1991-yil 25-sentyabrda Abdurauf Fitratga o‘zbek dramaturgiyasini rivojlantirishdagi, realistik adabiy tanqidchilik hamda adabiyotshunoslik maktabiga asos solishdagi xizmatlari uchun Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti berildi. Mustaqillik ordeni berildi. Toshkent va Buxoroda Fitrat nomidagi ko‘chalar, maktablar ochildi. Buxoro shahrida Fitrat bog‘i va uy-muzeyi tashkil qilindi (1996). Buxoro shahrida Fitrat haykali o‘rnatildi. 1996-yilda Abdurauf Fitrat tavalludining 110-yilligi mamlakat miqyosida nishonlandi, „O‘zbekiston pochtasi“ tomonidan Fitratga bag‘ishlangan pochta markalari chiqarildi.
Nashr qilingan asarlari
Fitrat. Sheʼrlar. „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“, 1987-yil 11 dekabr.
Fitrat. Sheʼrlar. „Sharq yulduzi“, 1991, 6-son.
Fitrat. Hind ixtilolchilari. „Sharq yulduzi“, 1990, 4-son.
Fitrat. Turkistonda ruslar. „Sharq yulduzi“, 1992.
Fitrat. Oʻzbek klassik musiqasi tarixi. T.: „Fan“, 1993.
Fitrat. Tanlangan asarlar, Ikki jildlik. T.: „Maʼnaviyat“, 2001.
Fitrat. Chin sevish. T.: „Adabiyot va sanʼat“, 1996.