Fiziologik munosabatlar. Fiziologik munosabatlar jamoada yashovchi bir necha tur va bir turga mansub individlar orasida ro’y beradi. Jamoadagi bir turga mansub individlarning ildiz sistemasida va yer ustki organlarida turli xil fiziologik jarayonlar amalga oshadi. Sodir bo’ladigan fiziologik jarayonlarga o’simliklar qoplami tarqalgan yerning tuprog’i, iqlimi, relefi kabi bir qancha ekologik omillar ham ta’sir qiladi. Bundan tashqari jamoadagi turlar zichligi ham, o’simliklarning hayotiy shakllari ham muhim rol o’ynaydi. Siz fiziologik munosabatlar haqidagi bilimlarni o’simliklar fiziologiyasi fanidan mukammal o’rganib chiqasiz.