitotsenozdagi turlar miqdorining ko’zga tashlanish darajasi uning fizionomiyasini bildiradi. Fitotsenozning bir mavsumda va fasllar almashinishi bilan aspektlarning navbatlanishi O’zbekiston sharoitida yaqqol ko’zga ko’rinadi. O’simliklar qoplamida dastlab efemer va efemeroid turlarning gullay boshlashi erta bahorga to’g’ri kelsa, ko’p yillik o’simlik turlarining gullash vaqtida efemerlar sarg’ayib o’z vegetatsiyasini tugatib qurib qoladi. Yozning o’rtalarida esa yantoqlar gullaydi.

O’simliklarning yashash joyi, harakteri deganda, yer yuzasining geografik o’rnini, dengiz sathidan balandligini, qiyaligini, yonbag’irligini, relefini, mikrorelefini, tuproq sharoitini, hayvonot dunyosining va insonning tasiri bilan birgalikda tushuniladi. Jamoadagi turlarni o’rganish uchun o’simliklar florasini, sistematikani yaxshi bilish kerak. Har qanday geobotanik tadqiqotlar olib borishdan qat’iy nazar, o’sha jamoa florasini va uning kelib chiqish tarixini bilish lozim bo’ladi. Shundagina o’rganilayotgan jamoa to’g’risida ilmiylikka asoslangan to’g’ri xulosa chiqarish mumkin.



2. O’simliklar jamoasining fasliy yani siklik o’zgarishlari doimiy ravishda kuzatiladigan xolat hisoblanadi.

  1. Kunlik o’zgarishlar – doimiy, butun kun davomida kuzatiladi. Masalan, transpiratsiya faolligi, fotosintez va h.k.z.

  2. Mavsumiy o’zgarishlar – o’simliklar qoplamining butun vegetatsiya davri davomida, o’simliklarning rivojlanishi bilan birga kuzatiladi. Ularga o’simliklarning o’sishi, gullashi, meva tugishi va h.k.z.lar kiradi.

  3. Har xil yilli o’zgarishlar (fluktuatsiya) – o’simliklar jamoasining yashash muxitidagi shart-sharoitlarning yildan yilga o’zgarishi natijasida vujudga keladi.

O’simliklar o’z vegetatsiya davrida vaqtning o’tishi, iqlim sharoitlarining o’zgarishi, yosh davri va holatlarining almashinishi natijasida turli o’zgarishlarga uchraydi. O’simliklar jamoasining bunday o’zgarishlari siklik o’zgarishlar deb ataladi va bu doimiy ravishda kuzatiladigan holat hisoblanadi. O’simliklar jamoasining siklik o’zgarishlari o’zgarish tezligiga ko’ra quyidagi guruxlarga bo’linadi:

  1. Sutkalik o’zgarishlar – doimiy va butun kun va tun davomida almashinib, o’zgarishi kuzatiladi. Masalan, transpiratsiya faolligi, fotosintez, vegetativ va generativ organlarining kun va tun davomida o’zgarish va h.k.z.

  2. Mavsumiy o’zgarishlar – o’simliklar qoplamining butun vegetatsiya davri davomida, o’simliklarning rivojlanishi bilan birga kuzatiladi. O’simliklar jamoasining aspektlari almashinib turadi. Ularga o’simliklarning o’sishi, gullashi, meva tugishi va h.k.z.lar kiradi.

  3. Har xil yilli o’zgarishlar (fluktuatsiya) – o’simliklar jamoasining yashash muxitidagi shart-sharoitlarning qoqqisdan, maqsadsiz ravishda turli yillar davomida o’zgarishi natijasida vujudga keladi.

Sutkalik va mavsumiy o’zgarishlar haqida avvalgi mashg’ulotlarda va botanika darslarida

tegishlicha ma’lumotlarga ega bo’lingan. Shuning uchun bu haqda qisqa to’xtalib o’tildi. Asosan o’simliklar jamoasidagi har xil yillik o’zgarishlarga, yani flyuktuatsiyalarga ko’proq to’xtalib o’tamiz.



3. O’simliklar jamoasining yo’naltirilmagan, turlicha mo’ljallangan, maqsadsiz va odatda yashash muxitidagi jumladan, fitosenoz tarkibi va tuzilishidagi qo’qqisdan sodir bo’ladigan va qisqa muddatli o’zgarishlar yig’indish flyuktuatsiyalar deyiladi. Flyuktuasiyalarning sabablari quyidagicha bo’ladi:

  1. Ekotopik o’zgarishlar (suv toshqinlari, qurg’oqchilik, yong’in va h.k.z.)

Tabiatda o’z-o’zidan, ison ta’sirisiz sodir bo’ladigan turli tabiiy ofatlar va jarayonlar borki, ular o’z navbatida nafaqat fitotsenozlarga, balki barcha tirik organizmlarga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Buning natijasida jamoalar strukturasi,yani, turlar tarkibi, hayotiy shakllari, fazoviy joylashishlari hamda miqdoriy vasifat ko’rsatkichlari ham o’zgaradi. Bunday xodisalar qatoriga vaqti vaqti bilan sodir bo’lib turadigan suv toshqinlari, zilzilalar, ko’chkilar, qurg’oqchilik, sellar, tabiiy yong’in kabilarni misol sifatida keltirishimiz mumkin. Bunday xodisalarning oqibatida esa o’simliklar jamoasining tubdan yoki qisman o’zgarishlari vujudga keladi.

  1. Zoogenetik o’zgarishlar (hasharotlar va kemiruvchilar sonining keskin ortishi )

Turli yillarda ayrim hayvon o’rganizmlari uchun juda qulay yashash muxiti sharoitlari yuzaga chiqadi. Buning natijasida, ayrim hayvonlar, jumladan, turli zararkunanda hasharotlar, zararkunanda kemiruvchilarning soni keskin ortib ketadi. Bu xodisa fanda populyatsiya to’lqini deb ham ataladi. Natijada ular uchun ozuqa resurslari keskin kamayib ketadi. Oqibatda ular turli o’simliklarning kamayib ketishiga, ba’zan esa butun bir o’simliklar qoplamining yoq bo’lishiga ham olib keladi. Bunday xodisalar insoniyat tarixida turli yillarda kuzatilgan va salbiy oqibatlarga olib kelgan. O’simliklar qoplamining qayta tiklanishi uchun esa ko’p yillar zarur bo’ladi.

  1. Fitoparazitar o’zgarishlar (shoxkuya, qorakuya va h.k.z.)

Fitoparazitar o’zgarishlar ham ana shunday parazit o’simliklar uchun qulay muxit sharoitida yuzaga chiqadi va o’simliklar qoplamining jiddiy zarar ko’rishiga sabab bo’ladi. Buning oqibatida ham o’simliklar jamoasi strukturaviy o’zgarishlarga uchraydi. Ayniqsa, parazit zamburug’lar bunday o’zgarishlarga sababchi bo’ladilar.

  1. Antropogen o’zgarishlar (o’g’itlash, rekreatsiya, chorva boqish, tabiiy boyliklardan tartibsiz foydalanish va h.k.z.)

Antropogen o’zgarishlar insonning tabiatga noto’g’ri munosabati, qishloq xo’jaligida agrotexnik tadbirlarni buzib qo’llashi natijasida kelib chiqadi. Insonning tog’ yonbag’irlarida dehqonchilik bilan noto’g’ri shug’ullanishi oqibatida tuproq eroziyasi jarayonlari tezlashib ketadi va o’simlik qoplamining tuzilishiga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tabiatdan rekreativ maqsadlarda noto’g’ri foydalanish, tabiatda bo’lish madaniyatiga amal qilmaslik ham tabiiy muxitning ifloslanishiga, o’simliklarning payxon bo’lishiga olib keladi. Cho’l, adir va tog’li xududlarga yaqin joylarda yashaydigan mahalliy aholining ko’p sonli chorva hayvonlarini uzoq muddat bir joyda boqishi ham o’simliklarning floristik tarkibiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Vaqt o’tishi bilan bu yerlarda chorva hayvonlari emaydigan tikanli, zaharli bo’lgan ruderal osimliklardan iborat jamoalar shakllanishiga sabab bo’ladi. Lekin ushbu o’simliklarning ham o’simliklar jamoasida o’ziga yarasha o’rni bor. Ruderal o’simliklar jamoalarini o’rganish bo’yicha respublikamizda bir qancha ilmiy izlanishlar olib borilgan. Respublikada ushbu biotipni dastlab o’rgangan olimlar qatoriga A.S.Yuldashev va T.Maxkamovlarni kiritishimiz mumkin.


Yüklə 329,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin