Fitosenologiya


Amaliy mashg’ulotlar mazmuni



Yüklə 329,85 Kb.
səhifə76/157
tarix17.05.2022
ölçüsü329,85 Kb.
#58293
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   157
“FITOSENOLOGIYA”

Amaliy mashg’ulotlar mazmuni
1- amaliy mashg’ulot: Fitosenologiya fani haqida tushuncha. Fanning ob’yekti va predmeti, maqsad va vazifalari. Fanning rivojlanish tarixi va tadqiqot usullari

Reja

1. Fitosenologiya haqida tushuncha

2. Fanning predmeti va ob’ekti, maqsad va vazifalari

3. Fitosenologiya faninng rivojlanish tarixi

  1. Fanning tadqiqot uslublari

Tayanch so’z va iboralar: fitosenologiya, ob’yekt, predmet, Gams, Lavrenko, Sukachev, fitologiya, geobotanika, O’zbekiston o’simliklar qoplami, O’zbekiston florasi, o’zbekistonlik olimlar

1. Fitosenologiya (phyton-o’simlik, senosis-umumiy va logos-fan) Yer yuzidagi o’simliklar jamoasi haqidagi fan. Geobotanika deganda fitotsenologiyaning sinonimi yoki fitotsenologiya bilan botanik geografiyaning majmuasi yoki fitotsenologiya, botanik geografiya va o’simliklar geografiyasi kabi bo’limlarning umumiy majmuasi tushuniladi. Fitotsenologiya termini 1918 yilda Daniyalik olim Gams tomonidan taklif etilgan. Shundan buyon bu so’z geobotanika so’zining sinonimi sifatida ishlatilib kelinmoqda. U botanika va geografiya fanlarining ajralmas bir qismi bo’lib, o’simliklarning yer yuzida tarqalishi va joylashish qonuniyatlarini o’rganadi. Boshqacha qilib aytganda, Yer sharida tarqalgan o’simliklar jamoasi va undagi qavmlar (fitotsenozlar) ning tuzilishi, tarkibi va taraqqiyotini tuproq, iqlim, geologik omillarga bog’lab o’rganuvchi fan tushuniladi va u alohida o’simlik yoki florani emas, o’simliklar guruhini, qoplamini, uyushmasini dunyo floristik oblastlari bo’yicha o’rganadi.

Bu fan umumbiologik fanlar toifasiga kirib, bevosita o’simliklar morfologiyasi, sistematikasi, fiziologiyasi, geografiyasi, ekologiyasi bilan chambarchas bog’liq. Ma’lumki botanika fani yer yuzasida tarqalgan o’simliklar olamini har tomonlama tatqiq qiluvchi fanlar tizimidan iborat. Botanika fani o’rganish manbalari, maqsad va vazifalari, uslublariga ko’ra ikkita bo’limga ya’ni, fitologiya va geobotanikaga bo’linadi.




Yüklə 329,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin