Tayanch so’z va iboralar: flyuktuatsiya, ekotopik flyuktuatsiya, fitoparazitar flyuktuatsiya, zoogenetik flyuktuatsiya, antropogen flyuktuatsiya Flyuktuatsiya haqida tushuncha
O’simliklar jamoasida siklik o’zgarishlar, yani doimiy qaytarilib turadigan o’zgarishlar bilan bir qatorda vaqti-vaqti bilan sodir bo’lib turadigan o’zgarishlar ham uchrab turadi. Bunday o’zgarishlar turli yillarda tabiiy muxitning keskin yoki mo’tadil o’zgarishlari natijasida, o’simliklar jamoasining ichki almashinuvi natijasida, turli yillarda hayvonot dunyosi vakillarining ta’siri natijasida sodir bo’ladi.
O’simliklar jamoasiningbiron bir maqsadga yo’naltirilnagan, qo’qqisdan sodir bo’ladigan va ortga qaytmas o’zgarishlari yig’indisi flyuktuatsiya deb ataladi. Flyuktuatsion o’zgarishlar kutilmaganda, qo’qqisdan sodir bo’ladi va biron bir maqsadni ko’zlamaydi, shuning uchun ham ortga qaytmaydi.
Flyuktuatsion o’zgarishlar natijasida o’simliklar jamoasida ba’zan juda katta, yirik, ba’zan unchalik yirik bo’lmagan o’zgarishlar sodir bo’ladi. Natijada o’simliklar qoplami, yani, jamoanig strukturasi, morfologiyasi o’zgaradi. Flyuktuatsion o’zgarishlar kelib chiqishiga va sabablariga ko’ra 4 guruhga bo’linadi.
Ekotopik flyuktuatsiyalar