Fitosenologiya



Yüklə 329,85 Kb.
səhifə98/157
tarix17.05.2022
ölçüsü329,85 Kb.
#58293
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   157
“FITOSENOLOGIYA”

Qurama-mozaiklik. Fitotsenozda gorizontal taqsimlanishni mozaiklik deb ataladi. Boshqacha aytganda fitotsenozning turli maydonlarida o’simlik guruhlarining turli mikrorelefda o’ziga xos bo’lib shakllanishi mozaiklik diyiladi. Mozaiklik fitotsenoz arealining turli maydonlarida turli-tuman bo’lishi, suv rejimining har hil bo’lishi natijasida hosil bo’ladi. Cho’l mintaqasida shunday o’simliklar qoplamini kuzatish mumkinki, bu yerlarda turlar tarkibi ham, miqdor va sifat ko’rsatkichlari ham, qavatligi ham, tashqi qiyofasi ham bir xil bo’ladi. Hammasi bir xil fitotsenozga -o’simliklar qoplamiga kiradi. Bu yerda har bir tur o’simlik o’ziga xos joyda ko’karadi. Ular orasida shu yerga mansub o’simlik turlari joylashadi. Shunday bo’lsada har bir yer o’ziga xos gorizontal tuzilishga ega. Shuning uchun ham ular bir-birlaridan eng kichik belglari bilan bo’lsada farq qiladi. Bunday maydonlarni mikrogruppa yoki m i k r o f i t o ts ye n o z deb atash mumkin.

CHo’llarda, asosan, saksovul (Haloxylon aphyllum) , shuvoq (Artemisia sp.), yantoq (Alhagi sparsifolia Shap), hozirgi kunda isiriq (Peganum harmala L.) hukmron turlar hisoblanadi. Lekin hukmron turlarning zich joylashgan joylarida ham boshqa turlarning mikrogruppa hosil qilib o’sayotganini ko’rish mumkin.

Fitotsenozning tashqi qiyofasi-f i z i o n o m i ya s i . Har qanday o’simlik jamoasi o’ziga xos ko’rinishga, tashqi qiyofaga - fizionomiyaga ega bo’ladi. Fitotsenozning tashqi qiyofasi shu fitotsenozdagi o’simlik turlarining hayotiy shakllari va zichligi bilan belgilanadi. Jamoadagi har bir tur ma’lum vaqtda gullaydi, ikkinchisi esa ayni shu vaqtda meva va urug’ hosil qilgan bo’ladi. Natijada bir vaqtning o’zida o’simlik turlarining fenologik fazalari almashinadi. Aspekti navbatlashib o’zgaradi. Aspekt nima? Aspekt shu fitotsenozni tashkil etishda qatnashib ko’p uchraydigan, ko’proq ko’zga tashlanadigan turlarning yig’indisidir.

Fitotsenozning yana bitta xossasi bu fenologik fazalarga ajralishi hisoblanadi Gulli o’simliklarning har bir turi bir vegetatsiya davrida bir qancha fazalarni boshidan kechiradi.

1. Ko’karib chiqishdan g’unchalashgacha 2. Gullash 3. Meva hosil qilish 4. Qurish 5. Qishki tinim davri.

O’simliklarning fenologik fazalarini V. V. Alyoxin taklif etgan sistema-tizim bo’yicha belgilash maqsadga muvofiq.

-- Vegetatsiya (gullashgacha bo’lgan davr) .

^ O’simlik poya yoki gul poya chiqargan, g’unchalar sezilib qolgan davr.

) Dastlabki gullar hosil bo’lgan davr.

O To’liq gul hosil qilgan davr.

+ Meva hosil qila boshlagan davr.

# Meva va urug’ pishib to’kila boshlagan davr.

Guldan keyingi vegetatsiya va urug’larning to’kilishi.

Fitotsenozdagi turlar miqdorining ko’zga tashlanish darajasi uning fizionomiyasini bildiradi. Turlar ko’zga yaqqol ko’rinib tursa **, uncha yaqqol ko’rinmasa **, ko’zga kam tashlansa **, deyarli yo’q darajada bo’lsa **^ , ko’rinmasa ** belgilar qo’yiladi. Fitotsenozning bir mavsumda va fasllar almashinishi bilan aspektlarning navbatlanishi. O’zbekiston sharoitida yaqqol ko’zga ko’rinadi. O’simliklar qoplamida dastlab efemer va efemeroid turlarning gullay boshlashi erta bahorga to’g’ri kelsa, ko’p yillik o’simlik turlarining gullash vaqtida efemerlar sarg’ayib o’z vegetatsiyasini tugatib qurib qoladi. Yozning o’rtalarida esa yantoqlar gullaydi.




Yüklə 329,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin