1. O‘simliklarning jamoadagi o‘zaro munosabatlari shakllari va tiplari
2. O’simliklarda allelopatiya jarayoni
3. O‘simliklarning jamoadagi o‘zaro raqobati
Tayanch so’z va iboralar: o’zaro munosabat, bevosita, bilvositaa, fiziologik, biokimyoviy, mexanik, allelopatiya, parazitlik, epifitlik, raqobat, transabiotik, transbiotik, kontakt
1. O‘simliklarning jamoadagi o‘zaro munosabatlari shakllari va tiplari
Jamoadagi o’simlik turlari bilan muhit o’rtasida doimiy ravishda bo’lib turadigan munosabatlar juda muhim va murakkab jarayondir. Buni bir muncha to’g’ri tushunish uchun jamoaning tarixiy taraqqiyoti va evolyutsiyasini bilish kerak bo’ladi. Malumki, jamoa tasodifan turlardan tashkil topmaydi. Balki asrlar bo’yi, ba’zan minglab yillar davomida shu yerga, shu muhitga moslashgan va ma’lum bir jamoaga birlashgandir. Shuning natijasida yer sharining har bir mintaqasida o’ziga xos jamoalar tashkil topib, ular bir-birlaridan keskin farq qiladi. Har bir jamoadagi turlar tarkibi jamoa florasining har xil bo’lishida tuproq, ikdim, relef omillari bilan birga turlarning kelib chiqish tarixi ham asosiy rol o’ynaydi. Shunday bo’lsada jamoadagi turlar doimiy ravishda o’zgarib turadi. Ayniqsa, bunday hol mavsumiy o’zgarishda yaqqol ko’zga tashlanadi. O’t o’simliklar qoplami va zich o’rmonzorlarda buni kuzatish mumkin. Cho’l mintaqasida erta bahorda, ba’zi bir efemer o’simliklar gullasa, yoz boshlarida boshqa turga mansub o’simliklar gullaydi.
O’simliklar jamoasida turlarning o’zaro munosabatlarini botaniklar bir qancha tizimga bo’ladilar. Geobotanik olimlardan V. N. Sukachev (1950), A. A. Korchagin (1956) tizimlari bir xil ko’rinishda ifoda etilgan. Ular bu munosabatlarni 2 ta katta tipga birlashtirgan:
Bevosita munosabatlar
Bilvosita munosabatlar
Dostları ilə paylaş: |