Vafoti
Fitrat ilg‘or demokratik g‘oya va fikrlari uchun ko‘pchilik jadidlar qatorida shakkoklik va isyonkorlikda ayblandi. Chor maʼmurlari esa uni mustamlakachilikka qarshi turganlikda aybladilar, kommunistik mafkura humron bo‘lgan sho‘rolar davrida esa, millatchilikda, panturkizm g‘oyasi tarafdori, „xalq dushmani“ degan tuhmatlar bilan aybladilar. Professor H.Yoqubovning hikoya qilishicha, Fitratni 1937-yilgacha uning do‘sti Fayzulla Xo‘jayev o‘z himoyasiga olib kelgan. 1937-yilda ko‘pchilik qatori Fitrat ham NKVD tomonidan qamoqqa olingan. Iosif Stalinning 1938-yil 28-martdagi „Otuvga eʼlon qilinganlar ro‘yxati“ga tushgan.
Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat 1938-yil 4-oktyabr kuni Toshkent shahrining hozirgi Yunusobod tumani Bo‘zsuv qirg‘og‘idagi qatlgohda otib o‘ldirildi.[9] Uni o‘limga mahkum qilish haqidagi sud qarori bir kundan keyin yaʼni 1938-yilning 5-oktyabrida imzolandi.
Fitrat 110-yillik yubileyi sharafiga chiqarilgan pochta markasi.
1963-yil Iosif Stalin vafotidan so‘ng Fitrat nomi oqlandi.
Dostları ilə paylaş: |