Fitosenologiya



Yüklə 329,85 Kb.
səhifə34/157
tarix17.05.2022
ölçüsü329,85 Kb.
#58293
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   157
“FITOSENOLOGIYA”

Gorizontal struktura

Fitotsenozda gorizontal taqsimlanishni mozaiklik deb ataladi. Boshqacha aytganda fitotsenozning turli maydonlarida o’simlik guruhlarining turli mikrorelefda o’ziga xos bo’lib shakllanishi mozaiklik diyiladi. Mozaiklik fitotsenoz arealining turli maydonlarida turli-tuman bo’lishi, suv rejimining har hil bo’lishi natijasida hosil bo’ladi. Cho’l mintaqasida shunday o’simliklar qoplamini kuzatish mumkinki, bu yerlarda turlar tarkibi ham, miqdor va sifat ko’rsatkichlari ham, qavatligi ham, tashqi qiyofasi ham bir xil bo’ladi. Hammasi bir xil fitotsenozga -o’simliklar qoplamiga kiradi. Bu yerda har bir tur o’simlik o’ziga xos joyda ko’karadi. Ular orasida shu yerga mansub o’simlik turlari joylashadi. Shunday bo’lsada har bir yer o’ziga xos gorizontal tuzilishga ega. Shuning uchun ham ular bir-birlaridan eng kichik belglari bilan bo’lsada farq qiladi. Bunday maydonlarni mikrogruppa yoki m i k r o f i t o ts ye n o z deb atash mumkin.

CHo’llarda, asosan, saksovul (Haloxylon aphyllum) , shuvoq (Artemisia sp.), yantoq (Alhagi sparsifolia Shap), hozirgi kunda isiriq (Peganum harmala L.) hukmron turlar hisoblanadi. Lekin hukmron turlarning zich joylashgan joylarida ham boshqa turlarning mikrogruppa hosil qilib o’sayotganini ko’rish mumkin.



  1. Populyatsiya egallab turgan joydagi resurslardan to’liq foydalanish nafaqat populyasining soniga, balki populyatsiya individlarning joyda taqsimlanish xususiyatlariga ham bog’liq.

Populyatsiya individlari joyda taqsimlanishi bir tomondan tashqi muhit sharoitlarining individlarga nisbatan turli - tumanligiga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan organizmlarning biologik xususiyatlariga birinchi navbatda ularning harakatchanligi va jinslashganligi bog’liq. Populyatsiya zichligini aniqlashda individlarning joyda taqsimlanishi xususiyatlarini bilish katta ahamiyatga ega, chunki tadqiqotchi hamma vaqt tanlangan kichik maydondlarda tadqiqot o’tkazib keyin o’rtacha qiymatni aniqlaydi. Populiyasiya individlariningjoyda taqsimlanishi turli - tuman bo’lib, ularni asosan uch xil ajratib ko’rsatish mumkin.

1. Tasodifiy taqsimlanish.

2. Tekis taqsimlanish.

3. Nuqtali yoki agregasiyali taqsimlanish.

Tasodifiy taqsimlanish tabiatda nisbatan kamroq uchrasada, lekin turli sistematik guruhlardagi organizmlarda kuzatish mumkin.

Tasodifiy taqsimlanishda individlar populyatsiya egallagan joyda tasodifiy ravishda bir joyda zichroq, ikkinchi joyda siyrakroq, uchinchi joyda umuman uchramasligi mumkin.

Individlarning bunday taqsimlanishiga qanday abiotik va biotik omillar sabab bo’lishini aytish qiyin. Lekin bu omillarning ta’sir kuchi zamon va makonda tasodifiy ravishda o’zgarib turadi. Omillarning populyatsiya egallagan joyning u yoki bu qismlarida tasodifiy o’zgarib turishi ko’p uchrab turadi. Keyingi yillarda diqqat e’tiborni tortayotgan “xavfning taqsimlanishi” konsepsiyasiga binoan, populyatsiyada noqulay ta’sir qiluvchi, omillar zamon va makonda tasodifiy taqsimlangan. Binobarin, tasodifga duch kelgan populyatsiya yoki populyatsiyaning bir qismi noqulay ta’sir natijasida nobud bo’ladi. Demak, arealda individlarning taqsimlanishi yuzaga keladi. Lekin katta maydondagi populyatsiyaning o’rtacha zichligi deyarli o’zgarmaydi, chunki ofat hamma joyda birdan sodir bo’lmaydi.

Ba’zi hollarda organizmlarning joyda taqsimlanishi tavsifi populyatsiyaning rivojlanishiga va populyatsiya sonining o’sishi yoki kamayishiga qarab o’zgarib turishi mumkin.

Dastlab tasodifiy taqsimlanishga ega populyatsiyalarda qulay sharoit bor joylar tez ko’payadi va agregasiyalangan holatga o’tadi. Nuqtali yoki agregasiyalangan taqsimlanish xos populyatsiyalarda populyatsiya chegarasida bo’sh, individlar uchramaydigan maydonlar uchrab turadi. Tekis taqsimlanish juda ko’p turlarga xos taqsimlanishdir. Masalan, inson tomonidan yaratilgan mevali bog’lar yoki o’tloqlar ham shunday taqsimlanishga misol bo’ladi. Tabiatda bunday qat’iy tekis tarqalgan populyatsiyalarni topish qiyin. Lekin nisbatan tekis taksimlanishga ega populyatsiyalar juda ko’p. Bir individning ikkinchi individga juda yaqin joylashish ehtimoli kam bo’lgan hollarda tekis taqsimlanish kuzatiladi. Boshqacha aytganda, individning bir-biriga nisbatan joylashishida antogonistik munosabatlar mavjud bo’lgan hollarda.

Antogonistik munosabatlar natijasida yuzaga keladigan tekis taqsimlanish ko’p uchrab turadi. Masalan, bosh oyoqli mollyuskalar ayrim vakillarining o’troq lichinkalari o’z turiga mansub individlarga yakin joylashmaydi yoki o’simliklarning zichligi kam populyatsiyalarda tekis taksimlanish kuzatiladi. Zichligi yuqori archazorlarda ham daraxtlar bir-biridan ma’lum uzoqlikda joylashib, tekis taqsimlanish hosil qiladi. Bir-biriga juda yakin joylashgan daraxtlarning bittasi yorug’lik yetishmasligi natijasida rivojlanishdan to’xtaydi.

Cho’l va chalacho’llarda o’sadigan ko’pchilik o’simliklar populyatsiyada ham individlar tekis taqsimlangan bo’ladi.


Yüklə 329,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin